Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
21.11.2016

DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida 2016 yil 17 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Videokonferentsaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respubli­kasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zolari, siyosiy partiyalar vakillari, EXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kuzatuvchilar missiyasi a’zolari, ommaviy axborotvositalari xodimlari ishtirok etdi.

Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqargan majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi ijrosi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. 3-Buxoro, 6-Namangan, 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyalari raislarining axboroti eshitildi.

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak tashkiliy darajada o‘tkazishda uchastka saylov komissiyalari zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Shu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyalari hamda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan uchastka saylov komissiyala­ri a’zolarining huquqiy bilimini yanada oshirish va ularning komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Shu yilning 20-30 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida uchastka saylov komissiyalari a’zolari ishtirokida saylov uchastkalarini ovoz berishga tayyorlash, muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish, saylov kuni ovoz berishni tashkil qilish, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish va boshqa dolzarb masalalarga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.

Komissiya a’zolari saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining saylovchilarning yashash joyida ovoz berishi bilan bog‘liq ayrim qoidalarini bir xilda qo‘llashga taalluqli masalalarni ham ko‘rib chiqdi.

Amaldagiqonunchilikka muvofiq, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek, saylov uchastkalarida say­lov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, matbuot, televidenie va radio vakillari, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashishhuquqiga ega.

Majlisda Mustaqil Davlatlar Hamdustligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Islom hamkorlik tashkiloti missiyalari kuzatuvchilarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

B.BOZOROV,

O‘zA muxbiri.

"Xorazm haqiqati" gazetasi,

2016 yil 19 noyabr №94