Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



EL SOG‘LIGINI O‘YLAB...
07.09.2016

EL SOG‘LIGINI O‘YLAB...

 

 


 

Yurtboshimiz Islom Karimov hamisha el-yurt sog‘ligi haqida doimiy ravishda qayg‘urar, faqat sog‘lom xalq sog‘lom millatgina ulug‘ ishlarga qodir bo‘lishini, sog‘lom odam sog‘lom fikrlashini, yurtimiz ravnaqiga munosib his­sa qo‘shishini alohida ta’kidlar edilar. Mustaqillik yillarida tibbiyot sohasida mamlakatimiz, shu jumladan, viloyatimizda amalga oshirilgan ulug‘vor ishlar bevosita Prezidentimizning sa’y-harakat­lari bilan bog‘liq. Tibbiyot muassasalarining jahon andozalariga muvofiq ta’mirlanishi, yangi binolarning qad rostlashi, ularning zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi buning yorqin isbotidir. Ayniqsa, vi­loyatimizda sog‘liqni saqlash tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan ixtisoslashgan tibbiy muassasalar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Buning natijasida ilg‘or tibbiy texnologiyalarni davolanish jarayonlariga izchil tatbiq etish, kasalliklarning yuqori texnologiyali tibbiy diagnostikasi, davolash va kasallikning oldini olishda aholining ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha muammolar o‘z echimini topdi. Bugungi kunda viloyatimizda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bu murakkab jarayon bizning filialimizda ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

 

Dargohimizning foydalanishga topshirilgan kunida Prezidentimizning o‘zlari tashrif buyurib, ishlarimizga muvaffaqiyatlar tilagan edilar. Hozirgi kunda urologik kasalliklarning barcha turlarini o‘z vaqtida bekami-ko‘st davolash imkoniyatlari mavjud. Jahon andozasidagi eng zamonaviy uskunalarga egamiz.

 

El sog‘ligini hami­sha hamma narsadan ustun qo‘ygan Yurtboshi­mizning bizning sohaga bo‘lgan e’tiborini hech qachon unutmaymiz. Xoti­rasi hamisha yuragimiz to‘rida. Xalqimiz sog‘ligi yo‘lida samarali faoliyat ko‘rsatish - Prezidentimizga bo‘lgan chuqur hurmat-ehtiromimiz ifodasi bo‘ladi.

 

Shokir ABDUQODIROV,

 Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi

Xorazm filiali direktori.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2016 yil 4 sentabr, №72.

Eslatma
Saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda, Xorazm.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.
Manzil
Urganch sh. Al-Xorazmiy ko‘chasi 29, 220100
Ish vaqti: 900–1800, tushlik: 1300-1400
Dam olish kuni: shanba va yakshanba
Tel.: (0362) 223-00-18,
Faks: (0362) 223-00-22
Yangilanish
Saytdagi oxirgi malumot kiritilgan sana:
Bugun 20 Avgust 2019, Seshanba