Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



BAYRAM SHODU XURRAMLIKDA NISHONLANMOQDA
03.01.2017

BAYRAM SHODU XURRAMLIKDA NISHONLANMOQDA

Shu kunlarda viloyat markazida o‘rnatilgan Archa atrofida erta tongdan boshlab kuy, qo‘shiqlar yangramoqda.

Sahnada vohamizning taniqli san’atkorlari tomonidan bayram dasturlari namoyish etilmoqda.

– Archa atrofida vohamiz aholisi hamda mehmonlarga xush kayfiyat bag‘ishlash maqsadida tashkil etilayotgan dasturlarning rang-barangligi ko‘ngillarni xushnud etadi. Xorazm viloyati musiqali drama teatrining sevimli aktyorlari, Urganch shahridagi 24-sonli ixtisoslashgan maktabning badiiy havaskorlik jamoalari, viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari ishtirokidagi dasturlar barchaga manzur bo‘lmoqda, -deydi viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasining Xalq ijodiyoti markazi direktori Bahrom Bekmatov. –Shuningdek, Xorazm maqom jamoasining xushovoz xonandalari ijrosidagi ashulalar, viloyat akademik va xalq badiiy jamoasi, viloyat qo‘g‘irchoq teatrining iste’dodli aktyorlari ishtirokidagi ertak qahramonlari qiyofasi aks ettirilgan tomoshalari, "Nihol” mukofoti sovrindorlari – Bunyod Saidov, Jayhun Matmurodov, Lochinbek Mo‘minovlarning qo‘shiqlari, Dilnoza Ortiqovaning diltortar raqslari ko‘ngillarni maftun etadi.

O‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari – Gulora Rahimova, G‘ofurjon va G‘ulomjon Eshjonovlar, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist To‘lqin Jabborov ijrosidagi ashulalar eldoshlarimizga manzur bo‘lmoqda.

Yangi yil bayrami kunlarida yangrayotgan qo‘shiqlar elimizning tinchligidan, xonadonlarning farovonligidan, mamlakatimizning obodligidan, eldoshlarimizning kayfiyatlari balandligidan darak beradi. Yangi yil bayrami tadbirlari har qachongidan ham fayzli va tarovatli.

Bu erga vohamizning shahar va tumanlaridan tashrif buyurayotgan eldoshlarimiz, shuningdek, mehmonlarning qalblari shodlikdan entikadi. Farzandlarining, nabira-chevaralarining qo‘llaridan tutib kelayotgan ota-onalarning, bobolar va buvijonlarning gulgun chehralarini ko‘rib, ular qalbida bugungi dorilomon kunlardan shukronalik hissi ustuvor ekanligini anglaymiz.

Ha, yurtimizda Yangi yil shodiyonalari ko‘tarinkilik bilan davom etmoqda.

Feruza TANGRIBERGANOVA.
"Xorazm haqiqati" gazetasi,
2017-yil 1-yanvar №1