Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Eksport – iqtisodiy barqarorlikning asosiy manbaidir.
21.05.2018

       “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish, kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, eksportyorlarga qulay sharoitlar yaratish, mahalliy ishlab chiqarishni ko‘paytirish borasida bojxona organlarida qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni etkazish va ularnining faoliyati davomida uchrayotgan muammoli vaziyatlar hamda mavjud takliflarni o‘rganish maqsadida 2018 yil 14 may kuni Urganch shahrida joylashgan tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “URGACH BAHMAL” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining ma’sul xodimlari tashrif buyurishdi. 

        Korxona tomonidan bugungi kunda paxta tolasidan tayyorlangan har xil turdagi (to‘shak qoplamalari, sochiq, dastro‘mol va fartuk) tekstil mahsulotlarini asosan Rossiya Federatsiyasi, Estoniya va Polsha davlatlariga eksport qilinmoqda. Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, jamiyat tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 1,1 mln. AQSh  dollaridan ortiq qiymatdagi tovarlarni eksport qilishga erishilgan. Uchrashuv davomida mamlakatimiz iqtisodiyotini barqarorlashtirish bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirilayotganligi, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksport qilish uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilayotgani, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida tushuntirishlar berdi.

        Shu bilan birga, korxona mutasaddilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5414-son Farmoni bilan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga bir qancha engilliklar joriy etilganligi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. 

        Xususan, 2018 yil 1 iyuldan boshlab, tovarlarni bojxona rejimlariga joylashtirilishida, shuningdek, xorijiy avtotashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab harakatlanish marshrutlarini o‘zgartirilishida bojxona organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bekor qilindi. Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bojxona brokerlariga murojaat qilmasdan bojxona yuk deklaratsiyalarini internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida to‘ldirish va bojxona organlariga taqdim etish huquqiga ega bo‘ldilar. 

        Qayd etish joizki, bugungi kunda mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishda barcha qulaylik va imkoniyatlar yaratilgan. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizdagi tadbirkorlarni tashqi bozorlarda o‘z o‘rnini topishga va yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 

       Shundan so‘ng, korxona vakillari bojxona sohasida o‘zlarini qiziqtirayotgan savollar, o‘ylantirayotgan muammolar yoxud bojxona qonunchiligi buzilishi hamda bojxona xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari, xususan bojxona xodimlari tomonidan korruptsiyaga yo‘l qo‘yilganda yoki tamagirlik holatlari yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasining (0371) 120-76-33 yoki Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining (0362) 224-59-20 raqamli ishonch telefonlariga murojaat qilishlari mumkinligini ta’kidlab o‘tildi.

                                                                 


Xorazm viloyati  bojxona boshqarmasi Axborot xizmati