Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



ELDOSHLARGA MADADKOR MASLAHATCHI
12.09.2014

Mustaqillik sharofati bilan mahallalarga e’tibor kuchaytirilganligi turmushimizning farovon, xayotimizning yanada go‘zal bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa bu borada fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslaxatchi lavozimining tashkil etilganligi ayni muddao bo‘ldi.
Maslahatchilar mahallada ma’naviy muhitning barqaror bo‘lishini ta’minlash, har bir oilada ahillik, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasidagi faoliyati bilan mahallaning tayanchi va suyanchiga aylanishdi. Tumanimizda ana shunday fidoyi maslahatchilar haqida gap ketganida eng avvalo O‘rtayop qishlog‘idagi “O‘rtayop” mahallasi maslahatchisi O‘g‘iljon Abdullaevaning nomini faxr bilan tilga olishadi. Bu bejiz emas.U to‘qqiz yilki o‘z kasbiga mehr-ixlos qo‘ygan holda jonkuyarlik bilan xizmat qilib kelmoqda.
O‘g‘iljon Abdullaeva maslahatchi sifatida to‘y-marakalarni, marosimlarni ixcham tarzda, aholi manfaatlarini hisobga olgan holda o‘tkazish, oila va nikoh munosabatlarining qonuniyligini ta’minlash, xususan, erta nikohning oldini olish, to‘ydan oldingi tibbiy nikohdan o‘tishni yo‘lga qo‘yish, yoshlarning nosog‘lom g‘oyalarga berilishi, turli jinoiy xatti-harakatlarning oldini olish, aholi ijtimoiy muhofazasi, ayniqsa, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash kabi vazifalarni sidqidildan bajarib kelmoqda. Maslahatchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tanlovlarning Respublika va viloyat bosqichlarida bir necha bor g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Tajribasi ommalashtirildi.O‘g‘iljon Abdullaevaning o‘ziga xos ish uslublari bor. Mahallada diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha samimiy suhbatlar, uchrashuvlar, ta’sirchan tadbirlar o‘tkazib boradi. Ommaviy axborot vositalari bilan tanishish, kitob mutolaasi sevgan mashg‘uloti. Moddiy muhofazaga muhtojlarga yordam uyushtirishni burchi deb biladi. Keyingi uch yil ichida mahallada homiylik yordami bilan 9,5 km.tabiiy gaz quvuri yangidan tortildi.1,5 km. yo‘l, 11 ta muhtoj oila turar joyi ta’mirlandi, 30 oilaga 670 bosh parranda, o‘ndan oshiq qoramol berildi.
Tadbirkor Rahimboy Hafizov foydalanilmasdan turgan eski jamoa xo‘jaligi binosini qayta ta’mirlab, yilning to‘rt faslida ham mahalla aholisi uchun xizmat qiladigan to‘yxona, uning tarkibida choyxona va oshxona tashkil etdi.
Yoshlarning nikoh to‘ylari, boshqa marosimlar, tadbirlar shu to‘yxonada chiroyli, ixcham va tartibli o‘tmokda. Shunisi quvonchliki, Rahimboy akaga o‘xshagan saxovatli tadbirkorlar safi kengaymokda. Ular tomonidan yangi ish o‘rinlari ochib berilmoqda. Komiljon Ollonazarov mebel mahsulotlari ishlab chiqaradigan ustaxona ochdi. Jasurbek Boltaev un xorozi, Ozodjon Ismoilov sholi xorozi qurishdi. Yoqubboy Sobirov kompyuter xizmatlari, Raunet; shoxobchasi bilan bog‘liq zamonaviy xizmat turlarini yo‘lga qo‘ydi. Vasilaxon Jumaniyozova Toshkent shahridagi “Mashhura” firmasida tikuvchilik sirlarini o‘rganib keldi. Nasibaxon Matyoqubova Samarqandda zardo‘zlik san’atini puxta o‘zlashtirib qaytdi. Bugungi kunda yigirma to‘qqiz nafar ana shunday tadbirkorlar qizlarga, kelinlarga tikuvchilik, to‘quvchilik, zardo‘zlik hunarlarini qunt bilan o‘rgatish asosida maosh bilan ta’minlanib, moddiy jihatdan ham manfaatdor bo‘lishmoqda.
Mahallada har bir xonadonda meva-cheva, poliz mahsulotlari, sut, qatiq, tuxum, go‘sht etarli.Ro‘zg‘oridan oshiqchasini esa bozorga olib chiqib sotishib, oilaviy byudjetini mustahkamlab borayotganlar ham ko‘pchilik. Masalan, Abdusharif Rahmonov, So‘najon Jumaniyozovalar yiliga bir dalaning o‘zidan uch-to‘rt marotaba hosil olishadi. Ikrom Ismoilov, Maqsud Jumaniyozov, Muslima Alimboeva, Qurbonboy Qo‘shoqov, Olimboy Abdullaevlarning ham bu boradagi intilishlari tufayli mahalla obod, ko‘ngillar shod, dasturxonlar to‘kin. Albatta bu boradagi xayrli ishlar rivojida maslahatchi O‘g‘iljon Abdullaevaning munosib hissasi bor. Uni har bir xonadonda mamnuniyat bilan kutib olishadi. Qimmatli maslahatlari, amaliy yordami bilan eldoshlari hurmatini qozongan.
Baxtiyor oila sohibasi umr yo‘ldoshi Otaboy Sobirov bilan birga 4 qiz, bir o‘g‘ilni kamolga etkazishdi. O‘g‘il-qizlari ham turli sohalarda ota-onasi kabi e’tibor qozonmoqdalar.
Mustaqilligimizning 23 yilligi bayrami arafasida O‘g‘iljon Abdullaevaning hayotida unutilmas voqea sodir bo‘ldi. Prezidentimizning Farmoniga ko‘ra samarali mehnati va erishayotgan yutuqlari uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Yuksak unvoningiz muborak bo‘lsin, O‘g‘iljon opa! 
Dinora SATTOROVA,
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qo‘shko‘pir 
tumani bo‘linmasi bosh mugaxassisi.
“Xorazm xaqiqati” 2014 yil 10 sentyabr № 72 (19106)