Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Diqqat, e’lon!
07.07.2017

Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi "nol” xarid qiymati bo‘yicha ochiq tanlov savdolariga taklif etadi.

 

 

 

Diqqat!Diqqat!Diqqat!
Barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijlik sarmoyadorlar diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan "nol” xarid qiymatida sotiladigan davlat aktivlari bo‘yicha ochiq tanlov savdolariga taklif etadi.

HURMATLI TADBIRKORLAR VA ISHBILARMONLAR!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 3 iyuldagi PQ-2200-sonli va 2015 yil 28 apreldagi
PQ-2340-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 31 maydagi 154-sonli va 2016 yil 5 avgustdagi 252-sonli qarorlariga asosan, Davlat tender komissiyasining va Xorazm viloyati hududiy tender komissiyasining majlis bayonnomalariga muvofiq investorlar mablag‘lari hisobidan to‘liq moliyalash majburiyatlarini olish sharti bilan "nol” xarid qiymatida berilishi belgilangan, bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi evaziga "nol” xarid qiymatida sotish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

TANLOVGA QO‘YILGAN OB’EKTLAR VA ULARNI "NOL” XARID QIYMATIDA SOTISH SHARTLARI:

Korxona va ob’ektlar nomi

Joylashgan manzili

Umumiy er maydoni (kv.m)

Qurilish osti er maydoni (kv.m)

Investitsiya majburiyat-lareng kam mikdori

(mln. so‘m)

Yangi tashkil qilinadigan ishchi o‘rinlar soni

Investitsiya majburiyat-larinining bajarilish muddati (yil)

Shaharsozlik normalari, sanitariya qoida va meyoriy talablari hamda ekologik talablar bo‘yicha ehtimoliy cheklashlarni inobatga olgan holda, Ob’ekt negizida tashkil qilinishi mumkin bo‘lmagan faoliyat turlari

1

"Guliston" KVA bino va inshootlari

Gurlan tumani "Guliston” qishlog‘i

3 097,0

386,92

400

15

2,5

Kimyoviy i/ch, metallurgiya, mashinasozlik va temirga ishlov berish, qurilish sanoati, yog‘ochga ishlov berish, to‘qimachilik va engil sanoat fabrikalari, xayvonlarning teri va suyaklarini qayta ishlash tsexlari, qishloq xo‘jaligi ob’ektlari (omborxonalar, muzlatgichlar, issiqxonalar) garajlar va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ob’ektlari)

2

Bo‘sh turgan guzar binosi

Qo‘shko‘pir tumani "Xorazm” ko‘chasi

556,68

257,75

350

12

2

Kimyoviy i/ch, metallurgiya, mashinasozlik va temirga ishlov berish, qurilish sanoati, yog‘ochga ishlov berish, to‘qimachilik va engil sanoat fabrikalari, xayvonlarning teri va suyaklarini qayta ishlash tsexlari, qishloq xo‘jaligi ob’ektlari (omborxonalar, muzlatgichlar, issiqxonalar) garajlar va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ob’ektlari)

3

Qurilishi tugallanmagan bino

Urganch tumani "Chotko‘pir” qishlog‘i

23114,85

1390,54

1000

20

2

-

4

"M.Xorazmiy” shirkat xo‘jaligining bo‘sh turgan boshqaruv binosi

Urganch tumani "Cholish” posyolkasi

208,35

199,65

200

5

2

-

5

7-son maktabning qurilishi tugallanmagan binosi

Xiva tumani "Gauk-kul” qishlog‘i

4564,41

1882,40

300

25

2

-

6

Sobiq suv inshooti (VS-3)

Hazorasp tumani Sanoat qishlog‘i

7790,98

638,35

200

15

1,5

-

7

Sobiq "Maxtumkuli” MMTPning garaj binosi

Shovot tumani "O‘zbekiston” qishlog‘i

5851,0

1406,37

500

15

2,5

-

8

Sobiq "K.Otaniyozov” MMTPning garaj binosi

Shovot tumani "Bo‘yrachi” qishlog‘i

2900,0

623,18

500

15

2

-

9

Bolalar bog‘chasi bino va inshootlari (sobiq "Voxa" AJga qarashli tikuvchilik binosi)

Yangibozor tumani Shirinqo‘ng‘irot qishlog‘i

4 509,72

898,07

600

20

2

Kimyoviy i/ch, metallurgiya, mashinasozlik va temirga ishlov berish, qurilish sanoati, yog‘ochga ishlov berish, to‘qimachilik va engil sanoat fabrikalari, xayvonlarning teri va suyaklarini qayta ishlash tsexlari, qishloq xo‘jaligi ob’ektlari (omborxonalar, muzlatgichlar, issiqxonalar) garajlar va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ob’ektlari)

10

16-son bolalar bog‘chasining foydalanilmayotgan bino va inshootlari

Yangibozor tumani Qalandardo‘rmon qishlog‘i

7 480,72

1 422,55

500

10

2,5

Kimyoviy i/ch, metallurgiya, mashinasozlik va temirga ishlov berish, qurilish sanoati, yog‘ochga ishlov berish, to‘qimachilik va engil sanoat fabrikalari, xayvonlarning teri va suyaklarini qayta ishlash tsexlari, qishloq xo‘jaligi ob’ektlari (omborxonalar, muzlatgichlar, issiqxonalar) garajlar va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ob’ektlari)

