Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



CHORAK ASR ODIMLARI: XORAZM
29.11.2016

 

CHORAK ASR ODIMLARI: XORAZM

 

Viloyat aholisi bir million 800 kishiga yaqin. Bu respublika aholisining 5,5 foizini tashkil etadi. Hududi 6,1 ming gektar.

Mustaqil o‘zbek davlatchiligini qayta tiklash, mustaqilligimizni mustahkamlash, yurtimiz salohiyatini oshirish, yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Xorazm viloyati 2003 yilda Vatanimizning yuksak mukofoti – Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan taqdirlangan.

Istiqlol yillarida Xiva shahrining 2700, Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800, Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Xorazm Ma’mun akademiyasi qayta tiklandi.

Xorazm insoniyat tsivilizatsiyasiga katta hissa qo‘shgan qadimiy diyorlardan biri. Eramizdan avvalgi VIII-VII asrlardayoq Xorazmda kuchli markazlashgan davlat va rivojlangan sug‘orish tarmoqlari mavjud bo‘lgan. Tarixchilar otasi Heredotning "Tarix” asarida ham Xorazm tilga olinadi. Eramizdan avvalgi VI asrda o‘rnatilgan Behustun yodgorligida qadim xorazmliklar tasvirlangan.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov, "O‘zbek davlatchiligining tamal toshlari bundan 2700 yil muqaddam aynan Xorazmda qo‘yilgan”, deya ta’kidlagan edi.

Mutaxassislarning fikricha muqaddas bitik - zardushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto” ham shu zaminda yaratilgan. Ushbu noyob bitikda Xorazm "Xvarrizam” - "Quyoshli o‘lka” deb qayd etilgan. Uning "Yasht” qismida Xorazm "Ming irmoqli daryo”, "Ko‘llar va o‘tloqlarga boy o‘lka” sifatida madh etiladi.

Bu zaminda jahonga mashhur Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, az-Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud, Abulg‘ozi Bahodirxon, Munis, Ogahiy, Feruz, Bayoniy va Komil Xorazmiy kabi buyuk zotlar dunyoga kelgan.

Zamonaviy Xorazm iqtisodiy jihatdan respublikada o‘ziga xos o‘ringa ega. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy, ma’naviy – ma’rifiy islohotlar bois yangi – yangi ishlab chiqarish quvvatlari, madaniy-ma’rifiy, sport inshoatlari barpo etilmoqda. Shahar va tuman markazlari, qishloq va mahallalar gullarga burkanib, zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Aholi daromadlari, turmush farovonligi oshmoqda.

Ayniqsa O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil oktyabr oyida Xorazm viloyatiga tashrifidan so‘ng qabul qilingan qator qaror va davlat dasturlari ijrosi viloyatning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini yanada tezlashtirishda muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qarori agrar yo‘nalishda bo‘lgan viloyat xalq xo‘jaligidagi sanoat ulushini oshirish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, turmush faravonligi darajasini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu muhim hujjat qabul qilinganidan keyin o‘tgan davrda 300 mln. dollardan ortiq investitsiya mablag‘lari hisobiga yangidan to‘rt yuz o‘ttizdan ziyod ishlab chiqarish quvvatlari bunyod etildi.

Shu yo‘nalishdagi eng katta loyihalardan biri "JM O‘zbekiston” qo‘shma korxonasining Xorazm viloyat filiali tashkil etilganligi bo‘ldi. Pitnak shahridagi bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonlari qisqa vaqtda rekonstruktsiya qilinib, eng zamonaviy ishlab chiqarish majmuasiga aylantirildi. Natijada bugun viloyatning eng chekka tumanida "Damas”, "Orlando” va "Labo” kabi engil avtomashinalar ishlab chiqarilmoqda. Bu tadbirning yana bir muhim jihati ushbu korxona ish boshlagach avtomobillarning ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish dasturi asosida vohada avtomobil ehtiyot qismlari tayyorlashga ixtisoslashgan qator kichik ishlab chiqarish quvvatlari faoliyat ko‘rsata boshladi.

Shuningdek, viloyatda an’anaviy etakchi bo‘lgan engil sanoat sohasida ham ulkan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Shovot, Bog‘ot, Xazorasp va Yangibozor tumanlarida yangi to‘qimachilik majmualari ish boshladi.

