Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



BEBAHO SAN’ATIMIZ VORISLARI
17.12.2014

Bugun istiqlol farzandlarining kamoli uchun ulkan g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotir. Ham moddiy, ham ma’naviy e’tiborning yuksakligi bois o‘quv muassasalari binosi tubdan yangilandi, zamonaviy uskunalar bilan to‘liq ta’minlandi. Ayni paytda farzandlarimizning iqtidorini rag‘batlantirishga ham ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.
Zero, yosh avlodning har jihatdan yetuk bo‘lib kamol topishida ilmu ma’rifat nechog‘li ahamiyat kasb etsa, musiqa va san’atning o‘rni ham shu qadar muhim. Binobarin, kuy-navoga oshno tutinish, soz chalishga havas bolalarning intellektual salohiyatini toblashda hal qiluvchi omillardan biridir. 
Prezidentimizning “Bolalar musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009 - 2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori ham ana shu sohani rivojlantirish, musiqiy tarbiyani takomillashtirishga yo‘naltirilgani bilan yanada qadrlidir.


Farzandlarimiz tarbiyasiga yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir amaliy tasdig‘i bo‘lgan mazkur hujjatda musiqa maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish chora-tadbirlariga keng o‘rin berilgan. Ushbu qaror hayotga izchil tatbiq etilayotgani bois bugun nainki markazlarda, eng chekka qishloqlarda ham jahon andozalariga mos, muhtasham musiqa maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda ta’lim olayotgan yoshlar orasidan iqtidor egalari yetishib chiqayapti. O‘g‘il-qizlarimiz ko‘plab nufuzli xalqaro ko‘riklarda faol qatnashib, musiqa ilmida hech kimdan kam emasliklarini namoyon etmoqdalar.
Xorazm viloyatida ham bu borada amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar samarasi ko‘zga yaqqol tashlanayotir. Bugungacha viloyatda 8 ta bolalar musiqa va sanat maktabi yangidan qurildi, 7 tasi kapital rekonstruktsiya qilindi. Bu maqsadlar uchun byudjet mablag‘laridan 25 migliard 832 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Ularni zamon talablari darajasida jihozlash va musiqa asbob-uskunalari bilan ta’minlash uchun 6 milliard 500 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ yo‘naltirildi.


Jumladan, Yangiariq tumanidagi 15-bolalar musiqa va san'at maktabi 2012 yili 2 milliard 56 million so‘m evaziga yangidan qurilib,  foydalanishga topshirildi. Uni jihozlashga 593 million so‘m ajratildi. Hozir bu erda biri-biridan iqtidorli 206 nafar o‘g‘il-qiz milliy va zamonaviy musiqa sirlarini puxta egallamoqda. Joriy yilda bo‘lib o‘tgan Muhiddin Qori Yoqubov nomli respublika ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichida an’anaviy ijro yo‘nalishi bo‘yicha Sarvinoz Aminboeva, xalq cholg‘ulari mutaxassisligi bo‘yicha Avaz Komilov, akademik ijro yo‘nalishida Obid Qadamboev ikkinchi darajali diplom bilan takdirlandi.
Bularning barchasi buyuk kelajagimizga munosib farzandlarni tarbiyalash maqsadida olib borilayotgan izchil islohotlar samarasidir, albatta.


Oybek RAHIMOV
“Xalq so‘zi” 17 dekabr, 2014 yil № 243 (6173)