Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



“BARKAMOL AVLOD” SPORT O‘YINLARIGA - PUXTA TARADDUD
25.04.2014

Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarimizning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga etishlari uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Fan sirlarini mukammal egallab, kasb-hunar o‘rganayotgan, iste’dodini ro‘yobga chiqarayotgan o‘quvchilarning muvaffaqiyatlari qalblarga quvonch bag‘ishlaydi. Bugun yoshlarning ilm-fan, madaniyat, sport sohalaridagi qobiliyatlari va izlanish, natijalari tobora samarali bo‘lmoqda. Yosh avlodning komil inson bo‘lib ulg‘ayishida "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va Universiada musobaqalaridan iborat uch bosqichli uch bosqichli sport tizimining ahamiyati beqiyos. Mazkur noyob tizim mamlakatimizning barcha o‘quvchi va talaba – yoshlarini o‘z safiga qamrab olmoqda.
Ularning ham jismoniy, ham ma’naviy sog‘lom ulg‘ayishiga xizmat qilmoqda.
Ushbu musobaqalar orqali mamlakatimizning, shu jumladan, viloyatimizning barcha hududlarida sport infratuzilmasi takomillashtirildi, yangi va zamonaviy sport inshootlari barpo etildi, ular zarur sport inventarlari bilan to‘liq ta’minlandi. "Barkamol avlod" - uch bosqichli tizimning o‘rta bo‘g‘ini sifatida yoshlarning katta sportga qadam qo‘yishida muhim ahamiyatga ega. "Barkamol avlod" musobaqalari yoshlarimiz o‘z iqtidori va salohiyatini namoyon etishi uchun katta imkoniyat yaratmoqda va ularning sport olamida yuksak marralarni egallashlarida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ayniksa, bu yil Namangan viloyatida bo‘lib o‘gadigan "Barkamol avlod -2014" sport musobaqalariga tayergarlik bugun qizg‘in davom etmokda. Viloyatdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalarida jismoniy tarbiya darslarida shug‘ullanuvchi o‘quvchilar soni 88198 nafarni tashkil kiladi. Shundan 4484 nafari qizlardir. Ta’lim muassasalarida 98 ta sport zali, shuningdek, 480 ta sport maydoni va maydonchalari o‘quvchilar ixtiyorida. Mazkur sport inshootlarida hozirgi kunda 33675 nafar o‘quvchi 646 dan ortiq sport to‘garaklarida shug‘ullanmoqda. Ta’lim muassasalari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan bosqichma-bosqich sport anjomlari bilan ta’minlanmoqda. 398 nafar oliy ma’lumotli jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va 56 nafar murabbiy yoshlarga sport sirlarini o‘rgatib kelayapti. Xatto chekka qishloqlar hududida joylashgan kasb-hunar kollejlarida ham o‘quvchilarning sport to‘garaklarida faol qatnashishlariga katta e’tibor qaratilayapti.
Sport inshootlaridagi jismoniy tarbiya darslari, sport to‘garaklarida kuniga 8 soat, haftasiga 48 soat mashg‘ulot o‘tkazilmoqda. "Barkamol avlod" musobaqalari, "Shunqorlar" va "Yosh chegarachilar" harbiy-sport musobaqalari, "Navro‘z" umumxalq bayrami munosabati bilan voleybol, mini futbol va ommaviy marafon kabi bir qator musobaqalarda o‘zaro kuch sinashgan yoshlarimizning sport bo‘yicha mahoratlari kun sayin mustahkamlanib bormoqda.
2013 yilning sentyabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tgan "Barkamol avlod" sport musobalarida sportning qo‘l to‘pi, suzish, badiiy gimnastika, boks, og‘ir atletika, dzyudo, taekvando turlari bo‘yicha 32760 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi. Bu birinchi saralash ta’lim muassasalaridagi yosh sportchilarning eng iktidorli va qobiliyatlilarini tanlab olish, keyingi g‘alabalar sari qadamlarni ildam tashlash maqsadida nihoyatda uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.
"Barkamol avlod - 2014"sport musobaqalarining 2-bosqichi - tuman va shahar birinchiliklari esa 2013 yilning noyabr-dekabr oylari davomida tashkil qilindi. Mazkur musobaqalarda 26487 nafar o‘quvchi qatnashdi. Ularda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 9250 nafar o‘quvchi viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi. Tuman, shaxar bosqichi musobaqalarida Urganch shahar ijtimoiy iqtisodiyot, tadbirkorlik va servis, tibbiyot, axborot va kompyuter texnologiyalari, turizm va tadbirkorlik, avtomobil va yo‘llar, politexnika va kompyuter texnologiyalari, neft va gaz sanoati kasb xunar kollejlari, UrDU qoshidagi 3-sonli akademik litsey, Xarbiy-yuridik yo‘nalishdagi Urganch akademik litseyi, TATU qoshidagi 1-sonli akademik litsey jamoalari faol qatnashdilar.