Yaqinda yana bir korxona "Katqal’a teks”da eng zamonaviy paypoq to‘qish dastgohlari o‘rnatililib, bu erda yiliga 70 million juft mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘rilayotgan tadbirlar bois 2016 yil yakuni bilan viloyatda ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 62 foizi yoki 54 ming tonnadan ziyodi o‘zimizda qayta ishlanadi.

Iqtisodiyotimiz taraqqiyotini ta’minlash, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyalar, zamonaviy ishlanmalarni tadbiq etishda qo‘shma korxonalarning alohida roli bor. Bugun viloyatda 34 ta qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 15 tasi yoki qariyb yarmi oxirgi 5yil mobaynida ilgari qo‘shma korxonalar mavjud bo‘lmagan tumanlarda tashkil etildi. Bu barcha hududlarning bir xil iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashi bilan birga yangi ish o‘rinlari yaratib, eng chekka hududlarda yashayotgan yurtdoshlarimizni ham ijtimoiy jihatdan puxta himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xitoylik hamkorlar bilan Urganch shahrida zamonaviy gidravlik ekskavatorlar, yo‘l qurilishi buldozerlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "UzXMJ” qo‘shma korxonasi ishga tushirilishi bu sohadagi salmoqli loyihalardan biri bo‘ldi. Bu erda 200 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi. KorxonaningMarkaziy Osiyoda yagona ekanligini ham alohida ta’kidlash zarur.

Mototsikl va mopedlar ishlab chiqaruvchi "Qo‘shko‘pir texno servis”, maishiy sovutkich va muzlatkich kabi xaridorgir tovarlar etkazib berayotgan "Yangiariq import servis” korxonalarida voha uchun yangi bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Natijada viloyat iqtisodiyotida sanoat ulushi izchillik bilan oshmoqda. Oxirgi besh yilda bu ko‘rsatkich 7,9 foizdan 15,2 foizgacha yoki qaryib 2 barobarga o‘sdi.

Viloyatda eksport salohiyati oxirgi besh yilda 7,5 barobar ko‘paygani ham e’tiborga molikdir.

Iqtisodiyotda kichik va xususiy tadbirkorlikning rolini oshirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan bir deb e’lon qilingan edi.

O‘tgan davrda sohaning mustahkam huquqiy bazasi yaratildi. Aniq – puxta ishlab chiqilgan iqtisodiy siyosat, qulay investitsion sharoit, ishbilarmonlar uchun yaratilgan qator imtiyozlar soha taraqqiyotini ta’minlamoqda. Tashabbuskor kishilar mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy jarayonlarning tobora faol ishtirokchisiga aylanmoqdalar.

Bugun viloyatda 11 mingga yaqin kichik biznes sub’ektlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 5,3 mingtadan oshigi keyingi besh yilda tashkil etilgan.

Yalpi hududiy mahsulotda kichik va xususiy tadbirkorlik ulushi 74,1 foizga, hududiy eksportda 42 foizga va aholining mehnat bilan bandligida 82,5 foizga etganligi yurtimizda tadbirkor, tashabbuskor kishilarga yaratib berilgan qulay sharoitlarning natijasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi "Tadbirkorlik faoliyatining yanada rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bu yo‘nalishdagi ishlarimizni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Xorazm azaldan usta dehqonlar, mirishkorlaryurti. Qishloqdagi islohotlar bois vohada fermerlik keng quloch yoydi. Tuproq unumdorligini oshirish, melioratsiya va irrigatsiya tizimlarini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Er va suv resurslaridan samarali foydalanish, ko‘p tarmoqli fermerlikni rivojlantirish, tumanlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ularda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, muqobil yoqilg‘i asosida issiqxonalar tashkil etish kabi yo‘nalishlardagi loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda.

2011-2015 yillarda 123,5 ming gektar sug‘oriladigan erlarning meliorativ holati yaxshilandi. 8,5 ming gektar erni suv bilan ta’minlaydigan irrigatsiya kanallari va nasos stantsiyalari rekonstruktsiya qilindi.

Natijada undirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi yildan-yilga ortmoqda: 1991 yilga nisbatan don etishtirish 3,8 barobarga, sabzavot 3,9; meva 5,8; uzum 3,8; kartoshka 7,7 barobarga o‘sganligi fikrimiz isbotidir.

