Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



BUNYODKORLIK MANZARALARI
26.08.2016

BUNYODKORLIK MANZARALARI

 

 

Istiqlol xalqimizning yangilanish, bunyodkorlik zavqi bilan yashashga o‘rgatdi. Tafakkurimiz, dunyoqarashimiz tubdan o‘zgardi. Muhimi, mashaqqatli kunlar ortda qoldi. Bundan chiqarilgan saboqlar, xulosalar har birimizni mustaqillikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga undaydi.

 

FAXR

 

Keyingi yillarda Xorazm vilo­yati shaharu qishloqlari havas qilgulik darajada ko‘rkam qiyofa kasb etib, chiroyiga chiroy qo‘shildi, desak, mubolag‘a emas. Ayniqsa, voha markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari kishini hayratga soladi. Prezidentimiz tomonidan 2012 yil 6 dekabrda imzolangan "Xorazm viloyatining obodonchilik va aholi suv ta’minotini tubdan yaxshilash, Urganch shahar bosh rejasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ro‘yobga chiqarilayotgan bunyodkorlik loyihalari yaqqol bo‘y ko‘rsatmoqda.

 

Urganchning bundan 25 — 30 yil oldingi manzarasini yaxshi eslayman, — deydi "Bunyodkor” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh muhandisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi To‘ra Polvonov. — Tartibsiz qurilgan ko‘rimsiz binolar, pastqam imoratlar, tor ko‘chalar... Ayniqsa, yoz oylarida bu erda salqinlashga tuzukroq joy topilmasdi. Vohamiz iqlim sharoitiga mos manzarali daraxtlar ekish, favvoralar barpo etishga e’tibor berilmagan. Viloyat bag‘rida shuncha osoriatiqalar joylashganiga qaramay, sayyohlar mazmunli hordiq chiqaradigan bitta arzirli mehmonxona bo‘lmaganiga nima deysiz?! Boshqa qulayligu imkoniyatlar, infratuzilma inshootlari haqida gapirishning o‘zi ortiqcha. Mana, bugun shahrimiz go‘zalligiga boqing! Ko‘rib, ko‘zingiz quvonadi, dilingiz yayraydi. Har mahalla, har mavzeda o‘zgarish. 2013 — 2017 yillarga muo‘ljallangan dasturga muvofiq, o‘tgan davr mobaynida Xorazmda 1 trillion 300 milliard so‘mlik qurilish yumushlari bajarilibdi. Bu raqamlar, avvalambor, shahardagi yangilanishlar salmog‘idan dalolat beradi, albatta.

 

Obodlik shukuhi

 

Urganch shahrining markaziy maydoni — eng gavjum, eng tarovatli manzillardan biri. Bu yerda ulug‘ bobokalonimiz Muhammad ibn Muso Xorazmiy haykali savlat to‘kib turibdi. Ulkan soat minorasi esa hududning turli nuqtalaridan ko‘zga tashlanadi. Ma’naviyat targ‘ibot markazi, "O‘zsanoatqurilishbank”ning Xorazm mintaqaviy filiali, viloyat hokimligi binosi, Ogahiy nomidagi viloyat teatri hamda boshqa imoratlar xiyobon atrofida yaxlit ansamblni tashkil etgan.

 

- Dam olish kunlari nevaralarim bilan shu yerga kelaman, — dey­di maydonda sayr qilib yurgan nuroniy otaxon, urush va mehnat faxriysi Ollabergan Bobojonov. — Bu maskan hamisha ziyoratchilar bilan gavjum. Ular orasida qadrdonlarimni uchratsam, albatta, suhbatlashib, bugungi dorilamon kunlarimizga shukronalar aytamiz. Yonimizda baxtiyor unib-o‘sayotgan farzandlarimiz, nevaralarimiz iqbolini ko‘rib, beixtiyor qalbimiz quvonchga to‘ladi.

