Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



DASTUR IJROSI TA’MINLANMOQDA
25.01.2014

DASTUR IJROSI TA’MINLANMOQDA
Viloyatimiz o‘zining qadimiy va boy madaniyati, go‘zal va betakror obidaliri, noyob osori-atiqalari bilan dunyo sayyohlarini hamisha o‘ziga rom etib keladi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda zamonaviy
sayyohlik infratuzilmasini rivojlaitirish, tarixiy obidalar, muqaddas
qadamjolarni tiklash va ta’mirlash, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada
yaxshilashga yo‘naltirilgan keng qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning "2013-2015 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida"gi Qaroriga asosan vohada 204 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 2013 yilda 100 dan ortiq ana shunday loyihalarni amalga oshirish uchun 61,4 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.
Hozirgi kunda viloyatda 27 mehmonxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Dasturda ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosiga ko‘ra, 2015 yilda viloyatdagi mehmonxonalar soni 57 taga etishi rejalashtirilgan.



"Obod turmush yili"da viloyat qo‘g‘irchoq teatri, Nurullaboy, Bog‘i shamol majmualari, O‘lkashunoslik muzeyi, Otajon To‘ra madrasasi, Chodra hovli, Muzxona kabi o‘nga yaqin madaniy meros ob’ektlari ta’mirlandi. Mahalliy tadbirkorlar tomonidan foydalanilmayotgan binolar negizida 200 o‘rinli mehmonxona tashkil etish ishlari davom etayotir.
- Xiva, Bog‘ot va Urganch tumanlarida sayyohlarga yangi yo‘nalishlar taqdim etish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar diqqatga sazovor, - deydi "Uzbekturizm" milliy kompaniyasi Xorazm viloyati bo‘limi boshqaruvchisi Odilbek Rahimov. - Xususan, Xiva tumanidagi Bog‘i shamol, Eshon Ravot ob’ektlarida qurilish ishlari yakunlandi. Qalajiq qal’a, Xiva-qorako‘l va Ulli hovli hududlaridagi ishlar nihoyasiga etkazilmoqda. Ayni paytda viloyatdagi barcha madaniy meros ob’ektlarining yagona reestri yaratilib, ob’ektlarning joriy holati aks ettirilgan pasportlar tuzildi. Ma’mun akademiyasi bilan hamkorlikda har bir ob’ektning madaniy-tarixiy ahamiyati bo‘yicha axborot-ma’lumot bazasi shakllantirildi.
Dam olish industriyasini rivojlantirish borasida Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrining eng qiziqarli spektakllari tanlab olinib, sayyohlar e’tiboriga havola etilmoqda.
- 2013 yilning 5 aprelidan boshlab "Doston-folklor", "Xiva-folklor" etnografik xalq ansambllari va "Sayqal" oilaviy folklor ansamblidan iborat badiiy jamoalar Olloqulixon madrasasida xorijiy sayyohlarga kontsert dasturlarini namoyish qilmoqda, - deydi viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i Shokir Madaminov. - Ichon-qal’a obidasida "Tohir va Zuhra", "Nasriddinning sarguzashtlari", "Alisher Navoiy", "O‘tgan kunlar" kabi o‘zbek milliy kino durdonalari ingliz tilida namoyish etilayotir. Ayniqsa, Toshhovli majmuasida Ogaxiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri bilan viloyat qo‘g‘irchoq teatri hamkorlikda yaratgan teatrlashtirilgan tomoshalar sayyohlarda katta taassurot qoldirmoqda.
2013 yilning iyun oyida Ichon-qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida "Xorazm madaniyati" festivali tashkil etildi. Unda "O‘zbekturizm" milliy kompaniyasi va "Buyuk ipak yo‘li" reklama agentligi tashabbusi bilan birinchi marta "Uzbekiston Tgavel Wogkshor-2013"   turistik  yarmarkasi  hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan baxshi shoirlar, oqinlar va xalfalarning respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Festivalda 300 dan ziyod xorijlik sayyohlar ishtirok etdi.
- Xorazmda turli suvenirlar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat mavjud, - deydi Germaniyaning GIZ xalqaro hamkorlik tashkiloti vakili Xannelore Benson. - Asrlar davomida sayqallanib kelayotgan milliy hunarmandchilik namunalari sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Tashkilotimiz "Xorazm gilamlari" katalogini chop etishda faol ishtirok etayotir.
Vohaning sayyohlik brendi ramzi tushirilgan liboslar xorijliklar tomonidan qiziqish bilan xarid qilinmoqda. 2013 yilning sentyabr oyida Frantsiyada o‘tkazilgan TORREZA sayyohlik yarmarkasida va Toshkent xalqaro XIX turistik yarmarkasida viloyatning sayyohlik tashkilotlari birinchi bor viloyat brendi ostida ishtirok etdi.
Frantsiyada o‘tkaziladigan TORREZA sayyohlik yarmarkasida viloyat sayyohlik kompaniyalari bilan xorijlik hamkorlar o‘rtasida 50 dan ortiq shartnoma imzolandi. Hududning sayyohlik salohiyatini targ‘ib etish uchun xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari va tur-operatorlar uchun "Mego-info-tur"lar tashkil etildi.
Ichon-qal’a majmuasi va Urganch xalqaro aeroportida sayyohlik axborot ofislarining muntazam faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Turizm rivojida soha mutaxassislarining malakasi muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida "O‘zbekturizm" milliy kompaniyasi qoshidagi o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish markazining viloyat filiali tashkil etilib, 2013 yilda 20 nafar yigit-qiz gid, tarjimonlik kurslarida o‘qitildi va ularga maxsus sertifikatlar berildi.
Bir so‘z bilan aytganda, ayni kunda viloyatimizda sayyohlikni har tomonlama rivojlantirish uchun istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.

A.ShOKIROV.
“Xorazm xaqiqati”,  2014 yil 18 yanvar № 6 (19040)