Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



BOJXONA XODIMI NOQONUNIY XATTI-HARAKAT QILSA NIMA QILISH KERAK?
20.03.2018

Shovot tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyat bojxona boshqarmasining o‘z xavfsizligi guruhi xodimi A.Ro‘zmetov tadbirkorlarni qiziqtirayotgan savollar, o‘ylantirayotgan muammolar yoxud bojxona qonunchiligi buzilishi hamda bojxona xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari, xususan bojxona xodimlari tomonidan korruptsiyaga yo‘l qo‘yilganda yoki tamagirlik holatlari yuzasidan DBQning (0371) 120-76-33 va Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining (0362) 224-59-20 raqamli ishonch telefonlariga murojaat qilishlari mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.


Xorazm viloyati Shovot tumanida joylashgan MChJ “UZTEX-SHOVOT” qo‘shma korxonasida viloyat bojxona boshqarmasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Xorazm viloyati kengashi hamda tuman hokimligi tomonidan “Mamlakatimizda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhitidan samarali foydalanish va eksportni yanada oshirish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. 

Seminarda Shovot tumanida faoliyat olib borayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlari, eksportyor tashkilotlar, dehqon va fermer xo‘jaliklari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok qilishdi.

Uchrashuvda soha mutaxassislari tomonidan Xorazm viloyati, xususan Shovot tumanida eksportbop mahsulotlar (issiqxonada meva-sabzavotlar va xorij tajribasi asosida achchiq qalampir) etishtirish hamda uni eksportga jo‘natish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida boshqarmaning Valyuta nazorati guruhi katta inspektori R.Bekchanov mamlakatimiz iqtisodiyotini barqarorlashtirish bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirilayotganligi, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksport qilish uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilayotgani, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 noyabrdagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3351-son, 2017 yil 6 noyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3377-son va 2018 yil 6 fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3512-son qarorlari hamda 2017 yil 5 dekabrdagi “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5276-son hamda 2018 yil 16 yanvardagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5303-son Farmonlari bilan bojxona chegarasi orqali tovarlar va valyuta boyliklarini olib o‘tish, tovarlarni eksportga rasmiylashtirishda kiritilgan qulaylik va imkoniyatlar to‘liq etkazildi.

Shundan so‘ng viloyat bojxona boshqarmasining o‘z xavfsizligi guruhi xodimi A.Ro‘zmetov so‘z olib, tadbirkorlarga bojxona sohasida o‘zlarini qiziqtirayotgan savollar, o‘ylantirayotgan muammolar yoxud bojxona qonunchiligi buzilishi hamda bojxona xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari, xususan bojxona xodimlari tomonidan korruptsiyaga yo‘l qo‘yilganda yoki tamagirlik holatlari yuzasidan DBQning (0371) 120-76-33 va Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining (0362) 224-59-20 raqamli ishonch telefonlariga murojaat qilishlari mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

O‘zaro qizg‘in savol-javoblar va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan seminarda tadbirkorlar tovarlar eksporti bo‘yicha savollarni erkin bayon qilib, ular bo‘yicha tegishli javoblar olishdi.



Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi 

katta inspektori Jasurbek Boltaev