Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



ATB “QISHLOQ QURILISH BANK”NING XORAZM MINTAQAVIY FILIALI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
04.09.2015

Bayramlarga sovg‘a bilan kelish xalqimizga xos bo‘lgan yaxshi an’ana.Yaqinda Urganch shahrida foydalanishga topshirilgan “Qishloq qurilish bank”ning Xorazm mintaqaviy filialining hashamatli binosini ham quruvchilarning bayramga tayyorlagan sovg‘asi, desak xato bo‘lmaydi. 
“Ko‘hinur bino inshoot” jamoasi bushu inshootni bunyod etishga 4 milliard 100 million so‘mdan ortiq  mablag‘ sarfladi. Zamonaviy va milliy me’morchilik an’analari uyg‘unligida bunyod etilgan imorat yangilanayotgan Urganch shahrining ramziga aylanib qolgan Al Xorazmiy ko‘chasiga ko‘rk bag‘ishlashi turgan gap. 
Bu erda bank xodimlarining unumli ishlashlari, mijozlarga namunali xizmat ko‘rsatishlari  uchun barcha sharoitlar mavjud. 
Ushbu  bankning tashkil qilinishidan ko‘zlangan asosiy maqsad qishloqdagi uy fondini kengaytirish, qulay va zamonaviy turar – joylar barpo etish, ularni zamonaviy infratizilma, maishiy xizmat, servis ko‘rsatish tarmoqlari bilan ta’minlashdan iborat edi. 
Bu yo‘nalishda viloyatimizda ham ancha ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarida uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan  2009-2015 yillarda Xorazmda namunaviy loyiha asosida to‘rt ming ikki yuzdan ziyod (4212) imoratlar tiklangan. Yangi posyolkalarga avtoyo‘l, tabiiy gaz va elektr,  ichimlik suvi tarmoqlari tortildi. Maishiy va servis xizmati shaxobchalari, bolalar va sport maydonchalari, mini bank va savdo nuqtalarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 
Yaqin – yaqinlargacha faqat paxsa devorlar va xom g‘ishtdan imoratlar tiklangan qishloq joylarida davlat Dasturi asosida qurilayotgan puxta – pishiq imoratlar xalqimizga uzoq yillar xizmat qilishi tayin. Eng asosiysi  bu uylarda yashayotgan kishilarning yashash sharoitlari yaxshilanib, turmush darajasi oshmoqda. 
Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan  loyihaning  Xorazm viloyati  uchun ham ahamiyati nihoyatda muhimdir. Chunki voha aholisining asosiy qismi qishloq joylarida yashaydi. Shuning uchun dehqonu fermerga eng munosib yashash va mehnat qilish sharoitlarini yaratib berish aholining asosiy qismini turmush sharoitini yaxshilash, hayot farovonligini ta’minlash, deganidir. Ta’kidlash lozim-ki, “Qishloq qurilish bank”ning Xorazm mintaqaviy filiali bu tadbirlar uchun 330 milliard so‘m imtiyozli ipoteka krediti ajratib, o‘zining munosib  hissasini qo‘shdi. 
Yangi bino va qulay imkoniyatlarga ega bo‘lgan bank xodimlari o‘z  ishlarini yanada takomillashtirib, mijozlarning olqishlariga yana ko‘proq sazovor bo‘ladilar, albatta.

Xorazm viloyati hokimligining Axborot xizmati