Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



BARXANLAR BAG‘RIDA...
20.09.2014

          Mustaqillik yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida turizm infratuzilmasini izchil rivojlantirishga, ayniqsa sayyohlikni taraqqiy ettirishga katta ettibor berilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “2013-2015 yillarda Xorazm viloyatida sayyohlik sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi Qarori asosida viloyatimizda istiqbolli soha - sayyohlikni yanada ravnaq toptirish, xususan, ekoturizm yo‘nalishida yangi - yangi loyihalar ro‘yobini ta’minlash borasidagi ishlar izchillik bilan davom etmoqda. Dastur doirasida vohada ikki yuzdan ziyod loyiha amalga oshiriladi. Ana shu Qaror asosida vohadagi fayzli go‘shalar, tabiatning so‘lim oromgohlari, qum va sahrolar, ko‘llar, bog‘lar bag‘ridagi ezgu ishlar ro‘yobi Qaror ijrosi ifodasidir. Xivalik tashabbuskor yosh fermer Dilmurod Ollaberganov rahbarligidagi “Xiva Qorako‘li” fermer xo‘jaligida olib borilayotgan ishlar fikrimizning yaqkol dalili.
... Qadim Xiva shahriga tutash Chinobod qishlog‘i bo‘ylab manzil tomon borar ekanmiz, “Pishkanik” mahallasiga yakinlashayotib, ko‘kka bo‘y cho‘zgan baland minora nigohimizni tortdi. Sal yurib, hayratimiz yanada oshdi - xuddi “Ichonqal’a”nikiga o‘xshash paxsa devorlar, salobatli darvoza...
-Dilmurod ajoyib yangilikka qo‘l urdi, -dedi hamrohimiz tuman hokimligi tashkiliy-nazorat ishlar bo‘limi mudiri Olimboy Otajonov. -Xivaning Ichonkal’a va Dishonkal’asini zamonaviy va kadimiy uslublarni qo‘llagan holda ramziy ma’noda kashf etishdek sermashaqqat ishni o‘z zimmasiga oldi. Men o‘n yildan ko‘proq “Ichonqal’a” Davlat muzey qo‘riqxonasida ilmiy xodim bo‘lib ishlaganman. Xivaning ko‘rinishlarini turli stol usti maketlari yoki sahna bezagi timsolida yaratilgan shakllarini qiyinchilik bilan uddalashganini kuzatganman. Ammo qadim obidalarni xuddi ota-bobolarimiz yaratib ketganidek asl xolida tiklashga intilish - yangilik! Bu oson ish emas - bamisoli igna bilan quduq qazish bilan barobar . Ammo Dilmurod g‘ayrat-shijoatli, yangilikka o‘ch, yuragida tug‘ilgan yurti, Vataniga mehri jo‘sh urib turganidan dadillik bilan ishta kirishdi. Loyihani tayyorlash, tasdiqlatish uchun ko‘p elib yugurdi. Qanchadan qancha uzoq-yaqindagi mahkamalarga qayta-qayta borishdan erinmadi. Eng tajribali, ishning ko‘zini biladigan ustalarni topish uchun goh mashinada, goh yayov yurdi, so‘rab-surishtirdi. “Izlanganga tole yor” deganlaridek, mana, hamma niyat qilgan ishlari joy-joyiga tushib boryapti. Hali ko‘rasiz, bu erdan jahondan keladigan sayyohlarning izi uzilmaydi. Mahalliy aholi ham yayrab-yashnab dam oladigan ajoyib oromgohga aylanadi. Bu erda xalqaro miqyosdagi anjumanlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
... “Dishonqal’a” ortda qoldi. “Ichonqal’a”nikiga mengzaydigan tosh darvozadan ichkariga kiramiz. Katta-kichik bir-biriga tutash ko‘llarda zilol suv jilolanadi. Bir tomonda baliqlarga omuxta em brishga - tayyorlanayotgan ishchilar, bir tomonda esa atrof-tevarakda qurilish ishlarini olib borayotgan bunyodkorlar. Ko‘l bo‘yida qad rostlagan dam olish maskanlari. Yana qator uy - mehmonxonalar... Minorani qo‘rgan bosh ustani ham shu erda uchratdik. U o‘zini Rashid Masharipov deb tanishtirdi. Minora qurish borasida ancha tajribaga ega ekan. Poytaxt Toshkentdagi Hazrati Imom (Xastimom) majmuasidagi minoralarni qurishda shogirdlari bilan birga ishtirok etibdi.
