Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



BURCH, JASORAT, SADOQAT...
15.01.2016

 Ona yurtimiz sarhadlarini himoya qilish, xalq ishonchini oqlash, farovon turmushni ta’minlashdek sharafga muyassar bo‘lish har bir yigit uchun g‘urur va iftixordir. Buni yaxshi anglagan xarbiylarimiz mustaqil Vatanimiz sarhadlarini xamisha shay va sergak turib, sidqidildan himoya etmoqdalar. Milliy armiyamizda o‘z Vataniga sodiq, yuksak bilim va mahoratga, ma’naviy - ahloqiy tarbiyaga ega yigitlar xizmat qilmoqda. 
Shu kunlarda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab "Tayanchim va suyanchim, fahru iftihorimsan, muqaddas Vatan!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar davom etmoqda.
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida O‘zbekistan Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 24 yilligi hamda Vatan ximoyachilari kuniga bag‘ishlab "Mening o‘g‘lim-Vatan Ximoyachisi” deya nomlanib o‘tkazilgan tadbir sharafli burchni ado etayotgan yosh xarbiylar va ularning yaqinlariga bir olam zavq bag‘ishladi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari xokimliklari, xotin-qizlar qo‘mitalari, "Kamolot” YoIX viloyat kengashlari hamkorligida tashkil etilgan tadbir Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida o‘z yigitlik burchini o‘tayotgan askarlar va ularning ota-onalari ishtirokida video muloqot tarzida o‘tkazildi.
Viloyat xokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasining raisi S. Abdikarimova Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz mudofaa qudratini yanada mustahkamlash, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti, sarxadlarimiz daxlsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan izchil isloxotlar yuksak samara berayotganini ta’kidladi.
Tadbir videomuloqot tarzida tashkil etilgan edi.
- Milliy armiyamiz safida xizmat qilayotganimdan fahrlanaman,- deydi muddatli xarbiy xizmatni o‘tayotgan askar Bobur Anniyozov. -Bugungi tadbir davomida ota-onam menga ishonch bildirib, harbiy xizmatni davom ettirayotganimdan g‘ururlanishayotganini aytganida qalbim cheksiz quvonchga to‘ldi. Xizmatimni a’lo darajada davom ettirishga va’da beraman.
Tadbirda harbiy qismlar komandirlaridan namunali xizmat qilayotgan askarlarning ota-onalariga kelgan tashakkurnomalar o‘qib eshittirildi. Onalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
- O‘g‘lim Nurbek Elomonov Qashqadaryo viloyatida o‘z yigitlik burchini o‘tamoqda, - deydi Bog‘ot tumanidan Tamara Sobirova. - Vatan himoyachilari bayrami arafasida o‘g‘lim bilan videomuloqot orqali ko‘rishdim. Farzandimning namunali xizmati uchun menga berilgan tashakkurnomani eshitib, bexad quvondim.
Tadbirda harbiylar hayotidan olingan videofilm namoyish etildi. San’atkorlar ijrosidagi Vatan, tinchlik va mardlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar barchaga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Sevara Ro‘zmetova.
"Xorazm haqiqati” 2015 yil 13 yanvar № 4 (19246)