Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



BUYUK ELDOSHIMIZGA EHTIROM
22.12.2014

O‘zbek mumtoz adabiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shgan atoqli shoir, mohir tarjimon Muxammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludi kuni munosabati bilan viloyatimiz bo‘ylab “Ogahiyxonlik kunlari” davom etmoqda.

17 dekabr kuni shoir tug‘ilgan Xiva tumanidagi Eski Qiyot qishlog‘i bayramona libosga burkandi. Mahalla, ta’lim muassasalarida Ogahiyning tavalludi kuni munosabati bilan anjumanlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Shu kuni bir guruh taniqli adabiyot, san’at,ilm-fan namoyandalari, keng jamoatchilik vakillari buyuk siymo va uning tog‘asi, ustozi Munis Xorazmiy mangu makon topgan Shayx Mavlonbobo qabristonidagi maqbarasini ziyorat qilishdi. Ularning ruhi poklariga Qur’on tilovat qiliidi. Shundan so‘ng qishloqda shoir nomida barpo etilgan ko‘rkam bog‘ to‘ridagi uy-muzeyni tomosha qilishdi. Bu yerda shoirning qo‘lyozmalari, toshbosmada chop etilgan kitoblari, tanikli mo‘yqalam ustalari tomonidan ishlangan suratlari va shu kabi asori-atiqalar, yangi ma’lumotlar bilan tanishishdi.
Bu yerda o‘tkazilgan adabiy -badiiy tadbirda viloyat hokimligining Axborot xizmati rahbari Sh.Matkarimov viloyatda har yili buyuk shoirning tavalludi kuni munosabati bilan dekabr oyidan boshlab davom etadigan va an’anaga aylangan Ogahiyxonlik kunlari ma’naviyat shodiyonalariga aylanib ketishini faxr bilan tilga oldi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi mas’ul kotibi Gavxar Ibodullaeva, taniqli shoir, dramaturg, adib Komil Avaz, olima Madina Matyoqubova, UrDU o‘qituvchisi,  filologiya  fanlari nomzodi Abdulla O‘rozboevlar Ogahiy va Xorazm adabiy muhiti, shoir asarlarining tarbiyaviy xususiyatlari, Ogahiyning Xorazmda tarixnavislikka qo‘shgan bebaho hissasi, tarjimonlik mahorati, shoir ijodi va hayotiga bag‘ishlab nashr etilgan badiiy va ilmiy kitoblar xususida qimmatli fikr-mulohazalar bildirdilar. Xiva tumani “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, shoir uy-muzeyini barpo etish tashabbuskorlaridan biri Otanazar Pirnazarov Ogahiy bobomiz sharafiga ko‘rsatilayotgan ehtirom uchun Yurtboshimiz, hukumatimizga, viloyat va tuman hokimliklariga minnatdorchilik bildirdi.
Ogahiy haykali poyida taniqli ijodkorlar va yosh she’riyat ixlosmandlari ishtirokida mushoira bo‘ldi. Soz va suhbatlarda shoirning boy adabiy merosi haqida fikr-mulohazalar yuritildi. Viloyat Ogahiy jamg‘armasi tomonidan nashr etilgan “Ogahiy hayoti va ijodi solnomasi” taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat hokimining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha  yordamchisi  Sh.Yaxshiboev ulug‘ bobomiz bebaho ma’navii merosi bugungi avlod vakillarining go‘zal fazilatlar egasi bo‘lib voyaga etishida alohida ahamiyatga ega ekanligi xususida gapirdi.
“Ogahiyxonlik” tadbiri Urganch shahridagi shoir nomiga qo‘yilgan muhtasham Ogahiy  nomli teatrda davom etdi. Bu yerda Ogahiy ijodiga mansub bahri-bayt aytishuvlari, g‘azallari asosida ijro qilingan qo‘shiqlari baralla jaranglab, barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbirda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xo‘janiyozova qatnashdi va so‘zga chiqdi.
“Ogahiyxonlik kunlari” viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda.


 “Xorazm xaqiqati” 2014 yil 20 dekabr № 101 (19135)