Bu yil ham har yilgidek viloyatimiz dehqon fermerlari qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l hosil etishtirdilar. Pilla, g‘alla va paxta xom ashyosi etishtirish bo‘yicha imzolangan kontraktatsiya shartnomalari muvavaffaqiyatli ado etildi. Shuningdek, kartoshka, meva-sabzavot va poliz ekinlaridan 1 million 131 ming tonnadan ortiq yoki 2011 yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p hosil olindi.

Oxirgi besh yilda aholi daromadlari 2 barobardan ko‘proq o‘sdi.

Viloyat iqtisodiyotidagi ijobiy o‘zgarishlar mahalla, qishloq va tumanlar, shaharlarimizda qurilish va obodonlashtirish ishlarini olib borish, yangi – yangi inshootlar, madaniy va maishiy ob’ektlar bunyod etish imkoniyatini yaratmoqda.

O‘zbekiston Resmublikasi Prezidentining "Xorazm viloyatining obodonchilik va aholi suv ta’minotini tubdan yaxshilash, Urganch shaharining Bosh rejasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori shu yo‘nalishdagi ishlarimizni yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Qabul qilingan Dastur doirasida o‘tgan yillar davomida 1 trln. 300 mlrd.so‘mlik qurilish - montaj ishlari amalga oshirildi. Shahar va tuman markazlari, qishloq va mahallarimiz kun sayin emas, soat sayin o‘zgarmoqda.

Kechayotgan yangilanishlar viloyatimiz markazi misolida, ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi. Yuqorida eslatilgan tarixiy qaror e’lon qilinganidan keyin o‘z umrini yashab bo‘lgan turar joy, bino va inshootlar, butun boshli massivlar buzib olindi. Ularning o‘rnida yangidan qad rostlagan ob’ektlar bugun xorazmliklarning faxriga aylandi, desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xorazmning ramziy darbozalari "Urganch” xalqaro aeroporti va Temir yo‘l vokzalini bog‘lab turgan Al – Xorazmiy ko‘chasidan yurilsa viloyatdagi qurilish va obodonlashtirish ishlarining ko‘lami, sifati va darajasi haqida to‘la tasavvur hosil qilish mumkin.

Birgina ushbu shohko‘chada 12 ta 4 qavatli, har biri 32 xonadondan iborat, birinchi qavatida savdo va maishiy ko‘rsatish shaxobchalari joylashgan turar joy binolari, 4 ta 3 qavatli savdo va maishiy xizmat ob’ektlari bunyod etildi. TATUning Urganch filialining yangi binosi, 160 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar yotoqxonasi, yosh mutaxassislar uchun 32 qvartirali turar joy qurildi. "Aloqa bank” binosi qad rostladi. Har biri 32 o‘rinli bo‘lgan uchta mehmonxona, o‘ttizga yaqin ko‘p qavatli tadbirkorlik ob’ektlari shahar ko‘rkiga ko‘rk bo‘lib qo‘shildi.

Bulardan tashqari shaharda 15 ta namunaviy ko‘chalar barpo etildi. 56 ta zamonaviy 4 va 5 qavatli turar-joy binolari hamda 100 dan ortiq 2 qavatli kottedjlar qurildi.

"Turizm va mehmonxona xizmati” kasb-hunar kolleji va Urganch shahridagi 2-son bolalar musiqa va san’at maktablari, nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyoda ham noyob hisoblangan "Yoshlik sport majmuasi” bunyod etildi.

Shahar infratuzilmasini yanada taraqqiy ettirish, me’moriy qiyofasini takomillashtirish bo‘yicha ishlar bundan keyin ham davom etadi.

Qishloqlar qiyofasini tubdan o‘zgartirish, ularni obodonlashtirish, odamlarning yashash sharoitini yaxshilash, ayniqsa qishloq aholisi uchun shahardagidan qolishmaydigan, namunaviy loyihalardagi qulay uy-joylar qurish bo‘yicha katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. 2009-2016 yillarda viloyatning 158 ta qishloq massivida ana shunday uylardan 5171 tasi, Urganch shahri va tumanlarda yosh oilalar uchun 288 ta xonadondan iborat 6 ta "Kamolot” uyi qurildi.

Xorazm "Buyuk ipak yo‘li”da joylashgan ming yillik tarix, boy – madaniy merosga ega qadimiy o‘lka. Viloyatda 18 ta arxeologiya, 134 ta arxitektura, 66 ta haykaltaroshlik san’ati yodgorliklari, 40 qa yaqin diqqatga sazovor va muqaddas joylar mavjud.

