Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



“ELEKTRON XUKUMAT” QULAY BA TEZKOR
02.01.2016

   Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ijtimoiy va iqtisodiy sohalarni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, davlat boshqaruviga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish O‘zbekistonning istiqboldagi taraqqiyotini belgilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
   Mamlakatimizda milliy axborot tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat faoliyatining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari hamda telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish, elektron hukumatni shakllantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Elektron hukumatni shakllantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi, "Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, "Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, "Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi, "Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi, "Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi, "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.
   Sohada amalga oshirilgan ishlar natijasida axborot-texnologiyalari xizmatlari hajmi so‘nggi besh yilda 3,3 barobarga o‘sdi. Viloyatimizning barcha hududlarini qamrab oluvchi uzunligi 1 ming kilometrdan ortiq optik aloqa tarmoqlari barpo etildi. Respublika magistral tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyatlar markazlarigacha 4 barobarga va tumanlar markazlarigacha 10 barobarga oshdi.
   Viloyatimizda Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni yil sayin ko‘payib bormoqda. Bugungi kunda ular 360 ming kishidan oshdi yoki mamlakatimiz aholisining beshdan bir qismini tashkil etmoqda. Ularning 340 mingga yaqini internetdan mobil telefon orqali foydalanmoqda. Respublikamizda jahon axborot tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik darajasi 2 barobar oshirildi. Internetga ulanish esa 1,7 barobarga tezlashdi.  
   Viloyatimizda mobil aloqa abonentlari soni 1 million 53 ming kishidan oshdi. Ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi esa qariyb 126 foizga ko‘paydi. Ijtimoiy-iqtisodiy sohaning barcha jabhalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Birgina misol: barcha ta’lim muassasalari 100 mingdan ortiq ta’lim resurslarini o‘z ichiga olgan - ZiyoNet ta’lim tarmog‘iga ulandi. Yoshlarimizga zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda sifatli ta’lim olish imkoniyatlari yaratildi. Davlat organlarida 320 dan ortiq davlat axborot resurslari va 465 dan ortiq davlat axborot tizimlari joriy qilindi. Aholi va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishda qulayliklar yaratildi.
   2013 yilda joriy qilingan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qanchadan-qancha aholining uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qiluvchi 260 turdan ortiq davlat xizmatlari elektron shaklda ko‘rsatila boshlandi. Ushbu xizmatlar ahamiyatini o‘tgan davr mobaynida foydalanuvchilar tomonidan portalga 405 ming marotaba murojaat qilinganidan ham ko‘rishimiz mumkin.
   Ta’lim, bank, bojxona va sud-huquq tizimlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinishi bugungi kunda yuqori samara bermoqda.
   Elektron hukumat ishtirokchilarining munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik, davlat xizmatlarini sifatli ko‘rsatilishiga xizmat qiluvchi markazlashgan ma’lumot bazalarini to‘liq shakllantirish, davlat organlarining o‘z ishida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yetarli darajada joriy qilish, aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda "bir darcha” tamoyilidan to‘liq foydalanishdagi muammolarni bartaraf etish uchun "Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekistan Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
    Mazkur Qonunning asosiy maqsadi davlat xizmatlarini ko‘rsatishda aholi va tadbirkorlar manfaatlarini ko‘zlash, ularga keng qulayliklar yaratish, ularning vaqtlarini tejash, bexuda ovoragarchiliklar va ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat. Qonun elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shu jumladan, idoralararo elektron hamkorlik doirasida davlat organlarining yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi.
   Qonun 5 ta bob va 34 ta moddadan iborat. Qonunda uning maqsadi va vazifalari, asosiy tushunchalari, elektron hukumatning asosiy prinsiplari, uning ishini tashkillashtirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga qo‘yiladigan talablarga oid normalar belgilangan. Shuningdek, Qonunda elektron hukumat infratuzilmasi, bu sohadagi davlat boshqaruvi, davlat organlarining elektron hukumat doirasidagi o‘zaro hamkorligiga oid munosabatlar tartibga solingan.
