Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



BAXTIMIZ VA IQBOLIMIZ QOMUSI
22.11.2014

Istiqlol yillarida yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida amalga oshirilayotgan ishchil isloxotlar, buyuk bunyodkorliklar, yaratuvchiliklar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tamoyillari va qoidalarining amaldagi ifodasidir.
Ayni kunda butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi viloyatimizda xam O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma ikki yilligini iishonlashga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma ikki yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2014 yil 7 noyabrdagi Farmoyishi ijrosini taminlash bo‘yicha viloyat hokimi P.Bobojonov qaror qabul qildi
Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma ikki yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha viloyat tashkiliy guruhi tarkibi tasdiqlanganligi qayd etiladi.
Respublika ma’naviyat targ‘ibot marqazi Xorazm viloyati bo‘limi tumanlar va Urganch shaxrida Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining yigirma ikki yillik bayramiga bag‘ishlab axoli o‘rtasida ma’rifiy uchrashuvlar, muloqotlar va suxbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlarni o‘tkazish maqsadida taniqli olimlar, ijodkorlar, ziyolilar, san’atkorlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot guruxlari tashkil etilib, ular belgilangan reja asosida faoliyat olib boradilar.
Viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, “Xorazm” teleradiokompaniyasi, “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyati va boshqa ommaviy axborot vositalariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma ikki yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarni keng yoritish tavsiya etildi.



“Xorazm xaqiqati” 2014 yil 22 noyabr № 93 (19127)