Shuningdek, Urganch tuman sanoat-transport, sanoat va axborot texnologiyalari, qurilish, maishiy xizmat, G‘oybu qishloq xo‘jaligi, Bekobod qishloq xo‘jaligi, Yangiariq tuman qurilish va transport, agrobiznes va servis, sanoat-iqtisodiyot, Chiqirchi maishiy xizmat, Shovot tumanidagi "Do‘stlik" qishloq xo‘jaligi, kishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish, Shovotqal’a maishiy xizmat, qurilish, sanoat, axborot texnologiyalari, Qo‘shko‘pir tuman qurilish va transport, agrosanoat, iktisodiyot va maishiy xizmat, Oqdarband qishloq xo‘jaligi, politexnika va tadbirkorlik kasb-hunar kollejlari jamoalari turli sport turlari bo‘yicha viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
2014 yilning yanvar oyida "Barkamol avlod" sport musobakalarining sportning 16 turi bo‘yicha o‘tkazilgan viloyat bosqichida tuman va shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan terma jamoalar ishtirok qildilar. Bu o‘quvchilar soni 9250 nafarni tashkil etdi. Natijada "Barkamol avlod"ning respublika final boskichida viloyatdan 167 nafar sportchi ishtirok etadigan bo‘ldi. Terma jamoaning asosiy qismini Urganch olimpiya zahiralari kolleji, Qo‘shko‘pir, Xiva, Yangiariq, Xazorasp, Gurlan, Bog‘ot, Yangibozor, Urganch, Shovot va Xonqa tumanlaridagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari tashkil qiladi.
Viloyat bosqichi g‘oliblari viloyat hokimligi, madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasining I, II va III darajali diplomlari bilan takdirlandilar. Bugungi kunda "Barkamol avlod" sport musobaqalarining respublika boskichiga tayyorgarlik, ishtirokchilar mahoratini oshirish ishlari yanada qizg‘in davom ettirilmokda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 4 martdagi "O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan "Barkamol avlod - 2014" sport musobaqalarining saralash va respublika final bosqichlarini o‘tkazish to‘g‘risida"gi Nizomiga asosan joriy yilning 15-20 mart kunlari Urganch olimpiya zahiralari kollejida sportning voleybol turi bo‘yicha musobakalar bo‘lib o‘tdi. Ularning natijasiga ko‘ra, Xorazm, Navoiy, Andijon va Namangan viloyatlari voleybolchi o‘quvchilari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar. Xorazmlik o‘smirlarning g‘olib 4 jamoa safidan o‘rin egallashida jamoa murabbiysi Qadamboy Yo‘ldoshevning xizmatlari katta.
Shuningdek, 18-20 mart kunlari Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida respublika sportchi o‘quvchilari boks bo‘yicha saralash musobaqasida kuch sinashdilar. Unda viloyatimizdan murabbiy Nuraddin Atakov, hakam Alisher Polvonov va 7 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Shulardan Urganch olimpiya zahiralari kolleji o‘quvchilari Ruslan Panaev, Jasur Sobirov, Doniyor Saparboev, Urganch maishiy xizmat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Sirojbek Eshchonovlar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar.
Shu o‘rinda viloyatimiz o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘kuv muassasalari talabalarining boshqa musobakalardagi yutuqlarini tilga olib o‘tmoqchiman. Chunki barcha musobaqalarda o‘zaro bog‘liqlik mavjud - ularning barchasi yoshlarimizning komil inson darajasiga etkazilishini ta’minlaydi.
Shu yilning 3 aprel kuni Shovot tumanida "Shunqorlar" harbiy-sport musobaqalarining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda Urganch shahri va barcha tumanlardan 11 jamoa qatnashdi. Urgann madaniyat va san’at kollejining "Parvoz" jamoasi g‘olib bo‘ldi. "Yosh chegarachilar" harbiy-vatanparvarlik musobaqasining viloyat bosqichida o‘quvchilar epchillik va zukkolikni talab etuvchi 17 shart bo‘yicha o‘zlarining ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimi, jismoniy va ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi iqtidorini namoyish etdi. Bog‘ot engil sanoat kasb-hunar kollejining "Himoya" jamoasi birinchi o‘rinni egallab, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Shovotqal’a maishiy xizmat kasb-hunar kollejining "Lochin-2" jamoasi ikkinchi, Xiva axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining "Jaloliddin Manguberdi" jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Endi "Shunqorlar"imiz may oyida Jizzax viloyatida, "Yosh chegarachi"larimiz esa Toshkent viloyatida harbiy va sport sohasidagi mahoratlarini namoyish etadilar.
"Kamolot shaxmat taxtasi" an’anaviy Respublika turnirining 28 martda Urganch olimpiya zahiralari kollejida o‘tkazilgan viloyat bosqichida ham yoshlar faol ishtirok etishdi. Bahslar yakuniga ko‘ra jamoaviy hisobda Yangiarik, tuman jamoasi birinchi, Urganch shahar jamoasi ikkinchi, Xonqa tumani jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
17-19 yosh toifasi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Urganch shahri jamoasidan 1997 yilda tug‘ilgan O‘ktam Rajapov, qiz bolalar o‘rtasida Yangiariq. tumani jamoasidan 1996 yilda tug‘ilgan Aziza Odamboeva va 1997 yilda tug‘ilgan Muhayyo Jumanazarovalar g‘oliblikni va respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar. Shuni aytib o‘tish kerakki, turnirning final bosqichi ham viloyatimizda bo‘lib o‘tadi. O‘quvchilarimiz viloyatimiz sharafini munosib himoya qilish uchun tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
Bugun yurtimizda voyaga etayotgan farzandlarimiz yuksak marralarni zabt etish, kelgusida Olimpiada chempioni bo‘lishga qodir barkamol avlod vakillaridirlar. Ular katta hayotga dadil qadamlar bilan kirib kelmoqdalar. Ana shundai sog‘lom farzandlari bor   yurtning  kelajagi buyuk bo‘lishi shak-shubhasizdir.
P.KALANDAROV,
viloyat o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi qududiy boshqarmasi boshlig‘i, texnika fanlari doktori, professor.
“Xorazm xaqiqati” 2014 yil 19 aprel № 31 (19065)