Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Ekologik barqarorlik yo‘lidagi hamkorlik
01.11.2014

Urganch shahri "Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish" mavzuidagi xalqaro konferentsiyaga mezbonlik qildi. Ishtirokchilar mazkur anjuman doirasida hududdagi bir qator ijtimoiy ob’ektlar va amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.

Mehmonlar viloyatdagi onkologiya dispanseri hamda Respublika ixtisoslashtirilgan Urologiya markazi Xorazm filialini borib ko‘rdilar. Shifo maskanlari zamonaviy tibbiyot uskunalari, laboratoriya jihozlari bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lib, ularda malakali vrachlar va tibbiyot xodimlari aholiga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmokda.
— Orol muammosi nafaqat mintaqaviy, bgntki global muammodir, — dedi Buyuk Britaniyaning “Earth Times” on-layn ekologik jurnali bosh muharriri Deyv Armstrong. — Shu bois Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan xalqaro konferentsiya juda dolzarbdir. Elektron nashrimizda Orol fojiasi haqida ekologolimlar, mutaxassislar maqolalarini muntazam berib boramiz. O‘zbekistonda ushbu tabiat inqirozining oldini olish, uning halokatli oqibatlarini yumshatish yo‘lida qator ishlar amalga oshirilayotganidan yaxshi xabardorman. Xususan, Orol dengizi havzasi davlatlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2011 - 2015 yillarga mo‘ljallangan dastur doirasida uch yuzdan ziyod loyiha amaliyotga joriy etilayotgani ham diqqatga molikdir. Konferentsiya doirasida mazkur chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishish imkoniga egamiz.

























Orolbo‘yi hududida aholi salomatligini muhofaza qilish, turmush darajasi va sifatini yuksaltirishga katta e’tibor qaratilayotgani tahsinga sazovor. Xususan, chekka, boz ustiga, ekologiyasi buzilgan hududda barcha talablarga javob beradigan sog‘liqni saqlash infratuzilmasi yaratilgan. Bu davlat tomonidan kuchli ijtimoiy siyosat yuritilayotganini ko‘rsatadi.
— Yurtingizda juda ko‘p bor mehmon bo‘lganman, — dedi Kuvayt Arab iktisodiy rivojlanish fondining Markaziy Osiyo va Evropa davlatlari bo‘yicha mintaqaviy menejery Yusuf al-Badr. — Har safar kelganimda, yangi bunyodkorliklar, o‘zgarishlarga guvoh bo‘laman va bundan cheksiz zavk olaman. O‘zbekiston yildan-yilga rivojlanib, iqtisodiy barqarorligi va aholi farovonligi yuksalib borayotir. Buni odamlar yuz-ko‘zidagi ko‘tarinki kayfiyat, samimiyat, bugundan rozilik, kelajakka mustahkam ishonch tuyg‘usida ham ko‘rish mumkin. Bu davlat rahbari Islom Karimov tomonidan hayotga tatbiq etilgan taraqqiyotning "o‘zbek modeli" strategiyasi juda to‘g‘ri, hayot talablariga mos keladigan kuchli dasturilamal ekanligining yorqin isbotidir. Fondimiz O‘zbekistondagi qator vazirliklar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ayni paytda mamlakat hududlari, shu jumladan, Orolbo‘yi mintaqasida sog‘liqni saqlash, qishlok xo‘jaligi, ichimlik suvi ta’minoti kabi sohalarda oltita loyihani amalga oshirishda katnashayapmiz. Ikki tomonlama alokalarni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz.
Nufuzli tadbir ishtirokchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani va Xorazm viloyati Urganch tumanida ihotazorlar uchun ko‘chat etishtirib beradigan bog‘larda nihol qadadilar. Bu dunyo hamjamiyati Orol muammosiga befarq emasligi, uning echimiga kamarbasta bo‘lishga tayyor ekanligining o‘ziga xos ramziy ifodasiga aylandi.
— Orol dengizining katta qismi 5,5 million gektarlik qum-tuz sahrosi bo‘lib qolganining o‘ziyoq muammo naqadar dolzarb ekanligini ko‘rsatadi, — dedi AQShning Illinoys shtati universiteti Sog‘liqni saqlash maktabi direktori Pol Brandt-Rof. — Hattoki havzaning qurib qolgan tubidan atmosferaga ko‘tarilayotgan millionlab tonna zararli chang-tuzlar alomatlari Evropa va Shimoliy muz okeanigacha etib borayotgan ekan. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan tashkillashtirilgan xalqaro konferentsiya ana shu halokat oqibatlarini pasaytirishga xizmat qilishi, shubhasiz. Bu borada salmoqli chora-tadbirlar ro‘yobga chiqarilayotgani haqida yaqindan bilib oldim. Masalan, Orolning qurib qolgan tubida qariyb 400 ming gektarlik ihotazorlar yaratilibdi. Ko‘chat ekish marosimida ishtirok etib, ana shu sa’y-harakatlarga barcha mas’ul ekanligini yanada chuqur his qildik. Yashil muhofaza qo‘rg‘onlari tuproq va suv zaxiralarini sifatli  ushlab  turadi, degradatsiyaga uchragan ekotizimni tiklaydi, bioxilma-xillik kasb etadi.
— Xorazmda o‘zimni xuddi Sharqning sehrli ertaklar makoniga tushib qolgandek his qildim, — dedi Ispaniyaning “Elecnor S.A” kompaniyasi menejeri Xuan Barba Kaseres. — Qadimgi osori-atiqalar va yodgorliklarni zavq bilan tomosha qildim. Bundan cheksiz taassurot oldim. Konferentsiya doirasida ana shunday imkoniyat yaratib berilganidan juda minnatdorman. Kompaniyamiz muqobil energiyada ishlaydigan suvni chuchuklantirish qurilmalarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan. Bunday texnologiya Orol bo‘yida ichimlik suvi ta’minotida ham asqatishi mumkin. Binobarin, nufuzli anjumanda qatnashish asnosida shu sohada o‘zbekistonlik hamkorlar bilan istiqbolli aloqalarni yo‘lga qo‘yishni mo‘ljallab turibmiz.
Saidjon MAXSUMOV,Oybek RAHIMOV,
“Xalq so‘zi” 29 Oktyabr, 2014 yil № 209 (6139)