Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



BUNYoDKORLIKNING YoRQIN IFODASI
12.06.2014

“Urganch” xalqaro aeroportida yangi yo‘lovchi terminali ochildi

Mustaqillik yillarida Prezidetimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda ulkan bunyodkorliklar amalga oshirilmoqda va buning natijasida shahru qishloqlarimiz tobora chiroy ochib, obod bo‘lib, eldoshlarimizning qalbi bu yaratuvchanliklardan kuvonch, shodliklarga to‘lmoqda.
Ayniqsa, Yurtboshimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantnrish Dasturi to‘g‘risida”gi, “Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, obodonlashtirish ishlarini va Xorazm viloyati aholisining ichimlik suvi ta’minotini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi xamda “2013-2015 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi qarorlarining ijrosi izchil va uyg‘un tarzda ta’minlanmoqda.
Faqat viloyat markazining o‘zida shu yilning o‘tgan oylarida  ijtimoiy-iqtisodiy soxalarning  taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shayotgan zamonaviy qudratli sanoat ishlab chiqarish korxonalari ishga tushdi.
Ayni kunda voxada avtomobilsozlik nihoyatda jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Butun viloyatimiyada “Damas”, “Shevrole Orlando” avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.
Shuningdek, yaqinda Urganch shaxrida “UzXSMG” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi ish boshladi. Mazkur korxonada eng zamonaviy ekskavatorlar tayyorlanmoqda va bu jamoada xorazmlik yoshlar g‘ayrat-shijoat bilan mexnat qilib, o‘z iqtidorlarini namoyon etishmoqda. Yil oxirigacha ushbu korxonada 200 ga yaqin ekskavator ishlab chiqariladi.
Kuni kecha yurtdoshlarimiz yana bir quvonchli va unutilmas tantananing guvohi bo‘lishdi. Ya’ni “Urganch” xalqaro aeroportida yangi yo‘lovchi terminalining ochilish marosimi bo‘ldi.


Bu tadbirda “O‘zbekiston xavo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining vakillari, qator boshqarmalar, idoralarning mas’ul xodimlari, mehnat faxriylari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok qildilar.
Tantanali tadbirda viloyat hokimi I.Bobojonov qatnashdi va so‘zga chiqdi.
Ta’kidlandiki, yurtimizda aviayo‘lovchilarga servis xizmati ko‘rsatishni yanada yuksak darajaga ko‘tarish, sayyoxlik infratuzilmasini rivojlantirish va qulayliklar yaratish borasidagi amaliy ishlar davom etmoqda. Qisqa muddat ichida Urganch xalqaro aeroporti binosini zamonaviy standartlarni xisobga olgan holda qayta qurish, bu erda zarur infratuzilmani yaratish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uchib keluvchilar uchun biznes zalini tashkil etish loyihalari bajarildi.
“O‘zshaharsozlik LITI” DUKning bosh loyihasi asosida “93-maxsustrest” ochiq aktsiyadorlik jamiyati quruvchilari tomonidan qurilish, rekonstruktsiya ishlari yuksak talablar darajasida bajarildi. Bino dizaynini ishlab chiqishda O‘zbekistonning zamonaviy arxitektura xamda milliy san’at an’analari uyg‘un ravishda xisobga olindi.
Yangi terminal jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy qulayliklarga ega. Bu erda keng va yorug‘ zallarga eng so‘nggi rusumdagi jixozlar o‘rnatilgan. Ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, “Duty-free” savdo shaxobchasi, qahvaxona shular jumlasidandir. Bundan tashqari binoda 200 yo‘lovchi sig‘imiga ega tranzit hamda “VIP”, “CIR” zallari va soha mutaxassislari uchun dam olish xonalari mavjud.
Sayyohlar uchun maxsus, qulay xizmat turi - axborot xonasi tashkil etilgan. Shaxarga, tashrif buyuruvchilar u erda xududning transport imkoniyatlari, mehmonxonalari, umumiy ovqatlanish joylari haqida kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin.
Tadbirda “O‘zbekiston xavo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Er usti inshootlaridan foydalanish va aeroportlarni boshqarish departamenti direktori A.Xodjayan, “93-maxsustrest” OAJ bosh direktorining o‘rinbosari G‘.Abdullaev, “Urganch” xalqaro aeroporti direktori F.Xudoynazarov va boshqalar so‘zga chiqdilar.
- Bugun biz faxriylar shaxrimiz ko‘chalarini, bunyodkorliklarni ko‘rib xayratda, sevinchdamiz. Qiska vaqtning o‘zida mana shu biz turgan shahar tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. Samolyotdan tushib kelishingiz bilan go‘zal, fayzli manzaralar ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Mana qarang, “Urganch” xalqaro aeroportidan shaharga boradigan shoh ko‘chalarning ikki yon tarafidagi muhtasham ko‘p qavatli binolar, savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari... xullas ularning har biri bunyodkorliklar natijasidir, - dedi tadbirda so‘zga chiqkan mehnat faxriysi Rustam Sultonov. Bugun esa yana bir quvonchli kun. Aeroport binosi qo‘li gul quruvchilarimiz, mutaxassislarning fidoyiligidan tanib bo‘lmas darajada sayqal topib, bizga shodlik bag‘ishlamoqda.
Shuningdek, mexnat faxriylari Kodir Matchonov, Aminboy Qalandarov, Bahodir Bobojonovlar ham xalq turmush farovonligini oshirish, yoshlarning iqtidorini namoyon qilishi va aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlarni alohida ta’kidlashdi.
Tadbirda qurilish, rekonstruktsiya ishlarida faol ishtirok qilgan Rustam Vaisov, Qadamboy Xaitboev, Sardor Yusupov, Bahodir Ro‘zmetov, Alisher Soliev singari ko‘plab bunyodkorlarga esdalik sovg‘alari toshpiriddi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston xalq hofizi F.Davletov, O‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari G‘ofurjon va G‘ulomjon Eshjonovlar ijrosidagi qo‘shiqlar, musiqali dasturlar davraga yanada fayz, ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
“Xorazm xaqiqati” 2014 yil 24 may. № 41 (19075)