11

28-son bolalar bog‘chasining foydalanilmayotgan bino va inshootlari

Yangibozor tumani "Bog‘olon” qishlog‘i

9 326,73

1 232,35

900

20

2,5

Kimyoviy i/ch, metallurgiya, mashinasozlik va temirga ishlov berish, qurilish sanoati, yog‘ochga ishlov berish, to‘qimachilik va engil sanoat fabrikalari, xayvonlarning teri va suyaklarini qayta ishlash tsexlari, qishloq xo‘jaligi ob’ektlari (omborxonalar, muzlatgichlar, issiqxonalar) garajlar va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ob’ektlari)

TANLOV SAVDOLARINI O‘TKAZISH SANASI: 2017 YIL 7 AVGUST SOAT 11.00, tanlov savdosi bo‘lib o‘tmagan taqdirda keyingi savdolar 2017 yilning 22 avgust, 6 sentyabr, 21 sentyabr, 6 oktyabr, 23 oktyabr, 7 noyabr,
22 noyabr, 7 dekabr va 22 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

TANLOV O‘TKAZISH MANZILI: Urganch shahar Al-Xorazmiy ko‘chasi 29-uy Xorazm viloyati hokimligi binosi.

TANLOVLARNING QO‘SHIMCHA SHARTLARI:

1. Tanlovdategishli hujjatlarni taqdim etgan hamda tanlov savdosi ob’ekti bo‘yicha belgilangan eng kam investitsiya majburiyatidan kam bo‘lmagan miqdorda aktivlar, shu jumladan pul mablag‘lariga ega bo‘lgan barcha jismoniy va nodavlat yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari qatnashishlari mumkin.

2. Investitsiya kiritish mobaynida yaratilgan ishchi o‘rinlari, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng keyingi 1 yil davomida saqlanadi.

3. Tanlovda g‘olib deb topilgan talabgor shartnoma imzolangandan keyin 60 kun muddat ichida tanlov ob’ektini mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan baholatadi, bunda baxolashga ketadigan sarf xarajatlar tanlov g‘olibi tomonidan qoplanadi.

4. Investitsiya kiritish sharti bilan "nol” xarid qiymatida xususiylashtirishda investor tomonidan investitsiya kiritish muddati tugab, ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng, xususiylashtirilgan ob’ektining 60 foizdan kam bo‘lmagan hududi (bino va inshootlar) ishga tushirilgan va ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan bo‘lishi lozim.

5. Tanlov savdolari natijalari bo‘yicha g‘oliblik bayonnomasi imzolangan sanadan boshlab 20 kundan kechikmay oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.

6. Tanlovda qatnashish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili shaxsan yoxud pochta orqali hududiy tanlov komissiyasining ishchi organiga (Davlat raqobat qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi) 2017 yilning
3 avgust, 18 avgust, 4 sentyabr, 18 sentyabr, 4oktyabr, 19 oktyabr, 3 noyabr, 20 noyabr, 5 dekabr va 20 dekabr kunlari soat 18:00 gacha
tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ikki nusxada buyurtmanoma taqdim etadi:

nodavlat yuridik shaxslar uchun— davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi, ta’sis hujjatlarining nusxasi hamda vakolatli vakilning tanlovda qatnashishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini ilova qilgan holda;

jismoniy shaxslar uchun— pasport nusxasi, tanlovda vakolatli vakil qatnashganda shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini ilova qilgan holda;

ikki nusxadagi muhrlangan konvertga solingan tanlov hujjatlariga muvofiq tuzilgan tanlov taklifi, unda quyidagilar bo‘lishi kerak:

biznes-rejani bajarish, asbob-uskunalar etkazib berish (nazarda tutilgan bo‘lsa) muddatlari, ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulot turlari yoxud ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati va ularning raqobatbardoshliligi, xom ashyo, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mavjud asbob-uskunalardan va ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish tadbirlari, kutilayotgan iqtisodiy samara ko‘rsatilgan biznes-reja, shu jumladan investitsiya kiritish rejasi;

investitsiya majburiyatlarining taklif etilayotgan summasi, investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning turi, muddati va ularni bajarish, shu jumladan davlat mulki ob’ektini moliyaviy-iqtisodiy sog‘lomlashtirish yoki uning hududidan xo‘jalik jihatidan foydalanish shartlari;

talabgorning moliyaviy jihatdan to‘lovga qodirligini va (yoki) tegishli tarmoqda ilgari amalga oshirilgan investitsiya loyihalarini tasdiqlovchi hujjatlar.

Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yuridik va jismoniy shaxslar (Urganch shahar, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 23 uyning 3-qavati 317-xonasi) Xorazm viloyat hududiy tanlov komissiyasiga va Davlat raqobat qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan xabarnoma e’lon qilingan kundan boshlab rasmiy ish kunlari soat 9.00 dan 18.00gacha (13.00dan 14.00 gacha tushlik vaqti) murojaat qilishlari mumkin.

7. Tanlov savdosida g‘olib deb topilgan investor 60 kun muddat ichida ob’ektni o‘z hisobidan baholatish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi va baholash hisobotini Davlat raqobat qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasiga taqdim etadi.

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

Tanlov savdolarida qatnashish uchun hujjatlarni topshirish va savdolarni o‘tkazish jarayonida qonun buzarliklar va o‘z huquqlaringiz poymol qilinish holatlari yoki oshkoralik ta’minlanmaganligi holatlari ro‘y bergan taqdirda Davlat raqobat qo‘mitasning (0-371) 259-21-79, 259-21-37 ishonch telefonlariga va info@gki.uz, hususiylashtirish@mail.ru elektron pochta manzillariga xabar qilishingiz yoki Davlat raqobat qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasining telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz.

Murojaat uchun; Tel.faks: (0362) 223-08-00, 223-03-63, e-mail: khorezm@gki.uz