Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Barcha loyiha va dasturlarda xalq manfaati ustuvor
21.10.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 14-15 oktyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifini,joylardagi uchrashuvlar,samimiy muloqotlar,yangi loyihalar taqdimotlarida bildirgan fikrlarini yurtdoshlarimiz katta qiziqish bilan kuzatib bordilar. Ayniqsa, Xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan taklif va hamda belgilab berilgan ustuvor vazifalar voha ahli tomonidan zo‘r mamnuniyat bilan kutib olinib,xalqimizning ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamladi.

Qadamboy Qutliev,

Xiva tumanidagi "Rahimbergan hoji anbar” fermer xo‘jaligi rahbari:

- Og‘ir iqlim hamda murakkab tuproq sharoitiga qaramasdan viloyatimizning mirishkor dehqon va fermerlari davlatga paxta sotish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini mamlakatimizda birinchi bo‘lib bajardilar.Yil bo‘yi qilingan fidokorona mehnat samarasi – 250 ming tonnadan ziyod paxta hosili qisqa muddatlarda yig‘ishtirib olinib, yuqori navlarga topshirildi.Prezidentimizning viloyat ahlini ushbu ulkan yutuq bilan tabriklab, yozi jazirama issiq,qishi qahraton sovuq,erlari kuchli sho‘rlangan bu hududda nafaqat mehnat qilish,balki mo‘l hosil undirishning uddasidan chiqayotgan xorazmlik dehqonlarni bir emas,ikki marta qahramon,deya e’tirof etishi viloyatdagi fermerlar, butun qishloq ahlini ruhlantirib,g‘ayrat-shijoatini yanada jo‘shtirib yubordi. Voha dehqonlari qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida ham ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish orqali yuqori natijalarga erishib kelmoqdalar.Bu yil nafaqat paxtachilikda,balki g‘alla sotish bo‘yicha ham viloyatimiz respublikada peshqadam bo‘lib shartnoma majburiyatini uddalagani,rejadagidan 17 foiz ko‘p hosil olingani bu fikrlarning yana bir amaliy tasdig‘idir.

Joriy yilda fermer xo‘jaligimiz dalalaridan g‘alladan 60 tsentnerdan,paxtadan 50 tsentnerdan hosil oldik.Besh gektar maydonda intensiv bog‘ yaratdik.Chorvachilik,parrandachilik tarmoqlarini ham jadal rivojlantiryapmiz.

Davlatimiz rahbari xo‘jaligimizda bo‘lib viloyatning bir guruh ilg‘or fermerlari bilan muloqot jarayonida, qo‘shimcha tarmoqlarni shakllantirish,qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish,aholi tomorqalarini chinakam daromad manbaiga aylantirish borasida qimmatli tavsiyalar berdilar.Ulug‘vor maqsadlar yo‘lidagi ushbu islohotlarni fermerlar yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlamoqdalar.

Mansurbek Masharipov,

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi raisi:

-Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkiloti yigit-qizlarning orzu –umidlarini ro‘yobga chiqarish, ularning ijtimoiy hayotda faolligini oshirish,buyuk kelajak bunyodkorlari sifatida maydonga chiqishlari uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi.Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida Mustaqilligimizning 26 yilligi arafasida Urganch shahrida zamonaviy "Yoshlar markazi” foydalanishga topshirilgan edi.Loyiha qiymati 11,8 milliard so‘m bo‘lgan mazkur majmuada bir vaqtning o‘zida ming nafarga yaqin yoshlar o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlar bo‘yicha turli to‘garak mashg‘ulotlarida qatnashishlari mumkin.

Prezidentimiz ushbu markaz faoliyati bilan tanishib,bir guruh faol yoshlar bilan dildan suhbat qurdilar. Uchrashuvda mamlakatimizda yosh avlod vakillariga bildirilayotgan yuksak ishonch va e’tibor,ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar to‘g‘risida so‘z bordi.Davlatimiz rahbarining yoshlarning puxta bilim olib,kasb-hunar egallashlari uchun qulay imkoniyatlar yaratish, ish bilan ta’minlash,yosh oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash borasidagi fikrlari bizni yanada ruhlantirib,yangi marralar sari chorladi.

