Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



BOLALAR SPORTI
29.01.2014

BOLALAR  SPORTI

Jismonan sog‘lom, ma’naviy etuk avlodni tarbiyalashda sportning o‘rni beqiyos. Shu bois istiqlolning ilk yillaridanoq Prezidentimiz rahnamoligida mazkur soha rivojiga alohida e’tibor qaratib kelinmokda. Bunday g‘amxo‘rlik esa amalda o‘zining yorqin samaralarini berayapti.

Farzandlar kamoli oliy saodat

Xususan, bugun yigit-qizlarimiz nafaqat mamlakat miqyosidagi sport musobaqalarida, balki ko‘plab xalqaro turnirlar, qit’a hamda jahon chempionatlari, Olimpiada o‘yinlarida munosib ishtirok etib, hech kimdan kam emasliklarini isbotlamoqdalar. Ularning sharafiga davlatimiz bayrog‘i baland ko‘tarilib, madhiyamiz baralla yangraganda, ko‘nglimiz cheksiz g‘ururga, faxru iftixorga to‘layotir.
Darhaqiqat, barkamol farzandlar yurt taraqqiyoti, jamiyat ravnaqida muhim o‘rin tutadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, ular ongida sportga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish borasida o‘tgan yillar davomida ko‘lami hamda ahamiyati jihatidan ibratli ishlar bajarildi. Bugun qaysi shahar, tuman yoki olis qishloq hududiga bormang, ko‘rkam ijtimoiy-maishiy binolar qatorida biri-biridan chiroyli, muhtasham sport majmualari, stadionlar va inshootlarga ko‘zingiz tushadi. Ularda minglab bolalarning o‘zlari sevgan sport turlari bilan shug‘ullanayotgani esa havasingizni keltiradi.
Xorazm viloyatida ham bu borada ezgu sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqdaki, buning natijasida ming-minglab o‘g‘il-qizlar qalbida sog‘lom hayotga bo‘lgan intilish va ishtiyoq kuchaydi.



— Viloyatimizda 2003 — 2013 yillarda jami 94 ta bolalar sporti ob’ekti bunyod etilib, yoshlar ixtiyoriga berildi, — deydi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Xorazm viloyati filiali direktori Komiljon Ibraimov. — Birgina o‘tgan yilning o‘zida vohada ettita sport inshooti foydalanishga topshirildi. Urganch tumanidagi bolalar sport majmuasi, Qo‘shko‘pir tumanidagi sport maktabi, Xiva, Urganch, Yangiariq, Xonqa, Gurlan tumanlaridagi yangi sport zallari shular jumlasidandir. E’tiborli jihati, mazkur inshootlarning 80 foizdan ortig‘i qishloqlarda joylashgan. Ularning zamonaviy sport jihozlari va inventarlari bilan to‘la ta’minlangani mashg‘ulotlarni bekamu ko‘st o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Bugungi kunda viloyatdagi mavjud sport inshootlarida doimiy va sog‘lomlashtirish guruhlarida shug‘ullanuvchilar soni 152453 nafarga etdi. Shundan 59433 nafari qizlardir.
Shularga hamohang tarzda turli sport musobaqalari muntazam o‘tkazib kelinmokda. Birgina o‘tgan yilning o‘zida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sportning milliy va ommaviy turlar bo‘yicha 190 ga yaqin tadbirlar o‘tkazildi. Ularda 21 ming nafardan ziyod o‘g‘il-qiz o‘z iste’dod va mahoratini namoyish qildi.
Yana bir e’tiborli jihati shundaki, vohada sportning nafis turi hisoblangan badiiy gimnastika ham keng ommalashib bormokda.
— Badiiy gimnastika betakror musiqiy ohanglarga uyg‘un tarzda kishi ruhiyatiga ijobiy ta’sir etadi, — deydi murabbiy Dinara Bozorova. — Insonning kayfiyati, ruhiy olami va fe’l-atvorida go‘zallikka, ezgulikka moyillik uyg‘otadi. Bu esa, tabiiyki, sog‘lom turmush tarzining muhim omillaridan biridir. Shuning uchun ham keyingi yillarda viloyatimizda mazkur sport turi bilan shug‘ullanuvchi qizlar soni tobora ortib borayapti. Bunga vohada faoliyat olib borayotgan badiiy gimnastika sektsiyalarida 2200 nafardan ziyod qiz shug‘ullanayotgani yaqqol dalil bo‘la oladi. Vaholonki, 2003 yilda ular soni 50 nafarga ham etmasdi. O‘zim hozir 21 nafar qizga saboq berayapman. Shogirdlarim orasidan kelajaqda mamlakatimiz sha’nini xalqaro maydonlarda munosib himoya qiladigan ko‘plab iste’dodli badiiy gimnastikachilar etishib chiqishiga ishonaman.
Xorazmlik o‘g‘il-qizlarning yaratilgan imkoniyatlar, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarga javoban ulkan marralarni zabt etishayotgani quvonarlidir. Masalan, o‘tgan yili Toshkent shahrida sportning suzish turi bo‘yicha o‘tkazilgan respublika birinchiligida viloyat terma jamoasi a’zolari Ortiq Karimboev, Aziz Otajanov va Otamurod Otajanov sovrinli o‘rinlarni egallashdi. Buxoro viloyatida tashkil etilgan ko‘l to‘pi va minifutbol bo‘yicha respublika musobaqalarida viloyat terma jamoasi munosib qatnashdi. Yosh polvon G‘ulom Abdullaev esa, mana, bir necha yildirki, erkin kurash bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda g‘olib va sovrindorlar safidan joy olib kelmoqda. Sabohat Saidova sportning dzyudo turi bo‘yicha erishgan natijalari bilan tengdoshlari orasida alohida namuna ko‘rsatayapti.
Umuman, birgina o‘tgan yili xorazmlik sportchi yoshlar xalqaro musobaqalarda faol qatnashib, 32 ta oltin, 35 ta kumush va 47 ta bronza medal sohibi bo‘lishdi.
Vohada bolalar sportini rivojlantirish borasidagi ishlar Sog‘lom bola yilida izchil davom ettiriladi. Joriy yilda Urganch shahrida bitta yopiq suzish havzasi, ikkita sport zali, Shovot, Yangiariq tumanlarida bolalar sport maktabi, Shovot, Hazorasp, Xiva, Gurlan, Yangiariq tumanlarida esa yangi sport zallari bunyod etish ko‘zda tutilgan.
Albatta, beqiyos g‘amxo‘rliklardan bahramand bo‘lib, zamonaviy shart-sharoitlarda ta’lim-tarbiya olayotgan, sport bilan shug‘ullanayotgan yoshlarimiz Vatan shuhratini yuksaklarga ko‘tarishni o‘z burchlari, deb biladilar.

Oybek RAHIMOV,

“Xalq so‘zi” 28 yanvar, 2014 yil № 19 (5949)