 

 

 

Urganch xalqaro aeroporti — shaharning ramziy darvozasi. Bu yerga har kuni dunyoning turli nuqtalaridan havo laynerlari kelib qo‘nadi.O‘z navbatida, xuddi shu manzildan respublikamiz markaziy shaharlari hamda turli mam-lakatlarga parvozlar amalga oshirilmoqda. Keyingi yillarda aeroportda 60,3 milliard so‘mlik bunyodkorlik ishlari olib borildi. Uning maydonini obodonlashtirishga 4,4 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Shu orqali Xorazm sayyohlik salohiyatini yuksaltirish uchun yanada mustahkam poydevor yaratildi.

 

Bunday obodlik va zamonaviy qulayliklarni shaharning muhtasham temir yo‘l vokzalida ham uchratasiz. Ayni paytda bu erda kuniga 2 ming nafardan ortiq yo‘lovchiga jahon standardlari darajasida xizmat ko‘rsatilyapti.

 

Qisqasi, shaharning har ikki darvozasidan qadimiy va navqiron vohaga qadam qo‘ygan kishi borki, avvalo, Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab o‘tar ekan, kunduzi quyosh nurida, oqshomda tungi chiroqlar yog‘dusida jilolanuvchi go‘zallikka oshno bo‘ladi. Qariyb 4 kilometrlik ushbu ko‘chaning ikki yoqasida biri-biridan ko‘rkam bino va imoratlar — milliy hamda zamonaviy me’morchilik an’analari asosida qurilgan to‘rt-besh qavatli turarjoylar, mehmonxonalar, xizmat ko‘rsatish majmualari, ijtimoiy soha ob’ektlari qad rostlagan.

 

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali hamda Urganch olimpiya zaxiralari sport kolleji binolari anashular jumlasidandir. Mazkur ta’lim dargohlarida umumiy qiymati 25 milliard so‘mlikdan ortiq qurilish-rekonstruktsiya ishlari bajarildi. Natijada filialning yangi binosi va 160 o‘rinli turarjoy barpo etildi. Kollejning o‘quv bloklari ta’mirlanib, oshxona hamda ikkita sportzali qurildi.

 

Ushbu filialga tashrif buyursangiz, bu erdan o‘zgacha taassurot olishingiz, shubhasiz. Chunki mazkur dargohdagi o‘qitish jarayoni eng taraqqiy topgan mamlakatlar oliy ta’lim muassasalaridagi shart-sharoitlarni eslatadi. O‘quv va mashg‘ulot xonalari, laboratoriyalar ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan. Talabalarning faollik darajasini elektron qurilmalar nazorat hamda monitoring qilib boradi. Interaktiv vositalar — yangilikka intiluvchan va izlanuvchan yigit-kizlar ixtiyorida.

 

 - Yosh dasturchilar klubi a’zosiman, — deydi talaba Usmon Zaripov. — Hozirdanoq korxona hamda tashkilotlar buyurtmalarini ularning talab va takliflari asosida bajarib beryapmiz. Eng muhimi, o‘zim sevgan, o‘zim tanlagan kasbni mukammal egallashim uchun universitetimizda barcha imkoniyat yaratilgan. Kelgusida jonajon O‘zbekistonimiz shonu shuhratini dunyoga keng yoyishga hissa qo‘shish uchun bilim va salohiyatimni ishga solaman.

 

Mardona Aitova — Urganch olimpiya zaxiralari sport kollejining tajribali murabbiylaridan biri. U stol tennisi bo‘yicha yoshlarga saboq beradi. Shogirdlari orasida bir qator nufuzli musobaqalarning g‘olib va sovrindorlari bor.

 

 - Yoshlarimizning Vatanga bo‘lgan muhabbatidan g‘ururlanib ketaman, — deydi M. Aitova. — G‘oliblikka bo‘lgan kuchli ishtiyoq manbai ham shu. Ayni sababdan shogirdlarim qiyofasi, ular erishayotgan natijalar misolida O‘zbekistonimiz kelajagi ishonchli qo‘llarda ekanligiga, zaminimizdan haliyana ko‘plab chempionlar etishib chiqishiga ishonchim ortadi.

 

Fayzli maskan tarovati

 

Xalqimiz azaldan obihayot manbalarini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab keladi. Shunga qaramay, havzalar qirg‘oqlarini mustahkamlash, tevarak-atrofini obodonlashtirish katta mashaqqat talab etadi gan yumush hisoblangan. Urganchning Shovot kanali ham xuddi shunday fikrni aytish mumkin.

