Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



EKOLOGIK VAZIYATNI BARQARORLASHTIRISH OMILLARI
16.03.2016

O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-2018 yillarda Orolbo’yi mintaqasini tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Orol xalokataning oqibatlarini engillashtirish borasidagi chora- tadbirlar kompleks dasturi to’g’risidagi qarori mazmun-mohiyati va asosiy yo’nalishlari targ’ibotiga bag’ishlab Urganch tumani hokimligida seminar bo’lib o’tdi.

O’zbekistan Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Ekoharakat faollari, Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi ijroiya qo’mitasi, Orolbo’yi genofondini muhofaza qilish xayriya jamg’armasi vakillari, sohaga aloqador vazirlik va idoralar mutaxassislari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sog’liqni saqlash sohasida faoliyat olib borayotgai nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari seminarda ishtirok etdilar.

Ma’lumki, 2015 yilning 12-16 oktyabr kunlari ushbu tadbirning birinchi bosqichi bo’lib o’tgan, uning doirasida 2015-2018 yillarda Orolbo’yi hududida amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlar dasturining asosiy yo’nalishlari, loyihalar ro’yxati hamda ushbu loyihalardan kutilayotgan natijalar xaqida so’z borgan edi.

O’tgan davrda shu yuzadan ko’lamdor ishlar amalga oshirildi. Ko’plab loyihalar amaliyotga joriy qilinmoqda. Shular haqida hudud aholisi xabardorligini ta’minlash, xayrli ishlarga keng jamoatchilikni jalb etish dolzarb vazifadir.

Shu maqsadda tashkil etilgan seminarii viloyat hokimining o’rinbosari R.Ro’zmetov kirish so’zi bilan ochdi.

Tadbirni Orolni qutkarish xalqaro jamg’armasi ijroiya qo’mitasi raisi o’rinbosari Sh.Tolipov boshqarib bordi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo’jaligi masalalari qo’mitasi raisi o’rinbosari S.J.Akbarov kun tartibidagi masala bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida, Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi Ijroiya qo’mitasi axborot-tahlil bo’limi boshlig’i O.Eshjonov hududda suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish va boshqarish tizimini takomillashtirish, O’zbekistanRespublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi bosh gastroentrologi, professor M.Karimov ekologik tahdid hududlarida yashovchi aholi genofondi va sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, "O’zkommunxizmat” agentligi bo’lim boshlig’i B.Tursunov aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda kanalizatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, okava suvlarni tozalash inshootlarini rekonst­ruktsiya qilish bo’yicha belgilangan loyihalar to’g’risida, Viloyat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi raisi B.Kalandarov o’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va saqlash, ekotizimlar va bioxilma-xillikni tiklash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofa­za qilish vazirligi bosh mutaxassisi J.Turg’unboev Orolbo’yi aholisi turmush tarzi darajasi va sifatini oshirish uchun zaruriy iqtisodiy omillar va mehanizmlarni yaratish, viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbo­sari D.Sharipov hududda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun infrastrukturani yaxshilash mavzularida ma’ruzalar qildilar.

Orol muammosi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik fojialardan biri bo’ldi. Ta’kidlash joizki, istiqlol yillarida "O’zbe­kistan Orol fojiasi asoratlarini kamaytirish yo’lida ulkan kuch-g’ayratlar sarflamoqda. Jumladan, obi-hayot manbalarini boshqa­rish va ulardan oqilona foydalanishni takomillashtirishga qaratilgan tub isloxotlar amalga oshirildi. Mustaqillik yillarida suvdan oqilona foydalanish samaradorligi oshdi. Orol muammosini hal etish bo’yicha ko’lamdor ishlar amal­ga oshirilmoqda. So’nggi o’n besh yilda Amudaryoning 180 ming gektarlik deltasiga suv chiqarildi. Ayni kunda uning satxini 230 ming gektarga etkazishga qarata sa’y-xarakatlar davom ettirilmoqda. Orol inqirozi kutilayotgan hududda 740 ming gektarlik ixotazor barpo etildi. Xozirda dengizning qurib qolgan hududida bir necha yuz ming gektarlik yashil himoya maydonlari yaratildi.

Mazkur anjuman mobaynida Orol dengizi xavzasida suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish va boshqarish tizimini takomillashtirish, aholi geno­fondi va sog’lig’ini saqlash tad­birlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’min­lash hamda kanalizatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, oqava suv­larni tozalash inshootlarini rekonstruktsiya qilish, Orolbo’yi aholisi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish uchun zaru­riy iqtisodiy omillar va mexanizmlarni yaratish, o’simlik va hayvo­not dunyosini muhofaza qilish, ekotizimlar va bioxilma-xillikni tiklash kabi masalalarga aloxida e’tibor qaratildi.

Bo’lib o’tgan qizg’in muloqotlar jarayonida ishtirokchilar tomonidan mazkur kompleks dasturni samarali amalga oshirish bo’yicha taklif va mulohazalar ilgari surildi, berilgan savollarga javoblar qaytarildi.

Viloyatimizning boshqa tumanlarida ham ushbu mavzuda seminarlar bo’lib o’tdi.

 
 
"Xorazm haqiqati” 2015 yil 10 fevral № 12 (19254)