Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Arablarga arab tilini o‘rgatgan olim
19.03.2018

Arablar o‘zlari e’tirof etadi – agar xorazmlik az-Zamaxshariy bo‘lmaganida ular o‘z tilining qonun-qoidalarini to‘liq bilolmagan bo‘lardi.



Bizning tarix deganda, ko‘z oldimizda, avvalo, Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi buyuk ajdodlarimiz siymosi gavdalanadi. Yana qanchadan-qancha allomalarimiz bo‘lganki, ularni har qancha faxr bilan eslasak, arziydi. Ko‘hna Xorazm zaminida tavallud topgan, jahon fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk alloma Abulqosim az-Zamaxshariy ana shunday ulug‘ zotlardan biri bo‘lgan.



1075 yil 19 martda Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida dunyoga kelgan az-Zamaxshariy haqidagi ma’lumotlar asosan O‘rta asr arab manbalarida ko‘p keltiriladi. Tarixchilarning alloma haqida bildirgan ma’lumotlariga ko‘ra, yoshligida yuz bergan baxtsiz hodisa tufayli uning bir oyog‘ini kesib tashlashadi va butun umri davomida yog‘och oyoqda yuradi.



Bu iztirobli voqea sababmi yoki o‘z tabiati shunday bo‘lganmi – har holda az-Zamaxshariy bolalikdan ilmga chanqoq edi. Ilm-fanning turli sohalari bilan qiziqib, tengdoshlari orasida zo‘r iste’dodini namoyon qildi. U madrasada o‘qitiladigan fanlarni puxta egallashga kirishdi. Ayniqsa, arab tilshunosligi va grammatikasiga oid asarlar az-Zamaxshariy faoliyatida muhim o‘rin egallaydi.



Olim besh yil Makkada yashab, arab tili grammatikasi va lug‘atini hamda mahalliy qabilalarning sheva va urf-odatlarini chuqur o‘rgandi. Ko‘plab asarlar yozdi. Shulardan biri arab tili grammatikasiga oid “Al-Mufassal fin-nahv” (1121 yil) asaridir. Bu ish arab tilini o‘rganishda yirik qo‘llanma sifatida shuhrat topgan asarlardan hisoblanadi. 



Shuningdek, olimning «Muqaddamat al-adab», “Javohirul-lug‘a”, «Al-Mufassal», «Asos al-balog‘a», “Al-Asmo fil-lug‘a” kabi yirik asarlari dunyo ilm ahli orasida g‘oyat qadrlanadi. 



Arablar o‘zlari e’tirof etadi – agar xorazmlik az-Zamaxshariy bo‘lmaganida ular o‘z tilining qonun-qoidalarini to‘liq bilolmagan bo‘lardi. Makkada yashagan davrida az-Zamaxshariy aksar vaqtini Ka’bada o‘tkazgan. O‘shanda u doimo she’riyat ixlosmandlari, tolibi ilm vakillari, muxlis va shogirdlar qurshovida bo‘lgan. Ko‘pchilik undan saboq olgani e’tirof etilgan. 



O‘z davrida allomani yaxshi taniganlar hurmat yuzasidan uni “Ustoz ud-dunya” (“Butun dunyoning ustozi”), “Ustoz ul-arab val-ajam” (“Arablar va arab bo‘lmaganlarning ustozi”), “Jorulloh” (“Allohning qo‘shnisi”), “Faxru Xvarazm” (“Xorazm faxri”) deya atashgan. 



Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev 2017 yil 1 sentyabr kuni Hazrati Imom (Hastimom) majmuasiga tashrifi chog‘ida biz haqli ravishda doimo ajdodlarimiz bilan faxrlanib kelishimizni ta’kidlar ekan, ayni paytda o‘zimiz ham ularga munosib bo‘lishimiz kerakligini alohida qayd etdi. Darhaqiqat, daholigu jasurlikda dunyoni lol qoldirgan bobokalonlarimiz biz uchun hamisha faxru g‘urur manbai bo‘lgan. Davlatimiz rahbari aytganidek, ajdodlar merosini o‘qib-o‘rganish, buyuk allomalarga munosib voris bo‘lib, ular singari ma’naviy kamolotga intilish bugungi avlodlar uchun muqaddas burch, demakdir. 


Gulnoza Boboeva, O‘zA