Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



17 dekabr - Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludi kuni
18.12.2014

BAXT BALQIYDI BU BOG‘DA...
O‘zbek mumtoz adabiyoti ravnag‘iga katta xissa qo‘shgan buyuk shoir Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy nomidagi bog‘da baxt-u iqbol nashidasi balqib turibdi. Har yili shoir tavallud topgan kuni munosabati bilan bu bog‘ga adabiyot, san’at ixlosmaidlari tashrif buyurishadi…



Shoirning uy muzeyi oldida, Ogahiy bog‘ida soz-suhbat, mushoira davrasi o‘tkazish odat tusiga kirgan. Respublikamizning taniqli olimlari, ijodkorlari, san’atkorlari buyuk eldoshimizni xotirlab, uning mangu makon topgan joyi Shayx Mavlonbobo kabristonidagi shoirning o‘zi va tog‘asi Munis Xorazmiyning kabrini ziyorat qilishadi. Uy muzeyi oldidagi xaykali poyiga gulchambarlar qo‘yishadi. Shoir g‘azallari bilan aytiladigan qo‘shiqlar bog‘ uzra taralib, Ogahiy ruxini shod qiladi, barchaning qalbida ezgulik, yaxshilik, go‘zallik tuyg‘ularini uyg‘otadi.



Bu yil xam Ogahiy tavalludi kuniga yaxshi tayyorgarlik ko‘rildi.Kishlog‘imizning barcha xududi ozoda, orasta, ko‘rkam, Har xonadonda, xar uyda pokizalik, dillarda o‘zgacha surur va g‘urur. Bu yil Ogahiy jamg‘armasi bilan birgalikda qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilindi. Shoirning uy-muzeyi yangi asori-atiqalar bilan boyitildi. Ogahiy jamg‘armasi hisobidan Komil Avazning manzumasi, shuningdek, yosh shoirlarning kitoblari chop etildi. Qishloqdagi o‘quv maskanlari, shuningdek, Xiva pedagogika kasb-hunar kolleji, 5-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari, tuman madaniyat bo‘limiga qarashli badiiy havaskorlik to‘garaklari a’zolari Ogahiy ijodi bilan bog‘liq nazmiy va badiiy guldastani eldoshlariga tuhfa qilishadi. Ogahiy bobomizga bo‘lgan ehtirom bizni hamisha Vatanimiz ravnag‘i yo‘lida yanada fidoyi bo‘lishga, so‘z qadrini chuqur his qilib, hayotda doimo yaxshilik manzillari tomon etaklaydi. Muqaddas maskanga marhabo, azizlar!

Dilorom RAHIMOVA Xiva tumanidagi Eski Qiyot qishlog‘i fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat
va ma’naviy - axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslaxatchisi.
 “Xorazm xaqiqati” 2014 yil 17 dekabr № 100 (19134)