Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



BUYUK IPAK YO‘LIDAGI JAVOHIR
31.10.2013

Yaqinda "Ipak yo‘lidagi turizm" o‘n to‘qqizinchi Toshkent xalqaro sayyoqlik yarmarkasi zo‘r muvaffaqiyat bilan o‘tkazildi. "O‘zbekturizm" milliy kompaniyasi va "Buyuk Ipak yo‘li" reklama agentligi tomonidan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti ko‘magida tashkil etilgan mazkur nufuzli tadbirda mamlakatimizning turizm salohiyati keng namoyish qilindi. Jahon tsivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo‘lgan yurtimiz dunyo sayyohlari e‘tiborini yildan-yilga ko‘proq jalb etmokda. Bu, Prezidentimiz rahnamoligida turizmni rivojlantirish, xususan, uning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan mehmonxona industriyasi, transport-kommunikatsiya tizimi, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini zamon talablari darajasida takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasidir. — Xorazm vohasi ham o‘zining ko‘p asrlik tarixi, bebaho madaniy merosi bilan jahonga ma‘lumu mashhur, — deydi "O‘zbekturizm" Milliy kompaniyasi Xorazm viloyati mintaqaviy bo‘limi rahbari Odilbek Rahimov. — Bugungi kunda viloyatda sayyohlikni, ayniqsa, ichki turizmni rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmokda. Bunda Prezidentimizning shu yil 20 martdagi "2013 — 2015 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida"gi qarori muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir. Ushbu hujjatlarda soha infratuzilmasini yanada yaxshilash, milliy turistik xizmatlarni ichki va xalqaro sayyohlik bozorlariga taklif etish, sayyohlik ob‘ektlarini ta‘mirlash, obodonlashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash kabi o‘ta muhim vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan. Viloyatda turizmni rivojlantirish dasturiga asosan, 2013 — 2015 yillarda jami 173,5 milliard so‘mlik 192 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Dastur doirasida 27 ta mehmonxona yangidan kuriladi, 3 ta bino mehmonxonaga aylantiriladi. Natijada mehmonxonalar soni 57 taga yetadi. Belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilishi bilan 20 dan ortiq yangi turdagi turistik xizmatlar tashkil qilinadi. Bularning barchasi xorijlik sayyohlar sonini hozirgiga nisbatan 1,7, turistik xizmatlar hajmini 4,9, turistik xizmatlar eksportini esa 3,8 barobarga oshirish imkonini beradi. Bugungi kunda Xorazmda 38 ta sayyohlik tashkiloti, 9 ta turoperator faoliyat olib bormoqda. Yurtimizdagi va xorijdagi 20 dan ziyod sayyohlik tashkilotlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Vohadagi sayyohlik tashkilotlari an‘anaviy "Ipak yo‘lidagi turizm" Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasida doimo faol qatnashib, Xorazmning turistik salohiyatini keng namoyish etmokdalar. Viloyatning qadimiy obidalari, madaniy yodgorliklari, betakror tabiatini targ‘ib qilishda, sayyohlar Hozirgi kunda viloyatda 255 tadan ortiq sayyohlik ob‘ektlari mavjud bo‘lib, ularning yuzga yaqini sayyohlik yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan. Deyarli ming yillik tarixni o‘zida jamlagan Ichan qal‘a, tobora obod bo‘lib borayotgan Urganch shahridagi zamonaviy ob‘ektlar sayyohlarda katta taassurot qoldirayapti. Sayyohlik tashkilotlari va mehmonxonalarning internet saytlarida Xorazmdagi qadamjolar, qadimiy obidalar, uning tabiati va mehmonxona xizmati haqida xorijiy tillarda ma‘lumotlar joylashtirilgan. Masalan, viloyatning bu boradagi imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish maqsadida www.visitxorezm.uz sayti yaratilgan. Sayyohlarga yangi sayyohlik yo‘nalishlari takdim qilish maqsadida hozir tarixchi va arxeolog olimlar bilan hamkorlikda "Antik Xorazm" sayyohpik yo‘nalishi ishlab chiqildi. Bu yo‘nalish viloyatdagi Hazorasp qal‘asi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli hamda Ellikqal‘a tumanlaridagi o‘nlab qadimiy qal‘a yodgorliklarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Xiva tumanidagi qadimiy "Bog‘ishamol" yozgi bog‘ida mehmonlar tashrif buyurishi uchun mo‘ljallangan maskan yaratildi. Mazkur tumandagi "Chodira bog‘", "Xiva qorako‘l" fermer xo‘jaliklari, Eshonravot ko‘li, Bog‘ot tumanidagi Qal‘ajiq qalьa, Urganch tumanidagi "Ulli havli" obьektlarida sayyohlik yo‘nalishlari tashkil etish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rilmokda. Yangibozor, Bog‘ot, Shovot, Urganch tumanlarida, Amudaryo bo‘ylarida ekoturizm rivojlantirilayapti.

 Oybek RAHIMOV, “Xalq so‘zi” muxbiri.
“Xalq so‘zi”, 30 oqtyabr. 2013 yil № 212 (5886)