Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Do‘stlik festivali
18.10.2017

O‘zbekiston va Janubiy Koreya Respublikalari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi hamda koreys millatiga mansub yurtdoshlarimiz mamlakatimizda yashayotganining 80 yilligi munosabati bilan Janubiy Koreyaning mamlakatimizdagi elchixonasi hamda Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan festivalda davlat va jamoat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar vakillari, ijodkorlar,yoshlar ishtirok etdi.

Festival tadbirlari Xonqa tumanida ,boshlanib koreys xalqining boy tarixi va madaniyati haqida hikoya qiluvchi rang barang taqdimotlar tashkil qilindi."O‘zbekiston – Janubiy Koreya do‘stligi” mavzusidagi rasmlar ko‘rgazmasi,bolalar va o‘smirlar o‘rtasida koreys kurashi bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.

– O‘zbekistonda boshqa millat vakillari bilan bir oila farzandlaridek ahil-inoq yashab kelyapmiz,-deydi Xivadagi "Bolalar shaharchasi” direktori,O‘zbekiston Qahramoni Vera Pak. – Bugungi kunda Xorazm viloyatida istiqomat qilayotgan 4400 nafarga yaqin koreys millati vakillari ham yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida sidqidildan mehnat qilmoqda. Bunday tadbirlar o‘zbek va koreys xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Festival doirasida o‘zbek va koreys san’atkorlari ishtirokida kontsert dasturi namoyish etildi. Ayniqsa, "Koryo” ansambli san’atorlari tomonidan ijro etilgan milliy qo‘shiq va raqslar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

–O‘zbek va koreys xalqlari madaniyati,an’analari juda o‘xshash,-deydi koreys milliy madaniy markazi viloyat bo‘limi rahbari Antonina Kim. –Mehnatsevarlik,bag‘rikenglik,kattaga hurmat,kichikka izzat kabi fazilatlar har ikki xalq uchun azaliy qadriyatlarga aylangan.Mazkur festivalda xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik,ma’naviy yaqinlik yana bir bor o‘z ifodasini topdi.

Festival doirasida koreys millati vakillarining O‘zbekistonga ko‘chirilishi va mehnat faoliyati haqida hikoya qiluvchi "O‘zbekiston –umumiy uyimiz” hujjatli filmi namoyish qilindi. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh mehnat faxriylariga viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.