Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



ATROF - MUHIT MUHOFAZASINING HUQUQIY ASOSLARI UNI TAKOMILLASHTIRISH - DAVR TALABI
28.10.2014

    OROL  MUAMMOSINI  BARTARAF  ETISH  YO‘LIDA

ATROF -MUHIT MUHOFAZASINING HUQUQIY ASOSLARI
UNI TAKOMILLASHTIRISH - DAVR TALABI

Urganch shahrida shu yilning 28-29 oktyabri kunlari Prezidentimiz Islom Karimovning 2014 yil 5 avgustda qabul qilingan farmoyishiga binoan "Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish"  mavzusida xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston jahon hamjamiyati bilan teng huquqli hamkorlikka asoslangan inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, ijtimoiy va ekologik yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidan dadil odimlab bormoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston XXI asr bo‘sa-g‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida ta’kidlaganidek:   "Xalqaro hamjamiyat insonning nafaqat yashash huquqi, balki to‘laqonli va sog‘lom turmush kechirishi uchun zarur mo‘’tadil atrof-muhit sharoitlariga ham bo‘lgan huquqlarining muqaddas va daxlsizligini allaqachonlar e’tirof etgan".
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ekologik muammolarni va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha yetarlicha tajriba to‘plandi. Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab, ekologik muammolarni bartaraf etish, uning salbiy oqibatlarining oldini olish, atrof-muhitni hamda inson salomatligini muhofaza qilish borasida keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun yer yuzidagi texnik taraqqiyotning sayyoramizga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. O‘tgan asr oxirlaridagi ma’lumotlarga qaraganda, biosferaga ko‘rsatilayotgan bosim yildan-yilga ortib bormoqda. Bu yo‘nalishda o‘tkazilgan tadqiqotlar tahlili biosferaning zararlanishi, qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklarning tobora kamayib borayotgani uchun asosiy javobgarlik rivojlangan mamlakatlar zimmasiga tushayotganligini ko‘rsatmoqda. Global iqlim o‘zgarishi bilan shug‘ullanuvchi Hukumatlararo  komissiyaning ma'lumotlariga qaraganda, atmosferaga chiqarilayotgan zaharli gazlarning 74 foizi ularning hissasiga to‘g‘ri keladi.
Har qanday davlatning barqaror rivojlanishi atrof-muhitni munosib himoya qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga bog‘liq. Buning uchun esa ekologiya sohasidagi yagona davlat siyosatini bosqichma-bosqich amalga oshirish talab etiladi. Tabiiy tizimlarning saqlanishi hamda qayta tiklanishi esa davlat va jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi shart.
O‘zbekiston Respublikasining tabiiy resurslardan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi hamda boshqa sohalardagi huquqiy me’yorlar o‘rtasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish, zarur me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish orqali qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, xuquqiy tizimda atrof-tabiiy muhitga antropogen ta’sirni kamaytirishni ta’minlovchi xalqaro ekologik standartlarni joriy etish dolzarb vazifalardir.
Shu bilan birga, xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlar doirasida mamlakatimiz qonunchiligini mazkur sohadagi   xalqaro xuquq me’yorlariga uyg‘unlashtirish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida aholi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va davlat manfaatlari o‘rtasidagi nizolarni hal etishning sud mexanizmlarini rivojlantirish va faollashtirish, noqonuniy faoliyatni to‘xtatish mexanizmlarining to‘liq qo‘llanilishini ta’minlash zarur.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi, "Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi, "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida"gi, "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi, "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi, "Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida"gi, "Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida"gi, "O‘rmon to‘g‘risida"gi, "Chiqindilar to‘g‘risida"gi qonunlarini, Er kodeksi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish ustida qizg‘in ish olib borilmoqda.
Shuni ta’kidlash lozimki, ilm-fan yutuqlaridan ishlab chiqarishda samarali va oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi, sanoat va boshqa tarmoqlarda ekologik muhit uchun zarari kam, ekologik sof texnologiyalarni   qo‘llashga qaratilayotgan e’tibor tufayli keyingi yillarda mamlakatimizda havoga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi ikki yarim barobarga, ochiq suv havzalariga sanoat oqovalarini oqizish esa deyarli ikki barobarga kamaygan.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari ekologik muammolarni hal etishda inson xo‘jalik faoliyatida nafaqat resurs tejovchi va ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish,  tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish, shu bilan birgalikda sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlarning o‘zigina mazkur soha muammolarini hal etishda yetarli emasligini ko‘rsatmoqda. Bu borada aholining ekologik savodxonligi va madaniyatini yuksaltirish, har bir insonda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, mamlakatning noyob tabiatini kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylash hissini shakllantirish asosiy omillar hisoblanishini unutmasligimiz kerak.
Har bir insonda tabiatga ehtiyotkorona munosabatni, betakror tabiatimizni asl holicha kelgusi avlodlarga yetkazish hissini shakllantirish va atrof-muhitga salbiy ta’sirlarning oldini olish, xalqimizning ekologik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarga ekologik ta’lim-tarbiya berishni yanada yuqori saviyaga ko‘tarish barqaror rivojlanishni ta’minlovchi davlat ahamiyatiga molik  dolzarb vazifalar  ekan, ularni muvaffaqiyatli hal etishga ham davlat, ham jamiyat va fuqarolarimiz kuchi hamda salohiyatini safarbar etishimiz zarur.              
Ilhom OTAJONOV,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati,
Ekoharakat deputatlik  guruhi a’zosi.