Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



2015 yilda Xorazm viloyatida amalga oshirilgan tashqi iqtisodiy aloqalar haqida
18.03.2016

2015 yilda viloyat tashqi savdo aylanmasi 266,1 mln. dollarni tashkil qildi. Shundan eksport hajmi 159,0 mln. dollarga (umumiy tashqi savdo aylanmasi hajmida 59,7%), import hajmi 107,1mln. dollarga (40,3%) teng bo‘ldi.
Viloyat eksportining 103,1 mln. dollar uzoq xorij va Boltiqbo‘yi davlatlari hissasiga, 55,9 mln. dollari MDH davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Viloyat importi 107,1 mln. dollarni tashkil qilgan. Shundan Uzoq xorij va Boltiqbo‘yi davlatlaridan 76,8 mln. dollarlik, MDH davlatlaridan  30,2 mln. dollarlik mahsulot xarid qilingan.
Viloyatga asosan  oziq-ovqat, kimyo va plastmassa,  qora va rangli metallar, mashina va asbob-uskunalar, energiya resurslari,turli  xizmatlar va boshqa tovarlar import qilingan. 
Viloyatda qator Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar faoliyat olib bormoqda.
2015 yilda viloyatda yangidan ikkita xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatdan o‘tkazildi. Hozir ularning umumiy soni 28 ga etgan. Barchasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan joriy yilda 112,0 mlrd. so‘mlik maxsulotlar (xizmatlar) ishlab chiqarilib, 7,6 mln. dollar miqdorida eksport amalga oshirilgan.
Viloyatda 2015 yilda maxsulot eksportining 67,2 mln. dollarni (umumiy eksportdagi ulushi 42,3 foiz), importning 83,6 mln. dollari (78,1 foiz)ni kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari hisobiga to‘g‘ri keladi.
 
Xorazm viloyati hokimligining Axborot xizmati