Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



BOZORLARIMIZ TO‘KIN, MAHSULOTLAR ARZON
23.12.2014

Bugun ayni qish fasli bo‘lsada bozorlarimiz rastalarida mo‘l-ko‘l qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi. Yil bo‘yi qilingan fidoyi mehnat natijasida bog‘larda sarxil mevalar g‘arq bo‘lib, pishib, mo‘l hosil olindi. Poliz mahsulotlari ham o‘tgan yilgiga nisbatan ko‘p etishtirildi.

Urganch dehqon bozori rastalarida qip-qizil olmalar, anorlar, nashvati-yu behilar hozirgina bog‘dan uzilib keltirilganday. Uzumning bir donasini tatib ko‘rsangiz shirasidan yayrab ketasiz...
Sabzi, piyoz, kartoshka, karam ... xullas poliz mahsulotlari ham xaridorni o‘ziga chorlamoqda.
- O‘g‘limni uylantiryapman. To‘y uchun bir qop sabzi oldim. Mana qarang, sapsariq yaltirab, shirasi ham chiqib turibdi. Bir kilosini 350 so‘mdan oldim, - deydi o‘zini shifokor, deya tanishtirgan Abdulla Botirov.
-  Loviya, mosh solingan suyuq ovqatlarni oilamiz bilan xush ko‘rib iste’mol qilamiz. Ularning bahosi ham qimmat emas, - deydi Elena Kim. Xullas, Urganch dehqon bozorining barcha qulayliklar yaratilgan rastalaridagi to‘kinlikka, shirin-shakar meva- sabzavotlarga chet eldan kelgan sayyohlar ham havas, xayrat, quvonch bilan boqishadi.
Rastalar oralab bozorning yopiq paviloniga kirar ekansiz, bu erda sut, go‘sht, tuxum mahsulotlari va turli shirinliklar, xullas, kundalik turmush uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar muxayyo. Qatorasiga qo‘yilgan rastalardagi go‘sht narxi 20 ming so‘m. Qassoblarning qo‘li-qo‘liga tegmaydi.
- Mana, bir oydan oshdiki, shu erga kelib, go‘sht xarid qilmoqdamiz. Narxi bizni qoniqtiradi, go‘sht toza va undan tayyorlanayotgan taomlar ham mazali, - deydi Sultonboy Ahmedov, Husinboy Otaevlar.
- Asalning bir kilosini o‘n bir ming so‘mdan oldim. Hidiga qarang, ishtahangizni ochadi. Kish kunlari, limon ikkalasini aralashtirib ichsangiz hech shamollamaysiz, - deydi xonqalik Otanazar Sobirov.
Ha, bozordagi mo‘l-ko‘lchilik va narxlarning arzonligidan barcha mamnun. Ayniqsa Yangi yil bayrami arafasida bozor hududida yangi yil o‘yinchoqlari, sovg‘abop buyumlar, archalarning sotilishi ham yo‘lga qo‘yilgan. Haridor, sotuvchi uchun qulayliklar yaratilgan. Tinch, osuda zamonda umrguzaronlik qilayotgan eldoshlarimiz 2015 yilni ko‘tarinki ruhda kutib olmoqdalar.


 “Xorazm xaqiqati” 2014 yil 20 dekabr № 101 (19135)