Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi
16.10.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifining ikkinchi , 15 oktyabr kuni Xorazm viloyati musiqali drama teatrida amalga oshirilayotgan rekonstruktsiya ishlari bilan tanishdi.

Ta’kishlash lozim-ki, Prezidentimiz tomonidan 2017 yilning 31 may kunida imzolangan "Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq respublikamizda teatr sohasining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, teatrlarda mehnat qilayotgan texnik va ijodiy xodimlarning ijodiy va maishiy sharoitlarini yaxshilash borasida izchil tadbirlar amalga oshirilomoqda. Xorazm viloyati musiqali drama teatri ham. ana shu yo‘nalishdagi ishlarning uzviy bir qismi sifatida kapital ta’mirlanmokda.Teatr sahnasi, konstruktsiyalari, grim xonalari zamonaviy talablarga keltirildi.

Prezidentimiz teatr mutasaddilari bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida teatrni tomoshabinlar faqat tomoshalar ko‘rib ketadigan joy emas, haqiqiy ma’naviyat maskani, bu erga kelgan kishilarning faol dam olishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan joyga aylantirish haqidagi anipq takliflarini bildirdi.

- Teatrni haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘iga aylantirish uchun avvalo yaxshi asarlar kerak. Qolaversa yaxshi asarlarni lozim darajada sahnalashtira oladigan rejissyorlar zarur. Bu erda haqiqiy asarlar qo‘yilmasa maqsadga erisha olmaymiz, - dedi Sh.Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari shu erning o‘zida teatr ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun zamonaviy uy-joy qurib berish, teatrning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgan navbatdagi ob’ekt Urganch shahridagi Yoshlar markazi bo‘ldi.

Amir Temur nomidagi istirohat bog‘i hududida tashkil etilgan markazda yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun barcha sharoit yaratilgan. "Yosh chevarlar”, "Yosh rassomlar”, "Yosh shaxmatchilar”, "Yosh ijodkorlar”, "Yosh sartaroshlar” kabi o‘ndan ortiq to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Prezidentimiz Yoshlar markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shavkat Mirziyoyev viloyatning bir guruh faol yoshlari bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi.Gurung davomida yoshlar davlatimiz rahbariga mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirdilar.

Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi.

 

Shuhrat Matkarimov, viloyat hokimligining matbuot kotibi