- Bu minora mana shu majmuaning ramzi - bosh inshooti bo‘lib qoladi, -dedi Rashid usta. - Balandligi 36 metr. Aylanasining boshlanish eni 10 metr. Qumda,barxanlar bag‘rida imorat bunyod etish uchun avvalo uning poydevori o‘ga mustahkam bo‘lishi, odatdagi tekis erda quriladigan inshootlardan poydevori ikki baravar pastdan boshlanishi kerak. “Ichonqal’a”dagi minoralar qurilishini puxta o‘rganib shunga yarasha ish tutdik. Minora yuqoriga tomon asta-sekin ingichkalashib boradi. Ko‘k-oq koshinlar sarg‘ish qizil maxsus g‘isht belbog‘lar bilan aylana holida o‘zaro tutashib, o‘zgacha bezaklar hosil qilgan. Tepasiga qubba o‘rnatildi. O‘rtasidagi aylanaga halollikka, poklikka, bir-birovni qadrlashga undovchi ibratli so‘zlar yozib qo‘yildi. Minoraning ichkarisidagi zinalar orqali tepaga ko‘tarilib, bemalol yon-atrofni tomosha qilish mumkin. Minora qurilishida qatnashgan Nodir Masharipov, Farrux va Xushnud Abdullaevlar, Shixnazar Masharipovlar hozirgi kundagi ishlarda ham fidoyilik ko‘rsatishyapti. Xudoynazar Masharnpov, Qudrat Matniyozov, Kamoladdin Boltaev, Maqsudbek Yoqubovlar ham majmuaning tez va soz qurilishida fidoyilik qilishyapti.
Minoradagi koshinlarni tajribali kulollar Rustambek Tohirbekov, Ollanazar Sa’dullaevlar tayyorlab berishibdi. Koshinlarda o‘ziga xos Xorazm naqshlari mujassam. Ulardan majmuadagi darvozalar, uy mehmonxonalari bezaklari uchun ham qo‘llanishyapti.    
Xa, “Xiva Qorako‘li” fermer xo‘jaligi endilikda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga aylanib boryapti. Bundan uch yil muqaddam faqat baliqchilikka ixtisoslashgan holda tashkil etilgan bo‘lsa, endilikda paxtachilik, bog‘dorchilik bilan ham shug‘ullanishyapti. Yaqin kelajakda servis xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Shu maqsadda ekoturizm yo‘nalishi bo‘yicha keng miqyosdagi bunyodkorlik ishlari olib borilmokda.
-Xorazm o‘zining betakror tabiati, noyob o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan ham azaldan olamga mashhur. Bu esa sayyohlikning muhim tarmog‘i -ekoturizmni jadal rivojlantirish imkonini beradi, - dedi “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasining Xorazm viloyati mintaqaviy bo‘limi boshlig‘i Odilbek Rahimov. - Jonkuyar, serg‘ayrat fermer yigit, endigina o‘ttiz yoshdan oshgan Dilmurod Ollaberganov mazkur yo‘nalishda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yganligi quvonchli voqea. Shu xayrli tashabbusi orqali milliy qadriyat va urf-odatlarimiz dunyoga ko‘z-ko‘z qilinadi. Yaqin kelajakda bu erga jahonning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan sayyohlar ekoturizm resurslaridan unumli foydalangan holda baliq ovlash, qumda ov qilish, otda, eshakda sayr qilish, shuningdek, qayik sayri uyushtirish, folklor-etnografik ansambllari xizmatidan bahramand bo‘lish, shu erda bunyod etilgan uy-mehmonxonalarda yashab, istasalar o‘zlari ham taom tayyorlashlari mumkin.