   Elektron hukumat, davlat xizmati, idoralararo elektron hamkorlik qilish, elektron davlat xizmati, elektron davlat xizmatining reglamenti, elektron hukumatning yagona identifikatorlari kabi tushunchalar qonunchilikka ilk bor kiritilmoqda va ularga tegishli ta’rif berilmoqda. Qonunda elektron hukumat tizimining asosiy printsiplari mustahkamlangan. Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi, elektron davlat xizmatlaridan ariza beruvchilarning teng ravishda foydalanishi, "bir darcha” prinsipi bo‘yicha elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish, axborot xavfsizligini ta’minlash kabi prinsiplar shular jumlasidandir.
   Qonunda elektron hukumat sohasini davlat tomonidan tartibga solish normalari belgilangan. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasiga elektron hukumat sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, ushbu sohadagi davlat dasturlarini tasdiqlash va ijrosini nazorat qilish vazifalari yuklangan. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ sifatida elektron hukumat prinsiplariga muvofiq elektron hukumat sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. Davlat organlarining elektron hukumat soxasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi. Davlat organlari esa elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadilar, axborot resurslari va tizimlarini, shuningdek, elektron davlat xizmatlarini joriy qilish, rivojlantirish va integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
   Qonunga muvofiq foydalanuvchilar davlat organlari faoliyati to‘g‘risida axborot olishlari yoki ularga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin. Qonunda ushbu elektron davlat xizmatlari turlariga talablar, ulardan foydalanish uchun so‘rovlar yuborish tartibi, foydalanuvchilarning huquqlari belgilab berilgan. Qonunda belgilanganidek, axborot davlat xizmati aholining axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan bo‘lib, bunda davlat organlari o‘z faoliyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazib boradi.
   Interaktiv davlat xizmatining joriy qilinishi esa, aholi va davlat organlari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik sifatining oshishiga xizmat qiladi.
   Shu bilan birga, Qonunda elektron davlat xizmatlarining sifatini baholash tartibi hamda baholash natijalarini hisobga olgan holda davlat organlarining elektron davlat xizmatlarining sifatini oshirish choralarini ko‘rish uchun majburligi belgilangan. Bu esa davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini muntazam takomillashtirish prinsipiga mos keladi
   Qonunning kuchga kirishi orqali quyidagi natijalarga erishiladi:
   Birinchidan, mamlakatimizda "Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirishning qonuniy asoslari yaratilib, ushbu tizimni shakllantirish, to‘laqonli ishlashini ta’minlash va tizimli rivojlantirishga zamin yaratiladi;
   Ikkinchidan, mamlakatimizda demokratik isloxotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilab berilgan demokratik bozor isloxotlarini yanada chuqurlashtirish ortiqcha ruhsatnoma va ruhsat berish tartib-qoidalarining yangi turlari kiritilishini qonun bilan taqiqlash, tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlash kabi vazifalar ijrosi ta’minlanishiga asos bo‘ladi;
   Uchinchidan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligi, jumladan boshqaruv va ma’muriy ish unumdorligi oshib, ularning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi ta’minlanadi. Pirovardida xalqning davlat organlariga ishonchi yanada ortadi.
   To‘rtinchidan, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun davlat xizmatlari sifati va ulardan foydalanish qulayliklari oshadi. Binobarin, davlat organlari faoliyatiga innovatsiya g‘oyalari izchil joriy qilinadi, biznes sohasi, hujjat aylanish mexanizmlari takomillashtiriladi, fuqarolarga uyi yoki ish xonasidan turib elektron shaklda murojaat qilish, ma’lumotnoma va boshqa hujjatlarni olish yoki tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish imkoniyatini beradigan interaktiv xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi.
   "Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunning kuchga kirishi yuqorida sanab o‘tilgan natijalar bilan birgalikda mamlakatimizda demokratik isloxotlarni yanada chuqurlashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash yo‘li bilan chet el investorlarini jalb qilishga, xalq farovonligini, yurt ravnaqini yanada oshirishga, mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga xizmat qiladi hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Q.XAYITBOEV,
O‘zbekiston Respublikasi Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i.
"Xorazm haqiqati” 2015 yil 23 dekabr № 102 (19240)