Xivaning Ichon qal’a va Deshon qal’asi, Qal’ajik, Hazorasp qal’alari, Yangiariq tumanidagi Olma otishgan, Shovot tumanidagi Yusuf Hamadonoy kabi obidalar dunyoning turli burchaklaridan kelgan sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda. Sayyohlik viloyat iqtisodiyotida tobora ko‘proq o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda. Shu sababdan ichki va tashqi turizmni rivojlantirish asosiy maqsadlarimizdan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risidagi qarori bu boradagi ishlarimizni yangi darajaga olib chiqdi. Ushbu Davlat dasturi doirasida bugungacha yuzdan ortiq sayyoohlikka doir loyiha amalga oshirildi.

Yigirmadan oshiq madaniy meros ob’ektlarida qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. "Ichan qala”, Deshon qal’a”, "Qalajik qal’a” devorlarida, "Muzxona” yodgorligi, "To‘rt shavvoz” majmuasi va "Bog‘i shamol”, Ollaqulixonning yozgi dala hovlisida katta hajmdagi rekonstruktsiya tiklash tadbirlari amalga oshirildi.

Yangi sayyohlik yo‘nalishlari va xizmatlari joriy etildi. Urganch shahrida Shovot kanali bo‘yida, Xiva tumanida "Chodra bog‘”, "Xiva qorako‘l” fermer xo‘jaligida, "Eshon Ravot” ko‘lida, Bog‘ot tumanida "Qalajiq qal’a”, Urganch tumanidagi "Ulli hovli” ob’ektlarida zamonaviy sayyohlik infratuzilmalari yaratildi.

Bu yo‘nalishdagi ellikka yaqin loyihalar ustida ishlar davom qilmoqda.

Viloyatda ijtimoiy sohani qo‘llab – quvvatlash, ularning moddiy texnik bazasini yaxshilash ishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

So‘ngi besh yilda oltmishga yaqin tibbiyot muassasalarida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bu tadbirlar tufayli viloyat ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi, viloyat onkologiya va endokrinologiya dispanserlari, viloyat bolalar ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm viloyati filiali, Bog‘ot, Xonqa, Xiva, Gurlan va Yangibozor tumanlari tibbiyot birlashmalari zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldilar. Eng asosiysi aholiga tez va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari yaratildi.

Xalq ta’limi tizimida istiqlol yillarida 7 ta maktab yangidan qurildi, 185 tasi qayta rekonstruktsiya qilindi. 295 maktab mukammal ta’mirlandi. Mavjud umumta’lim maktablarining barchasi zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta’minlandi, kompyuter sinflari tashkil etildi.

Mustaqillik yillarida 16 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 12 ta "Barkamol avlod” bolalar markazi barpo etildi. 152 ta maktabda yangidan sport zallari qurildi. Bolalar va o‘smirlar sport maktablari, umumta’lim muassasalari zamonaviy sport jihozlari bilan to‘liq ta’minlandi.

Vazirlar Mahkamasining "2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining qabul qilinishi mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning uzviy davomidir. Joylarda tashkil etilayotgan markazlar aholining madaniy – ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish, bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishni ta’minlaydi.

Bugungacha Xorazmdagi 126 ta madaniyat uyi 65 ta zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlariga aylantirildi. Ularni 2018 yilgacha bosqichma – bosqich ta’mirlash, kapital rekonstruktsiya qilish, asbob – uskuna va jihozlar bilan ta’minlash rejalari ishlab chiqilgan.

Aholining kommunal xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘la qondirish, eldoshlarimizga munosib turmush sharoitlarini yaratib berish ishiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘tgan 5 yil mobaynida Tuyamo‘yin suv ombori xududida joylashgan Kaparas nasos stantsiyasi mukammal ta’mirlandi. Pitnak shahridagi "Tozalash inshooti”, Urganch shahriga ichimlik suv etkazib beruvchi "Urganch shahar suv taqsimlash inshoatidagi” nasos stantsiyalari kapital remont qilindi.

Shuningdek, Urganch shahrida yangi suv tozalash inshooti qurilib, ishga tushirildi.

Bundan tashqari, Qo‘shko‘pir, Xiva va Yangiariq tumanlarida 113 kilometr ichimlik suv tarmoqlari yotqizildi. Natijada ushbu chekka huddudlarda istiqomat qiluvchi aholining ichimlik suv bilan ta’minlanishi yaxshilandi.

Umuman 2011-2015 yillarda Xorazm viloyatida 815 kilometr suv tarmoqlari qurildi.

Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 70,1 foizdan 73,7 foizga etkazildi.

Aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani elektr bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida o‘tgan 5 yil mobaynida viloyat shahar va tumanlarida 129 kilometr elektr tarmoqlari tortildi, 77 ta transformator punkti yangidan qurildi.

Bu sohadagi yana bir loyiha - "Taxiatosh” issiqlik elektr stantsiyasidan Xorazmning Sarimoy aholi punktigacha bo‘lgan masofaga 220 kVt kuchlanishli Havo liniyasi qurish loyihasidir. U amalga oshirilsa Xorazm viloyati aholisi, ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy ob’ektlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash kafolati yanada oshadi.

Aholini turmush farovonligini oshirishga qaratilgan yana bir loyiha "Gazli-Nukus” va "Buxoro-Ural” magistral gaz quvurlarini viloyat hududida xalqa tashkil qilish uchun birlashtirishdir. Buning uchun diametri 1020 mm. bo‘lgan ikki quvur Amudaryo ostidan gorizontal qiyali burg‘ulash usuli o‘tkazilib yangidan quriladigan "Urganch-2” gaz taqsimlash shahobchasiga ulanadi. Yangidan tashlanadigan quvurlarning uzunligi 74 kilometrni tashkil etadi. Umumiy qiymati 120 mlrd. so‘m bo‘lgan ushbu ob’ekt 2017 yilda foydalanishga topshiriladi.

Yangidan qurilayotgan "Navoi-Kanimex-Misken” temir yo‘li viloyat aholi uchun yana bir qulaylik yaratadi. Ikki bosqichda amalga oshiriladigan loyiha o‘z yakuniga etgach Urganchdan Toshkentga yoki Toshkentdan Urganchga tomon yo‘lga chiqqan yo‘lovchi o‘z manziligi 5 soatda etib keladi. Bundan tashqari ushbu yo‘lning qurilishi yo‘l xalq xo‘jaligi taraqqiyotini yangi bosqvichga olib chiqadi. To‘rt yuz kilometrga yaqin yo‘lda ayni kunlarda birinchi bosqich ishlari olib borilmoqda. Ikkinchi bosqichda yo‘lning elektrlashtirilishi rejalashtirilgan.

Ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, er unumdorligini oshirishni ta’minlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining "Islom taraqqiyot banki ishtirokida Xorazm viloyatida "Toshsaqa” tizimi magistral sug‘orish kanallarini qayta tiklash loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori asosida davom etadi.

Amalga oshiriladigan tadbirlar tufayli magistral kanallarning ishlashi yaxshilanadi va ulardan foydalanish xarajatlari kamaytirilib, elektr nasoslari bilan sug‘oriladigan maydonlar oqar suv ta’minotiga o‘tkaziladi. 30 ming 500 gektar ekin maydonlarida sizot suvlari sathi pasayadi.

Biz uzoq kelajakni ko‘zlab "Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqqanmiz. Unda viloyat xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi rivojlantirish strategiyasi aniq belgilab olingan.

Bundan tashqari kelgusi yildan e’tiboran viloyatning yaqin besh yillik taraqqiyotini ta’minlaydigan dasturlar ijrosiga kirishamiz.

Unga ko‘ra 2017-2021 yillar davomida sohalar bo‘yicha umumiy qiymati 5 trillion 385 mlrd. so‘m bo‘lgan 13mingga yaqin investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Shu asnoda 23mingdan ziyod yangi ish o‘rinlarini tashkil etiladi.

Qishloq massivlarida 2017 yilda 1072 ta namunaviy uy-joy qurish va keyingi yillarda ham buni davom ettirish rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga kelgusi 5 yilda kam ta’minlangan aholi qatlamini va yosh oilalarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida Urganch shahri va tumanlar markazlarida zamonaviy loyihalar asosida qiymati 363,6 mlrd. so‘mlik 1472 ta xonadondan iborat 46 ta ko‘p qavatli "Kamolot uylari” qurilishi bo‘yicha ishlar olib boriladi.

Shu va shunga o‘xshagan loyihalarning ro‘yobga chiqarilishi, albatta, yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi. Shuning uchun ushbu puxta o‘ylangan ijtimoiy – iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shish har bir yurtdoshimiz oldida turgan chin vatanparvarlik vazifasidir.

Viloyat hokimligining Axborot tahlil xizmati