Yosh fermer Dilmurod hududda tabiiy landshaftni asl holicha saqlab qolgan holda 35 ta uy -mehmonxona barpo etilganligi, ularda oxirgi pardozlash va jihozlash ishlari olib borilayotganini aytdi. Bu erda chiroyli gulzor, xiyobonlar, ko‘rkam mevali bog‘lar yaratiladi. Hovuzlar o‘rtasi va chetlariga favvoralar o‘rnatiladi. Oqshomlari ham rang-barang chiroqtar yog‘dusida dam olish, sayr etish imkoniyatlari amalga oshadi. Ulkan hajmdagi ishlarni bajarish uchun bankdan 2,5 mlrd. so‘m kredit olinib, tadbirkor fermerning shaxsiy jamg‘armasi ham qo‘shilgani xolda keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari tobora qizitilmoqda.Chindan ham bir paytlari tashlandiq holdagi qarovsiz yotgan “Qora ko‘l” hududi bugungi kunga kelib, ajoyib manzara kashf etib borayotganligining guvohi bo‘ldik. Zilol suvli ko‘l bo‘yidagi so‘rilar qum bag‘rida maroqli dam olish imkonini bersa, oshxonalarda sayyohlarga turli milliy taomlar tayyorlanadi. Barxanlar bag‘rida tashkil etilgan mehmonxona yotoqxonalari milliy va zamonaviy tarzda bezatilgan. Yuvinish xonalari gigienik talablar darajasida. Telefon, televizor, sovutqich va isitkich mavjud. Kompyuterlarning internetga ulanishi rejalashtirilgan.
- Hududimiz 120 gektarni tashkil qiladi, -deydi tadbirkor fermer D.Ollaberganov. - Ko‘llar sathini kengaytirdik. Yaqinda “Kora ko‘l”ga tutash “Oq ko‘l” ham bizning tasarrufimizga o‘tdi. Undan tashqari tevarak-atrofdagi mayda ko‘llarni ham bir boshdan ta’mirlab, toza ekologik muhitni yuzaga keltirdik. Hozirgacha 50 tonna baliq mahsuloti topshirgan bo‘lsak, yaqin kelajakda bu ko‘rsatkich ikki barobarga ko‘payadi. Ikkinchidan, ko‘l bo‘ylarida sayyohlar ham bemalol baliq ovi bilan shug‘ullanishlari, dam olishlari uchun sharoit yaratiladi. Mahalliy aholi tomonidan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatiladi. Savdo, madaniy, maishiy xizmat shoxobchalari bozor faoliyat ko‘rsatadi. Xorijlik hamkorlar bilan qo‘shma korxona ochib, dudlangan baliq, baliq konservasi ishlashni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bu bilan qishloq aholisi uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi, odamlarda ekologik madaniyat shakllanadi va rivojlanadi . Sayyohlik majmuamizda mehmonlarga faqat yozda emas, yilning to‘rt faslida ham xizmat ko‘rsatiladi. Bu esa bizning turizm, ayniqsa uning ajralmas qismi-ekoturizm rivojiga, binobarin turmush farovonligini yanada yaxshilashga qo‘shgan hissamiz bo‘ladi. Bir orzuim bor: qani edi ko‘hna Orolimiz ham mana shu ko‘l kabi to‘lib-toshib. mavjlanib tursa...
Omon bo‘l, kamol top Dilmurod! Orzularing amalga oshaversin. 
                                             Abdulla SAFOEV, “Xorazm xaqiqati” 2014 yil 17 sentyabr № 74 (19108)