Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



EKSPORT HAJMINI OSHIRISH- IQTISODIYOTIMIZ RIVOJI
12.03.2018

Xorazm viloyati davlat coliq boshqarmasi tashabbusi bilan Qo‘shko‘pir va Xiva tumanlarida eksportyor korxonalar ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.

Unda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 27 fevral kuni eksportni oshirish va importni qisqartirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar ijrosi, bu borada tarmoqlar va hududlardagi ishlar holati tahliliga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash,  tadbirkorlik sub’ektlari va eksportyor korxonalar faoliyatini yanada kengaytirish, soliq sohasidatadbirkorlik sub’ektlari uchun yaratilgan imtiyozlarning mazmun-mohiyati bilan aholini yaqindan tanishtirishga  qaratildi.  

Amaliy seminarda viloyatda ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, eksport salohiyatini son va sifat hijatdan yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Tadbirda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i J.Temurov so‘zga chiqib, hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga barcha jabhalarda qulay shart-sharoitlar yaratib berilayotgani, shu jumladan soliq tizimida ham soliqqa oid qonunchilik soddalashtirilib, amaldagi tartiblar engillashtirilayotgani hamda soliq to‘lovlaridan imtiyozlar berilib, sohada tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilayotgani, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi ekanligi haqida o‘z fikr-mulohazalarining bildirib o‘tdilar. 

Tadbir davomida Qo‘shko‘pir va Xiva tumanlarida tashkil etilgan eksportyor korxonalarning faoliyati haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi. Unga ko‘ra ayni paytda birgina Qo‘shko‘pir tumanida 10 dan ortiq eksportyor korxona-tashkilotlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda asosan parrandachilik va qishloq-xo‘jaligi mahsulotlarini esportini yo‘lga qo‘yilgan.

-Tumanimizda 500 dan ortiq korxona-tashkilotlar mavjud. Ular asosan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, parrandachilik, milliy shirinliklar va boshqa turli mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. O‘tgan yilda tumandagi "Qo‘shko‘pir parranda servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 3 624 325,4 AQSh dollarlik parrandachilik mahsulotlari eksport qilingan. Shuningdek, "Yangi Qo‘shko‘pir” xususiy korxonasi tomonidan 19 993,0 AQSh dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksporti amalga oshirilgan. Bugungi yig‘ilishda tadbirkorlarga eksport yo‘nalishida o‘z tajribasiga ega bo‘lgan korxonalarning tajribasi bilan yaqindan tanishildi. bu kabi yig‘ilishlar xududlarda milliy mahsulotlar eksportini kengaytirishda hamda soliq xizmati xodimlari tadbirkorlar o‘rtasida yaqin hamkorlik o‘rnatilishida muhim ahamiyatga ega deb o‘ylayman, - deydi Qo‘shko‘pir tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i O‘ktam Axmedov. 

Shuningdek, tadbir doirasida tumandagi tumandagi "Qatog‘on qurilish” xususiy korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. mazkur korxona 8 soatda 800 kg meva-sabzavot mahsulotlarini quritish, uni qadoqlash imkoniyatiga ega. Bu erda 150 tonnalik muzlatkich ombori mavjud bo‘lib, yaqinda yana bitta muzlatgich ombori ishga tushish arafasida. Shuningdek, 2018 yilda korxonaga 14 gektar er maydonlaridan ajratilgan bo‘lib, uning 4 gektariga "Topinambur” (er noki) o‘simligini ekish hamda ushbu o‘simlikdan dorivor damlama ishlab chiqarib, uni Xitoy va Rossiya davlatlariga eksport qilish rejalashtirilgan. 

– Mamlakatimizda eksport qiluvchi korxonalarning tashqi bozordagi raqobatbardoshligini ta’minlash va eksport uchun qo‘shimcha omillar yaratishda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olingani, eksport qiluvchi korxonalarga imtiyozli kreditlar ajratilib, tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari berilayotgani faoliyatimizni yanada kengaytirishda amaliy yordam bermoqda. – deydi korxona rahbari Otabek Babajanov. – Joriy yilda tuman soliq inspektsiyasining amaliy yordami bilan bizga ajratilgan 10 gektar maydonga achchiq qalampir va lavlagi urug‘ini ekib, etishtirilgan hosilni jahon bozoriga etkazib bermoqchimiz.

Uchrashuvda tadbirkorlarning savollariga mutasaddi idoralar vakillari atroflicha javob qaytardi.

Bir so‘z bilan aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ichki va tashqi bozorga sifatli mahsulot etkazib berish borasida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar iqtisodiyotimiz rivoji va xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilmoqda.



Dilrabo Kuryazova

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi 

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i