Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



E’TIBOR, RAG‘BAT VA G‘AMXO‘RLIK YoSHLARIMIZNI YuKSAK MARRALAR SARI YETAKLAMOQDA
08.01.2015

Mamlakatimizda yosh avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan etuk insonlar etib tarbiyalash Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu boisdan ham farzandlarimizning zamonaviy sport majmualarida o‘z qiziqishi va layoqatiga mos sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratib berilayotir.
Bu borada davlatimiz rahbarining 2002 yil 24 oktyabrdagi “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida"gi hamda 2004 yil 29 avgustdagi “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari muhim dasturilamal bo‘layotir.
Aytish joizki, Xorazm viloyatida ham yoshlarning barkamol bo‘lib voyaga yetishlari yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayapti. Xususan, 2003 - 2014 yillarda vohada 102 ta zamonaviy sport inshooti qurilib, foydalanishga topshirildi. Buning uchun 60 milliard 899 million so‘mdan ziyod, ularni zarur uskuna va inventarlar bilan ta’minlashga esa 4 milliard 265 million so‘mdan ortik mablag‘ sarflandi. Mazkur inshootlarning 90 foizdan ortig‘i qishloq joylarda faoliyat boshlagani esa chekka hududlarda ham yoshlar o‘rtasida sportning ommaviyligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotir.
Urganch shahridagi viloyat 5-son futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati ham istiqlolning yosh avlodga bo‘lgan tuhfasidir. 1996 yilda faoliyat boshlagan ushbu maskan o‘tgan yillar  davomida  bir   qator iqtidorli charm to‘p ustalarini tarbiyalab, mamlakatimiz jamoalariga yetkazib berdi. Hozir bu erda 278 nafar o‘quvchi futbol sir-asrorlarini puxta o‘rganmoqda. Buning uchun ta’lim muassasasida barcha qulaylik yaratilgan. Xususan, maktab-internat 2007 yilda kapital ta’mirlandi. 2013 yili esa uning qoshida Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘i hisobidan qiymati 1 milliard 400 million so‘mga teng bo‘lgan yopiq suv havzasi qurildi. Buning natijasida nafaqat ushbu maktab o‘quvchilari, balki uning atrofidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan o‘g‘il-kizlar uchun ham suv sporti bilan shug‘ullanish imkoniyati yaratildi.
- Ta’lim muassasamiz zamon talablari asosida barpo etilgan, - deydi maktab-internat direktori Sherzod Ibodullaev. - Sinf xonalarimiz laboratoriya anjomlari, so‘nggi rusumdagi kompyuter jamlanmalari bilan to‘liq jihozlangan. Sport zali, voleybol, futbol maydonchalari, yotokhona, oshxona o‘quvchilar ixtiyorida. Maktabimizda nafaqat sport sektsiyalari, balki boshqa fanlardan ham to‘garaklar yo‘lga qo‘yilgan. Bu o‘quvchilarimizning ham jismoniy, ham intellektual jihatdan kamolga yetishini ta’minlayotir. Farzandlarimizga 36 nafar tajribali o‘qituvchi va 12 nafar malakali murabbiy talim-tarbiya bermokda.
Maktab-internat futbol jamoasining ko‘lga kiritayotgan yutuqlari salmog‘i ham yil sayin yuksalib borayotir. Xususan, futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘rtasida o‘gkaziladigan an’anaviy respublika turnirida ushbu ta’lim muassasasi jamoasi bir necha bor g‘olib va sovrindorlar safidan joy olgan. 2014 yil Jizzax shahrida tashkil etilgan respublika birinchiligi hamda Xalk ta’limi vazirligi kubogi musobaqasida mazkur muassasaning yosh futbolchilari yuqori natijalarga erishdi.
Yana bir e’tiborga molik jihati, maktab-internatda taniqli futbolchilar bilan mahorat darslarini o‘tkazish an’anaga aylangan. Yaqinda o‘quvchilar “Nasaf” jamoasining bir guruh futbolchilaridan ana shunday saboq olishdi. Tabiiyki, bunday muloqotlar yoshlarda mohir sportchi bo‘lishga intilish va havasni kuchaytiradi.
Muxtasar aytganda, ushbu maktab-internatda amalga oshirilayotgan ezgu sa’y-harakatlar yoshlarning sog‘lom va barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga hamda iqtidorlarini namoyon etishlariga xizmat qilayotir.


Oybek RAHIMOV, “Xalq so‘zi” 7 yanvar, 2015 yil № 3 (6186)