Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



BILIMLAR KUNIGA PUXTA TARRADDUD BILAN
09.09.2014

Viloyat markazidagi 2-son umumta’lim maktabida ta’lim-tarbiya ishlari yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilib, o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha chuqur bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. O‘tgan o‘kuv yilida, ayniqsa o‘quvchilarning darsdan keyingi vaqtlarini mazmunli, foydali o‘tkazish maqsadida aniq, reja tadbirlar belgilanganligi o‘z samarasini berdi. Yozgi ta’til davrida ham o‘quvchilarga manzur bo‘ladigan rang-barang tadbirlar o‘tkazildi. Ayniqsa, Xivaga, tarixiy yodgorliklar mujassam bo‘lgan shaharga sayohatlar, Urganch shahrida amalga oshirilgan bunyodkorliklar bilan tanishish jarayonlari ham ularda unutilmas taassurot qoldirdi.
2 sentyabrda yangi o‘quv yiliga o‘quvchilar, ustozlar ko‘tarinki ruhda kelishdi. Maktab atrofi obod, ko‘kalamzorlashtirilgan, tulzorlardan rayhonlar hidi anqib, dimoqqa uriladi.
Bayramona bezatilgan maktab binosi oldida qo‘llarida gullar ko‘tarib olgan o‘g‘il-qizlar birinchi Qo‘ng‘iroq jaranglashini orziqib kutishmoqda.
Navbatdagi o‘quv yilining boshlanganligi munosabati bilan barchani samimiy qutlagan viloyat hokimi P.Bobojonov mamlakatimizda yosh avlodga yaratilayotgan shart-sharoitlar, shuningdek ana shu imkoniyatlardan foydalanib turli ko‘rik-tanlovlarda, sport musobaqalarida, festivallarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritayotgan o‘quvchilarning yutuqlarini alohida ta’kidladi.
Birinchi dars uchun qo‘ng‘iroq jarangladi. Bu  yil 66 nafar o‘g‘il - qiz birinchi sinfga kadam ko‘ydilar. Prezidentimiz sovg‘alarini - maktab, mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari jamlanmasini olgan 1-sinf o‘quvchilarining kuvonchi yanada cheksiz...
Viloyat hokimi P.Bobojonov har tomonlama to‘la jihozlangan sinf xonalari va maktab qoshida samarali faoliyat yuritayotgan “stol tennisi” to‘garagi ishi bilan tanishdi. Aynan ushbu to‘garak a’zolari har yili nufuzli musobaqalarda ishtirok    qilib,    faxrli o‘rinlarni egallashmoqda. Ularning orzusi 2015 yilda Xorazm viloyatida o‘tkaziladigan “Umid nihollari” respublika bosqichida ishtirok etishdir...
Mana, sinf xonalarida “Mustaqillik darslari” boshlandi. Istiqlol sharofati bilan gullab-yashnayotgan yurtimiz, buyuk allomalarning ilm-fan, madaniyat rivojiga qo‘shgan salohiyatli hissasi haqidagi ustozlarning suhbatlarini diqqat bilan tinglayotgan o‘quvchilar chehrasida faxr , baxtiyorlik tuyg‘usi yorqin aks etardi.
 “Xorazm xaqiqati” 2014 yil 6 sentyabr № 71 (19105)