Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



BRIKETLANGAN KO‘MIR: TEJAMLI VA QULAY
11.12.2013

Bugungi kunda  to‘y- ma’rakalardagi suhbatlarda fuqarolarning qish faslida briketlangan ko‘mirdan foydalanayotganliklari va  uning afzallik tomonlari haqidagi so‘zlarni tez-tez eshitish mumkin.


Ha, bu bejiz emas. Ishlab chiqarishga fan-texnika yutuqlarini joriy etilishi ijobiy samara bermoqda. "O‘zbek ko‘mir" ochiq aktsiyadorlik jamiyatiga  qarashli "Xorazm ko‘mir etkazuvchi" xududiy distribpyutorlik markazi unitar korxonasining "Xorazm ko‘mir briket" ishlab chiqarish zavodida briket ko‘mir tayyorlanib, iste’molchilarga etkazilmoqda. Yuksak texnologik uskunalarda ishlab chiqarilayotgan briketlangan ko‘mir atrof-muhitga zarar etkazmaydi. Briketlangan  ko‘mir ishlatilgandan  so‘ng ham o‘z shaklini saqlaydi, kul qoldirmaydi. Unda zararli  noorganik aralashmalar yo‘q.
-Briket ko‘mir - jonning rohati ekan. Ixcham, qulay. Uylarimiz kecha-yu  kunduz issiq. Undan oilamiz va qo‘shnilarimiz ham  samarali foydalanishmoqda,- deydi xonqalik Safargul Hakimova.
Ha, bugun viloyatimizda nafaqat xonadonlarda, shuningdek korxona va tashkilotlarda ham  binolarni, xonalarni qizdirishda undan  qo‘llanilmoqda. Masharif Saidmurodov, Sarvar Bobojonov, Qobuljon Sa’dullaev kabi mutaxassislar mahsulotlarni sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishiga alohida e’tibor qaratishyapti.
-Shu kungacha 1300 tonnaga yaqin briketlangan ko‘mir mahsuloti aholiga etkazib berildi. Talabga muvofiq ishlab chiqarish hajmini yanada   ko‘paytirmoqdamiz,- deydi "Xorazm ko‘mir etkazuvchi" hududiy  distribpyutorlik markazi unitar korxonasi direktori Xudargan Murodov.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 5 iyulp qaroriga asosan viloyatimizda tashkil qilingan "Xorazm ko‘mir briket" zavodi faoliyati tobora takomillashmoqda. Kelgusi yili bu erda 50 ta ish o‘rni yaratiladi.

O‘g‘iljon RAHIMOVA.