Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



AYOLLARGA DOIMIY E’TIBOR, FAMXO’RLIK
16.03.2016

Respublikamsizda ayollarimizning unumli, sifatli mehnat qilishi, dam olishlari, vaqtlarini mazmunli o’tkazishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Viloyat xotin-qizlar qo’mitasining boshqaruv yig’ilishida ma’ruza qilgan viloyat hokimining o’rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo’mitasi raisi S.Abdikarimova 2015 yil davomida shahar, tuman xotin-qizlar qo’mitalari, boshlang’ich tashkilotlarining keng qirrali faoliyatiga va joriy yilda oldda turgan vazifalarga to’xtaldi.

Ta’kidlandiki, viloyatda O’zbekistan Respublikasi Prezidenti I.Karimovning "O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini qo’llab-quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” qabul qilgan 2004 yil 25 maydagi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aniq dasturlar, rejalar belgilanib, ular izchil ravishda bajarilmoqda.

Masalan, viloyatda tadbirkorlik fao­liyati bilan shug’ullanayotgan xotin-qizlarga viloyat tijorat banklari tomonidan 2015 yilda 62050,0 mln. so’m imtiyozli kreditlar ajratildi.

Xotin-qizlar qo’mitalari kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini ish bilan bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Jumladan, 2015 yilda 12586 nafar bitiruvchi qizning bandligi ta’minlandi. O’tgan yili kollejni tamomlagan va tadbirkorlikni boshlagan bitiruv­chi qizlardan 537 nafariga 6 mlrd. 677 mln. so’m kredit ajratildi.

Xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish, ayol­larni sanatoriy-profilaktoriylarda sog’lomlashtirish kabi masalalarga asosiy e’tibor qaratildi. Prezidentimizning "2014-2018 yillarda O’zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o’smirlar sog’lig’ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to’g’risida”gi Qarorining ijrosini ta’minlash, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ma’rifiy ishlarni izchil olib borish, milliy an’ana va qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida o’quv muassasalarida, mahallalarda, korxona va tashkilotlarda tibbiyot xodimlari, kupni ko’rgan fahriylar hamkorligida tadbirlar o’tkazildi.

O’tgan yilning o’zida 470060 nafar tug’ish yoshidagi ayol tibbiy ko’rikdan o’tkazildi. Shulardan 248853 nafari sog’lomlashtirildi. Ayni paytda viloyat markazidagi 3 ta oilaviy poliklinika qoshida "Yosh ota-onalar maktabi” faoliyat yuritmoqda. Bu erda yoshlar zarur maslaxatlarni, tavsiyalarni olishmoqda.

Ta’lim muassasasidan boshlab qiz bolalarni sog’lom turmush qoidalariga amal qilishi, tibbiy, xuquqiy bilimlarini oshirib borishi, kasb-hunar o’rgatish ishlari izchil yo’lga qo’yilgan. Xotin-qizlar qo’mitasining shifokorlar, mutaxassislardan iborat guruhlari sog’lom ona-sog’lom bola, erta turmushning oqibatlari, uni oldini olish kabi mavzularda targ’ibot ishlarini izchil ravishda tashkil etishayapti.

Ayni paytda faoliyat yuritayotgan "Orasta qizlar” to’garaklarida "12 yillik majburiy ta’lim bizlar, qizlar uchun o’ta zarur va muhim” mavzusida o’tkazilgan tadbirda qizlar bugungi kunda fanlar sirlarini puxta egallab, o’zlari xoxlagan kasb-hunarlarni ham qunt bilan o’rganayotganliklarini mamnunlik bilan aytishmoqda.

"Ayollar spartakiadasi”da sportning voleybol, basketbol, shaxmat, shash­ka, yugurish turlari bo’yicha ayollar o’z maxoratini namoyish etishmoqda.Bu tadbirlarda 10 mingdan ziyod xotin-qiz ishtirok etdi. "Sog’lom ayol-sog’lom jamiyat” shiori ostida "Yoshlik” sport majmuasida tashkil qilingan "Ayollar sport festivali”ning viloyat bosqichida 300 ga yaqin yayol qatnashdi.

"Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi ijrosi ta’minlanib, shahar va qishloqlarda uzoq yillar turli sohalarda fidoyi mehnat qilgan fahriylar, onaxonlar bilan uchrashuvlar o’tkazildi. Ijtimoiy yordamga muxtoj yolg’iz keksalar moddiy qo’llab-quvvatlandi. 100 yoshga kirgan 52 nafar otaxon-onaxonlar xolidan xabar olindi.

Boshqaruv yig’ilishida fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Xorazm viloyati hududiy bo’linmasi rahbari I.Abdullaev xotin-qiz­lar qo’mitalarining nodavlat notijorat tashkilotlar bilan xamkorligi, O’zbekistan Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limining rahbari G.Ibodullaeva Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining yutuqlari va kelgusida tanlovlarga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko’rishda boshlang’ich tashkilotlari, shahar, tumanlar xotin-qizlar qo’mitalarining vazifalari, "Bolalar sporti”ni rivojlantirish jamg’armasi viloyag filiali direktori X.Hojiev qizlarning sport bilan shug’ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar va ayol murabbiylarning o’quv muassasalarida, to’garaklarda samarali faoliyatiga to’xtaldilar.

Yig’ilishda viloyat xotin-qizlar qo’mi­tasining 2016 yil uchun mo’ljallangan ish rejasi tasdiqlandi.

 
 
Viloyat hokimligining Axborot xizmati