Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



AHOLI BILAN YUZMA-YUZ
15.11.2017

AHOLI BILAN YUZMA-YUZ

Prezidentimizning 2017-yil 8-avgustdagi "Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Urganch shahrida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shahar mahallalari 4 ta hududga ajratilib, 4 ta sektor tashkil qilindi. 9 ta mahalladan tashkil topgan 4-sektorga Urganch shahar davlat soliq inspektsiyasi biriktirildi.

Ishchi guruh aholiga yanada yaqin bo‘lishi uchun Ko‘hna qaloa mahallasida joylashgan Mahalla hayriya jamoat fondining shahar bo‘linmasi binosidan 3 ta xona ajratib berildi. Ishchi guruh shtabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining mazmun va mohiyati aks ettirilgan maxsus stendlar, mebel, komppyuter, telefon va boshqa anjomlar bilan to‘liq ta’minlandi. Shtabda fuqarolarning muammolarini eshitish va echish bo‘yicha tunu kun navbatchilik tashkil qilingan. Joriy yilning 9 oktyabr holatiga sektor hududidagi mahallalardan 79 ta murojaatlar kelib tushdi. Shundan 66 tasining ijrosi to‘liq ta’minlandi. Qolgan murojaatlar yuzasidan tegishli organlarga taqdimnomalar kiritilib, ijrosi nazoratga olindi.

Asosiy e’tibor mahallalarda istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda doimiy hisobda turuvchi bemor kishilari mavjud oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilmoqda. Imkoniyati cheklangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan hududdagi tadbirkorlar ham muntazam xabar olishadi.

Kam ta’minlangan oilalar farzandlariga maktab anjomlari, o‘quv qurollari va oziq-ovqat mahsulotlari hayriya sifatida olib berildi. Bundan tashqari, sektorga biriktirilgan ATB "Asakabank” shahar filiali tomonidan sektor hududidagi 172 ta kam ta’minlangan oilalarning 18 tasiga qoramol, tovuq, quyon sotib olish va issiqxonalar qurish uchun 103,0 mln. so‘mlik kam foizli kreditlar ajratildi hamda 8 ta xonadon o‘z mablag‘i hisobidan tashkil qilgan issiqxonalar limon ko‘chatlari bilan ta’minlan-di.

Shuningdek, jami 33406 ta aholining 82 foizi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Xatlov natijasiga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joy va boshqa binolardan 64 tasiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi. 125 ta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratildi. 754 nafar kollej bitiruvchilarining barchasi bilan to‘rt tomonlama shartnomalar rasmiylashtirilib, ularning 80 foizini ishga joylashtirilishida amaliy yordam ko‘rsatildi. 1759 nafar xorijga chiqib ketgan fuqarolardan 182 nafari qaytarilib, 175 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 17 nafari ishga joylashtirildi. Joriy yilning o‘tgan davri davomida jami 10603 ta maktab va kollej bitiruvchilaridan 1170 tasi tashkil qilingan to‘garaklarga jalb qilindi. Tinchlik ko‘chasida joylashgan binolarning atroflari obodonlashtirilib, binolarning ustki qismiga shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shuvchi, kechki paytlarda yonib turuvchi chiroqlar o‘rnatildi. Hozirgi kunda A.Xorazmiy shox ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning atroflari obodonlashtirilib, barcha binolarning yuqori qismlariga yoritqichlar o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

Ayni paytda hududlarda mutasaddi rahbarlar tomonidan aholi bilan yuzma-yuz muloqotlarning tashkil etilishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohani yaxshilashning shakl va usullari tubdan takomillashtirilmoqda. Lekin, tan olish kerak, joylarda hududiy dasturlar ijrosi ayrim kamchiliklardan ham xoli emas. Xususan, sektor faoliyati davomida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash ko‘rsatkichlarida ko‘zbo‘yamachilik kuzatilayotgani, hududlardagi qator korxona, tashkilot, muassasalar tomonidan kvotalangan ish o‘rinlarini tashkil etish majburiyati bajarilmayotgani, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha to‘rt tomonlama shartnomalarga rioya qilmaslik holatlari ham kuzatilmoqda. Shu bilan birga, qishloq joylarda oliy toifali shifokorlar etishmasligi, elektr va gaz ta’minotidagi nomuvofiqliklar odamlar e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

Viloyatda tashkil etilgan to‘rtinchi sektor ishchi guruhi ushbu dolzarb masalalarning oqilona echimini topish barobarida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini, fermerlarni qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatidagi sun’iy to‘siqlarni bartaraf etishga ham e’tibor qaratmoqda.

K.RO‘ZMETOV,

Urganch shahar DSI boshlig‘i