Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Byudjet ijrosida innovatsiya
24.03.2018

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013 yil 14 avgustdagi 112-sonli buyrug‘iga asosan 2014 yil 1 yanvardan boshlab barcha byudjet tashkilotlari hisobini hamda xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari hisobini to‘liq “UzASBO” (Byudjet tashkilotlari uchun mo‘ljallangan) dasturiy majmuasi orqali yuritilishi belgilangan. 

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2017 yil 

26 dekabrdagi 182-sonli “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning  davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash” xaqidagi buyrug‘i ilovasining  III bo‘lim. Moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash hamdataqdim etish tartibiga  muvofiq “UzASBO” dasturiy majmuasiga ulangan byudjet tashkilotlari moliyaviy hisobotlarni elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda tegishli moliya organlari yoki byudjet mablag‘larini taqsimlovchiga taqdim qiladilar deb belgilangan.

Dasturiy majmua orqali elektron shaklda topshirilgan moliyaviy hisobotlar bir nusxada qog‘ozga chop etilib, hisobot beruchi tashkilotning rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi.

Bunda ushbu imzolangan moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi tashkilotda belgilangan tartibda saqlanadi.

Byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati jamlanma moliyaviy hisobotlarni dasturiy majmua orqali vakolatli xodimlari tomonidan elektron raqamli  imzodan foydalangan holda elektron shaklda tegishli moliya organlariga taqdim etadilar.

Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati jamlanma moliyaviy hisobotlar u tashkil etilgan tashkilot rahbari hamda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi va tashkilotda belgilangan tartibda saqlanadi.

Byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari asosida choraklik va yillik jamlanma moliyaviy hisobotlarni tuzib, O‘zbekiston Respublikasi  Moliya vazirligiga taqdim etadilar.

Byudjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan choraklik  moliyaviy hisobotlar  tarkibiga  quyidagilar kiradi:

Balans(1-son shakl); 

             Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl) ;

      Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumot ;

             Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lariharakati to‘g‘risidagi hisobot;

              Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot;

               Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot;

         Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot;

   Byudjet tashkilotini chet el valyutalari pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot;



Xorazm viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi

Buxgalteriya hisobi va hi soboti sektori rahbari                                  D.Sabirov