Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



FAOLIYAT TAKOMILINI KO‘ZLAB
15.09.2016

Viloyatimizda san’atkorlar, badiiy jamoalarnnng kontsert-tomosha faoliyatini takomillashtirishga qarata izchillik bilan ish olib borilyapti. Viloyat hokimi P.Bobojonovning 2015 yil 28 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi «Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 354-sonqarori haqida»gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha qabul qilgan farmoyishi ham shu maqsadga qaratilgan.

Farmoyishga muvofiq notijorat maqsadlarida tashkil etiladigan kontsert-tomosha tadbirlariga bir martalik ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish va xulosalarni tayyorlash bo‘yicha viloyat ekspert guruhi tarkibi tasdiqlanib, uning zimmasiga bir hafta muddat ichida ekspert guruhi ish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash, madaniy-tomosha tadbirlarini tashkil etishda O‘zbekiston Res­publikasi Vazirlar Mahkamasining «Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2014 yil 29 iyuldagi qarori talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash, madaniy-tomosha tadbirlarini o‘tkazish tartibining qo‘pol tarzda buzilishiga, estrada ijrochilari tomonidan odob-axloq me’yorlariga rioya qilinmasligiga, ular tomonidan badiiy jihatdan sayoz musiqiy asarlarning ijro etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, bu boradagi tartib-qoidalarni buzuvchilarga nisbatan qattiq choralar ko‘rish, yosh va iqtidorli ijrochilarni aniqlash va qo‘llab- quvvatlash, qo‘shiqlar va videokliplarning badiiy saviyasini oshirish, badiiy jihatdan yuksak musiqa asarlari yaratilishini rag‘batlantirish ishlarini muvofiqlashtirish, «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida» hamda «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respub­likasi qonunlariga muvofiq milliy musiqa san’atini yanada rivojlantiish, badiy jihatdan yuksak asarlarni targ‘ib qilish, litsenziya talablari va shartlarini kuchaytirish orqali madaniy-tomosha tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazishni tizimli ravishda tartibga solish, litsenziya talabgorla-riga qo‘yiladigan mezonlarni va malaka talablarini takomillashtirish, shuningdek litsenziatlarning aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha huquqlari va majburiyatlarini aniqlashtirish, kontsert-tomosha faoliyatini litsenziyalashda mezonlarga va

litsenziya talabgorlariga qo‘yiladigan malaka talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash vazifalari yuklatildi.

Tumanlar va Urganch shahar hokimliklari, viloyat davlat soliq madaniyat va sport ishlari boshqarmalariga «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi viloyat bo‘limi bilan birgalikda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kontsert- tomosha faoliyati bilan shug‘ullanishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan muntazam nazoratni amalga oshirish topshirildi.

Viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi zimmasiga kontsert-tomosha va madaniy-ommaviy tadbirlarning g‘oyaviy mazmundorligini oshirish, ana shunday tadbirlarning o‘tkazilishini muvofiqlashtirish, ular yuzasidan samarali monitoringni amalga oshirish vazifalari yuklatildi.

«O‘zbeknavo» estrada birlashmasi Xorazm viloyati bo‘limiga litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash hamda litsenziatlar va kontsert-tomosha tadbirlarining tashkilotchilari tomonidan qonunchilik talablarining bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatish topshirildi.

Viloyat matbuot va axborot boshqar­masi, «Xorazm» teleradiokompaniyasi, «Xorazm haqiqati» va «Xorezmskaya pravda» gazetalari birlashgan tahririyatiga madaniy qadriyatlarga va milliy urf-odatlarga muvofiq bo‘lmagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qo‘shiqlar va videokliplarning efirga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limlari bilan birgalikda milliy musiqani qo‘llab-quvvatlash va ommalashtirish hamda badiiy jihatdan yuksak asarlarni yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi materiallarni keng yoritish tavsiya etildi.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2016 yil 14 sentyabr №75