Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



AHOLI UCHUN QULAYLIKLAR
21.12.2014

Yurtimizda barcha sohalar qatori aholiga transport xizmati ko‘rsatish borasida xam ibratli ishlar amalga oshirilyapti. Tarmoqda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, yo‘nalishli transport vositalarida yo‘lovchi tashish faoliyatini takomillashtirishga qarata ko‘rilayotgan keng ko‘lamli tadbirlar o‘zining salmoqli samaralarini bermoqda.

Shu tufayli sohaga sarmoya kiritish, tarmoq faoliyati bilan shug‘ullanishni ixtiyor etgan tadbirkorlar safi kengayib boryapti Urganch shahridagi “Bunyod yo‘lovchi tashish” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Omonboy Rahimov ana shunday tashabbuskor, izlanuvchan ishbilarmonlardan biri.
- Dastlab biz faoliyatimizni o‘z avtobuslarini bizga taqdim etgan tadbirkorlar bilan hamkorlikda ishlashdan boshladik. 2011 yilga kelib esa o‘zimiz “Asaka bank”dan ajratilgan 1 milliard 60 million so‘m mikdoridagi kredit mablag‘i evaziga 42 ta avtobus sotib oldik, - deydi jamiyat raisi O.Rahimov. - 2012 yilda lizing mablag‘lari hisobiga Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilayotgan “Isuzu” avtobuslaridan yana 45 tasini, 2013 yilda 10 tasini va joriy yilda 20 tasini sotib olib keltirdik. Pirovardida, viloyatimizga olib kelingan yuztadan ziyod avtobus korxonamizning aholiga transportxizmati ko‘rsatish imkoniyatlari ko‘lamini kengaytirdi.
Shu bilan bog‘liq ravishda ko‘plab yangi ishchi o‘rinlari yaratildi. Ayni kunda bu erda 200 nafardan ziyod kishi ish bilan ta’minlangan. Ularning 50 nafardan ziyodrog‘i kasb-xunar kollejlarini bitkazgan yoshlardir.
-  O‘tgan yili men kasb-hunar kollejini tugalladim, - deydi korxona xodimi Dostonbek Ollaberganov. - Shundan keyin uch tomonlama tuzilgan shartnoma asosida mazkur korxonaga ishga joylashdim. O‘z ishimdan mamnunman.
- Bu sohada ko‘p yillardan beri ishlab kelyapman, - deydi korxona kasaba qo‘mitasi raisi Otanazar Otajonov. - Qilayotgan mehnatimiz munosib baholanayotganligi, Vatanimiz kuch-qudratini oshirishga munosib hissa bo‘lib qo‘shilayotganligi har birimizga faxr, quvonch bag‘ishlaydi, 2006 yili men “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandim. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz I.Karimov tomonidan joriy yilning “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinganligi mamlakatimiz fuqarolari haqidagi e’tibor-g‘amxo‘rlikning yana bir namunasi bo‘ldi. Jamoamiz a’zolari bunday e’zoz-e’tiborga aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish bilan javob berishga intilmoqdalar.
Darhaqiqat, viloyatimiz ahli mahalliy iqlim sharoitlarimizni hisobga olib ishlab chiqarilgan “Isuzu” rusumli avtobuslar va boshqa tur zamonaviy transport vositalari xizmatidan mamnundirlar. Ular viloyatimiz bo‘ylab turli yo‘nalishlar va belgilangan qat’iy jadval asosida harakatlanib, yo‘lovchilarni manzillariga tez va bexatar eltib qo‘ymoqdalar.
Kelgusi yili viloyatimizga yana ko‘plab yangi, zamonaviy avtobuslarning keltirilishi, shu tariqa anchagina ishchi o‘rinlarning yaratilishi, aholiga transport xizmati ko‘rsatish ko‘lamlarining tag‘inda kengaytirilishi ko‘zda tutilmoqda.


“Xorazm xaqiqati” 2014 yil 20 dekabr № 101 (19135)