Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Davlat rahbari Xorazmga keldi
15.10.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev amalga oshirilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga keldi.

Ta’kidlash lozim-ki, davlatimiz rahbari yil boshida viloyatga qilgan tashriflari davomida Xorazmni har tomonlama taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan qator taklif va tashabbuslarni o‘rtaga tashlagan edi. Ularni amalga oshirish borasida maxsus dasturlar ishlab chiqilib, bugun loyihalar hayotga jadal tadbiq qilinmoqda. Yangilanishlar jarayonida barcha xorazmliklar faol ishtirok etmoqdalar. Islohotlar birinchi galda xalqimizning tumush farovonligini oshirish, ularning kundalik ehtiyojlarini qondirishga qaratilganligi, mohiyatan "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilish kerak”, degan tamoyilga asoslanganligi bilan qimmatlidir. "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari har bir eldoshimizning kundalik hayotida o‘z aksini topapyotganligi eldoshlarimizni kechayotgan jarayonlarda yanada faolroq ishtirok etishga undamoqda.

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev bu safar Xorazmda amalga oshirilayotgan yangilanishlar bilan tanishuvini Urganch xalqaro aeroportidan boshladi. Keyingi yillarda viloyatning ramziy darbozasi bo‘lgan havo portida juda katta hajmdagi qayta qurish va rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi. Jumladan, havo protida sig‘imi 300 kishiga mo‘ljallangan kutib olish va kuzatish terminallari ishga tushirildi. Davlatimiz rahbari bu erdagi ishlarni bundan kengroq ko‘lamda amalga oshirish borasida topshiriq bergan edilar. Prezidentimiz ko‘rsatmalari asosida bu erdagi ishlar jadal davom ettirilmoqda. Xalqaro aeroport endi eng zamonaviy havo laynerlaring barcha tiplarini qabul qilishga moslashtirilmoqda. Shundan keyin Urganch xalqaro aeroporti eng nufuzli mehmonlarni kutib olish, dunyoning istagan burchagidan kelgan sayyohlarga eng yuqori talablarga mos ravishda xizmat qilish imkoniyatlariga ega bo‘ladi.

Shundan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Urganch shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, viloyat sayyohlik salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha Xiva shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. Urganch – Xiva temr yo‘li, Xivadagi zamonaviy temir yo‘l vokzali, chet ellik investorlar ishtirokida qad rostlaydigan zamonaviy mehmonxonalar... bularning bari O‘zbekiston, jumladan Xorazmning sayyohlik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari bu ob’ektlar bilan tanishar ekan loyihalarni yanada mukammalashtirish bo‘yicha aniq takliflar berdi.

Sharq xalqlarining ulug‘ allomalaridan biri, Pahlavon Mahmud mangu orom topgan go‘sha ziyorat qilindi. Ulug‘ ajdodimizning ruhi poklariga qur’on tilovot qilindi.

Xivaning eng e’tiborga molik me’moriy ob’ektlaridan biri Nurulloboy majmuasida amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruktsiya ishlari bilan tanishildi. Davlatimiz rahbari bu erda amalga oshirilayotgan ishlar sifatiga alohida e’tibor berish zarurligini alohida qayd etdi. Bu maskanni chet ellik sayyohlar uchun qiziqarli manzillardan biriga aylantirish borasidagi o‘zlarining yangi takliflarini o‘rtaga tashladi.

Xorazmlik dehqon – fermerlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Prezident Sh.M. Mirziyoyev xorazmlik paxtakorlarni mamlakatda birinchi bo‘lib paxta tayyorlash bo‘yicha shartnomaviy rejalarini oshirib bajarganliklari munosabati bilan qizg‘in tabriklab, ularning samarali mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shu kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taklifiga binoan I.Sabirov Xorazm viloyati hokimi etib saylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

Shuhrat Matkarimov,

Viloyat hokimligining matbuot kotibi