Prezidentimizning biz yoshlarga bildirayotgan ishonchini munosib oqlab,u kishi boshlagan ezgu ishlarga kamarbasta bo‘lamiz,islohotlar jarayonida oldingi saflarda boramiz.Mana shu yurtning,xalqning fidoyi farzandlari ekanligimizni amalda ko‘rsatamiz.

,

Gulora Rahimova,

Xorazm viloyat musiqali drama teatri aktyori,O‘zbekiston xalq artisti:

-Prezidentimizning Xorazm viloyat musiqali drama teatri faoliyati bilan yaqindan tanishuvi jamoamizga juda katta ijodiy kuch,qanot bag‘ishladi. 45 yildan beri ushbu sahnada ijod qilib kelayotgan bo‘lsam,faoliyatim davomida teatrga bugungidek e’tibor va rag‘batni ko‘rgan emasman.1975 yilda qurilgan teatr binosi qayta ta’mirlangach butunlay o‘zgacha qiyofa kasb etib muhtasham san’at koshonasiga aylandi.Davlatimiz rahbarining teatrni chinakam ma’naviyat o‘chog‘iga aylantirish,moddiy bazasini mustahkamlash, ijodkorlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash borasidagi takliflari ayni dilimizdagi gap bo‘ldi.

Prezidentimizning mard va jasur sarkarda Jaloliddin Manguberdi siymosi,uning Vatanga sadoqati,mislsiz qahramonliklarini yosh avlodga etkazish borasidagi takliflari yurtdoshlarimiz qalbini to‘lqinlantirib yubordi.Bundan yigirma yil muqaddam teatrimizda sahnalashtirilgan "Jaloliddin Manguberdi” spektaklida Ona Er,buyuk sarkarda tavalludining 800 yilligiga bag‘ishlangan tantanada uning onasi obrazini gavdalantirgan edim. Ulug‘ vatandoshimiz haqida badiiy film suratga olinishini eshitib ko‘zlarimga sevinch yoshlari qalqdi.Biz ham kelgusida teatrimiz sahnasida buyuk ajdodlarimiz haqidagi tarixiy asarlarni sahnalashtirib muxlislar e’tiboriga havola etish niyatidamiz.

Jasur Vafoev,

Urganch shahridagi "Navbahor” mahallasida joylashgan ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika inspektori:

-Yaqinda buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi bobomiz haykali poyida Vatanga sodiqlik qasamyodini qabul qilish asnosida viloyatimizdagi 120 nafar profilaktika inspektorlari qatori menga ham xizmat uyi va imtiyozli kredit asosida engil avtomashina kalitlari tantanali ravishda topshirildi.Bu qulayliklar xizmat faoliyatimni samarali olib borishda juda muhim omil bo‘ldi.

Ichki ishlar tizimidagi tub islohotlar, jumladan huquqbuzarliklarga qarshi kurash profilaktikasi tadbirlarining izchil yo‘lga qo‘yilishi natijasida viloyatimizda oxirgi ikki oyda jinoyat sodir etish holatlari to‘rt barobar kamaygan. Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida viloyatimizni jinoyatlardan butunlay holi hududga aylantirib,bu borada Xorazm tajribasini yaratish taklifini ilgari surdilar.Ushbu "Xavfsiz hudud kontseptsiyasi” profilaktika inspektorlari zimmasiga qay darajada mas’uliyat va javobgarlik yuklashini juda yaxshi anglab,his qilib turibmiz.Mahalla,keng jamoatchilik bilan hamkorlikda ishlab bu vazifalarning albatta uddasidan chiqamiz,Yurtboshimiz ishonchini oqlaymiz!

"Xalq so‘zi” muxbiri

Odilbek Odamboev yozib oldi.