Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni Mardi maydon o‘g‘lonlar
07.01.2014

14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni
Mardi maydon o‘g‘lonlar

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda zamon talablariga to‘la javob beradigan ixcham va harakatchan, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlashga qodir bo‘lgan milliy armiya shakllantirildi. Bunda, albatta, harbiy qismlar uchun etuk kichik komandirlar tayyorlab berishga ixtisoslashgan serjantlar tayyorlash maktablarining alohida o‘rni bor. Mayor Oybek Ahmedov ana shunday maktablarning birida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Oybek yoshligidan harbiy bo‘lishga ahd qildi. Navoiy shahridagi 11-maktabda o‘qib yurgan kezlarida tengqur do‘stlari qatori kelgusida el-yurt koriga yaraydigan munosib kasb egasi bo‘lish niyatida puxta bilim olishga intildi. Ayniqsa, maktabda tashkil etilgan sport to‘garaklarida faol qatnashib, jismoniy tayyorgarligini oshirib bordi.

O‘rta maktabni tugatgan Oybek ota-onasining roziligi bilan hech ikkilanmasdan hujjatlarini Samarqand oliy harbiy qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtining shaxsiy tarkib bilan ishlash fakultetiga topshirdi. Sinovlardan muvaffakiyatli o‘tgach, bolalik orzusi — kursant bo‘lish baxtiga erishdi. To‘rt yil davomida harbiy jangovarlik sohasidagi nazariy-amaliy bilimlarni puxta o‘zlashtirdi, sport bilan shug‘ullanib jismonan chiniqdi, toblandi.
2001 yili yosh ofitser harbiy qismda xizmatini boshladi. Harbiy xizmatni o‘tash chog‘ida u o‘zining jangovar tayyorgarligi, etukligi bilan e’tiborga tushdi, rahbariyat tomonidan bir necha bor rag‘batlantirildi.
Qurolli Kuchlarimizning jangovar tayyorgarligini muntazam ravishda oshirib borishda ofitser kadrlarning professional etukligini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Oybek Ahmedov ham o‘z bilim va malakasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabida tahsil oldi. Bugungi kunda uning harbiy sohadagi faoliyati Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugining Serjantlar tayyorlash maktabi bilan chambarchas bog‘liq. U bo‘lg‘usi serjantlarga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘kuv mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelmokda.
— Maktabimizda mayor Oybek Ahmedovga o‘xshagan o‘z sohasining etuk bilimdoni bo‘lgan harbiy xizmatchilar ko‘p, — deydi maktab boshlig‘i o‘rinbosari, o‘quv-uslubiy bo‘lim rahbari, podpolkovnik M.Bekmirzaev. —Ularning sa’y - harakatlari bilan harbiy qismlar uchun etuk kichik komandirlar tayyorlab beryapmiz. Kursantlarning harbiy xizmatni o‘tash jarayonini ham e’tibordan chetda qoldirmayapmiz. Ularning harbiy qismlardagi xizmatlari muntazam ravishda o‘rganilib, monitoring qilib borilmoqda. Monitoring natijalari tahlil etilib, zarur xulosalar chiqarilib, ular o‘quv mashg‘ulotlarida amaliyotga tatbiq qilinyapti. Bu faoliyatimiz samaradorligini  oshirishga imkon bermoqda.
Serjantlar tayyorlash maktabida faoliyat yuritayotgan harbiy xizmatchilarning yashash sharoitini yaxshilash doimiy e’tiborda. Urganch shahri markazida joylashgan sakkiz qavatli bino qayta ta’mirlanib, yangi mebellar bilan  jihozlandi va harbiylar oilalari ixtiyoriga topshirildi. Hozir bu erda 36 nafar harbiy xizmatchi o‘z oilalari bilan istiqomat qilyapti.
O‘kuv dargohida kursantlar uchun barcha qulayliklar muhayyo etilgan. Zamonaviy andozalarga mos o‘quv xonalari, trenajyor zallari, oshxona va yotoqxonaning saranjom-sarishtaligi ko‘zni quvontiradi. Kutubxonada harbiy sohaga doir adabiyotlar va badiiy kitoblarning ko‘pligi bo‘lg‘usi serjantlarning nafaqat jismonan, shu bilan birga ma’nan etuk kadrlar bo‘lib kamol topishini ta’minlamokda.
Mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining turli harbiy qismlarida shartnoma bo‘yicha bir yildan kam bo‘lmagan xizmatni o‘tagan askarlar imtihon asosida maktabga o‘qishga qabul qilinmoqda.
— Men Samarqand viloyatining Urgut tumanidanman, — deydi kursant Umid Usmonov. — Maktabda jangovar zirhli mashinalar yo‘riqchisi mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayapman. Bu erda kursantlarga yaratib berilgan sharoitlar a’lo darajada.
Harbiy sohani tanlab ona yurt sarhadlari daxlsizligini ta’minlashga bel bog‘lagan maktab kursantlarining barchasi o‘quv mashg‘ulotlari davomida mutaxassisliklar bo‘yicha puxta bilim olishga intilishmokda. Navoiylik Lutfullo Rahmatov, jizzaxlik Aziz Karimov, nukuslik Muzaffar Ibodullaev singari mard va jasur o‘g‘lonlar safi tobora kengayib bormokda. Ularning birgina niyati bor, u ham bo‘lsa, mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini himoya qilishi, ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashdir.
Farhod ABDULLAEV, "Mohiyat" 2014 3 yanvar №1 (697)