 

Tarixiy manbalarda yozilishicha, inshoat 1681 yilda barpo qilingan. O‘sha davr solnomachilari mazkur sanani "Purfayz” so‘zi zamiriga yashirishgan. Yani ana shu kalom harflar abjad hisobi bo‘yicha o‘qilganida, kanal qazilgan sana muddati ayon bo‘ladi. Ammo Shovot hamda uning yon-atroflari mustaqillik sharofati bilan fayzli go‘shaga aylandi. Buning uchun qariyb bir yil davomida katta hajimdagi bunyodkorlik ishlari bajarildi. Suv yo‘li qirg‘oqlari betonlashtirilib, mustahkamlandi. Tevarak-atrofida bog‘-rog‘lar, oromgohlar, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurildi. Natijada Shovotning ikki yoqasi bo‘ylab deyarli 15 kilometr masofada sayr qilish uchun mo‘ljallangan uylar barpo etildi.Uning o‘zanida doimiy akvatoriya hosil qilish maqsadida gidroinshoot qurilib, 7,3 kilometr uzunlikdagi yopiq-yotiq drenaj tizimi yaratildi.

 

 - Har kuni tongda, oqshomda ana shu kanal bo‘yini sayr qilib, darddan forig‘ bo‘lgan bemorlarni bilaman, — deydi shifokor Komiljon Masharipov. — Chunki bu erdagi betakror go‘zallikdan bahra olib, kayfiyatingiz ko‘tariladi, zavqingiz oshadi, charchoqlaringiz unutiladi. Ruhan tetik bo‘lasiz. Axir bularning barchasi salomatlik uchun koni foyda!

 

Qisqa muddatda navqiron avlod vakillarining sevimli maskaniga aylangan bog‘-majmualar, yodgorliklar, oromgohlar tarovati ham o‘zini keng namoyon qilmoqda.

 

 - Mamlakatimizda yuz berayotgan bunyodkorlik va yangilanishlar yigit-qizlar qalbiga Vatanga muhabbat tuyg‘ularini jo etmoqda, ularga ilhom bag‘ishlayapti, — deydi "Kamolot” YoIH Urganch shahar kengashi raisi Ibrohim O‘rinov. — Ular turli festivallar, sayillar, ko‘rgazmalarda doim faol qatnashadilar, sport musobaqalari hamda bilimlar bellashuvlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelishmoqda. Ayniqsa, yosh ijodkorlarning ko‘rik-tanlovlari chinakam san’at bayramiga aylanib ketadi.

 

Yangi bunyod qilingan "Yoshlik” shaharchasi bugun kattayu kichikning faxriga aylangan, desak, aslo mubolag‘a emas. Undagi sport majmuasi tarkibidan yopiq suv havzasiva sport maneji, gimnastika zali, 2 ta sport zalihamda ochiqfutbol maydoni o‘rin olgan. 60 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga qurilgan, 9,17 gektar maydonni egallagan mazkur maskanni o‘ziga xos "Olimpiya shaharchasi”ga qiyoslash mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yerda sportning 22 ta turi bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalarni o‘tkazish uchun barcha imkoniyat mavjud. Shahardagi yana bir muhtasham inshoot — 12 ming 500 tomoshabinga mo‘ljallab rekonstruktsiyadan chiqarilgan markaziy stadion sportchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yanada kengaytirdi.

 

Albatta, mustaqil taraqqiyot yillari — tarix oldida ko‘z ochib yumgunchalik fursat. Biroq ana shu qisqa vaqt davomida xalqimiz hayotida yuz byergan ulkan o‘zgarishlar, asrlarga tatigulik yutuqlar har qancha faxrlanishga arziydi. Muhimi, ko‘ngillardan boshlangan obodlik shaharu qishloqlarimiz qiyofasida o‘z aksini topmoqda. Bunga tabora gullab-yashnab borayotgan Urganch shahri mi­solida yana bir karra amin bo‘lish mumkin.

 

 

Sotim AVAZ,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

"Xalq so‘zi” gazetasi,

2016 yil 20 avgust, №162