Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



BEBAHO MEROS
08.05.2014

Hayotda shunday insonlar bo‘ladiki, ular butun umrini ezgu amallarga bag‘ishlaydi. Bilim va tajribasini ziyo, nur taratishga, yaxshiliklarga yo‘naltiradi. Yaqinda yosh tadqiqotchi, o‘lkashunos olim Umid Bekmuhammad mashhur sharqshunos olim S.P.Tolstovning “Qadimiy Xorazm tsivilizatsiyasini izlab” (“Po sledam drevnexorezmskoy tsivilizatsii”) nomli kitobini o‘zbek tilida qayta nashr qilishga erishdi.
Shu o‘rinda sharqshunos olim Sergey Tolstov haqida qisqacha ma’lumot. Sergey Pavlovich Tolstov 1907 yilda Sankt-Peterburgda tug‘ilgan. 1923 yil Moskva Davlat universitetida tahsil olib yurgan kezlaridayoq qadimiy Xorazmning bebaho tarixiga qiziqib, keyinchalik bu yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlarini, izlanishlarni olib bordi.
Xorazmning jahon tsivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi, Amudaryo qirg‘og‘idagi go‘zal manzaralar, tarixiy qal’alar, yodgorliklar, vohaning madaniy merosi... Sergey Tolstovni yoshligidan maftun etgan. Va bu qadimiy voha tarixini katta mas’uliyat, qiziqish bilan o‘rganib, uning o‘zi ham bizga madaniy, ma’naviy meros qoldirgan. Olim Xorazm tarixiga oid ko‘plab kitoblarni yozgan. Yosh tadqiqotchi Umid Bekmuhammadning “Qadimiy Xorazm tsivilizatsiyasini izlab” nomli kitobga yozgan so‘z boshisidagi quyidagi satrlar diqqatingizni tortadi: "Sergey Pavlovich turkiy va forsiy tillarda bemalol gapira olar, har qanday kishi bilan bemalol til topishib ketardi. Qariyalar bilan “Qur’on” sur’alari xususida, xalq dostonlari to‘g‘risida so‘zlashar, ayollar bilan esa alla, yor-yor qo‘shiqlari haqida gurunglashardi. Mahalliy aholini ham ekspeditsiyaga jalb qilardi. Natijada bir paytning o‘zida Ko‘zali, Guldursun va Ayoz, Chilpiq, Kat, Devqal’a, Qo‘yqirqilganqal’a hamda Tuproqqal’adagi tadqiqot ishlari boshlab yuborildi". U arxeologiyada birinchi bo‘lib topografik suratga olish ishlarini aeroplandan keng foydalandi...
Sergey Tolstov o‘sha yillardayoq bu ko‘hna zaminning bebaho tarixi borligini yurakdan his qildi va bu borada mahalliy ziyolilarni ham jalb etib, arxeologik ishlarni tashkil etdi. 30-40-yillarda ekspeditsiya jarayonida ko‘plab qal’alarni o‘rgandi. Ammo... 1941 yilning iyunida boshlangan Ikkinchi jahon urushi ishni orqaga surdi. S.Tolstov ham ko‘ngillilar bilan frontga otlandi... Biroq u urushdan yarador bo‘lib qaytadi va yana Xorazmga keladi. Bu paytda ham oz sonli kishilar bilan ekspeditsiyalarni davom ettirdi... Sharqshunos olim tomonidan 40-yillarning o‘zida o‘sha davrgacha noma’lum bo‘lgan 200 ta qal’a siri ochiladi. Er qa’rida 15-20 ming yil yotgan antropologik, arxeologik ashyoviy dalillar va tariximiz buyukligi haqida aniq ma’lumotlar to‘planadi.
S.Tolstov dunyo arxeologiyasi va etnografiyasiga katta hissa qo‘shgan professor, uch yuzdan ko‘p ilmiy asarlar muallifidir. Ayniqsa u mahalliy aholi bilan yaqin hamkorlik qilishi natijasida vohamizda o‘nlab folklor asarlarni, doston, latifa, ertak va afsonalarni ham yozib olib, bizga qoldirgan.
... 1948 yil Jenevada Abu Rayxon al-Beruniy xotirasiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanda S.Tolstov o‘zbek allomasining buyuk ishlariga to‘xtalib, Amudaryoni tabiat ato etgan buyuk tuhfa ekanligini ham to‘lqinlanib so‘zlaydi, shu erning o‘zida “Drevniy Xorezm”, “Po sledam drevnexorezmskoy tsivilizatsii” nomli fundamental asarlarini yig‘ilish hay’atiga taqdim etgan edi. U doimo Xorazmning bebaho tarixiy merosi haqida faxr bilan so‘zlardi.
Olimning izdoshlari - Ya.G‘ulomov, M.Yo‘ldoshev, G‘.Xo‘janiyozov, A.Sotliqov, Q.Sobirovlar ustozdan fan bo‘yicha saboqlar olishgan.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Nukus bo‘limi S.Tolstov xotirasiga bag‘ishlab ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazib turadi. 2007 yilda Bo‘ston shahrida olim tavalludining 100 yillik yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferentsiya o‘tkazildi. Ellikqal’a tuman tarix va arxeologiya muzeyiga S.P.Tolstov nomi berilgan.
Yosh tadqiqotchi olim Umid Bekmuhammadning ham Xorazm vohasi qadimiy tarixiga oid ko‘plab ilmiy maqolalari viloyat, respublika matbuotida chop qilinmoqda. Ayniqsa, Xorazm qishloqlarining nomlari, ularning tarixi, ulug‘ allomalarimizning hayoti va faoliyati haqidagi maqolalari doimo qiziqish bilan kutib olinadi. S.Tolstovning mazkur kitobini qayta nashr etish uning qalb amri bo‘ldi. Toshkentdagi “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop qilingan bu kitobda qadimiy Xorazm haqida juda ko‘p ma’lumotlar o‘rin olgan.
Kitobshunoslikda “Nodir bibliografik asar”, “Bebaho qo‘llanma”, “Mangulikka daxldor kitob” kabi so‘zlar tez-tez tilga olinadi. Arxeologik qazilmalar, keng qirrali ekspeditsiyalar faoliyati natijasida yozilgan S.Tolstovning ushbu kitobi bilan nafaqat tarixshunoslar, talabalar, balki barcha yurtdoshlarimiz katta qiziqish bilan tanishmoqdalar.

Komiljon NURJONOV, “Oltin meros”
xalqaro jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi, o‘lkashunos tadqiqotchi.
“Xorazm xaqiqati” 2014 yil 3 may № 35 (19069)