Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



FAROVONLIK OMILI
14.04.2016

   Xorazm viloyatida ham aholi bandligini ta’minlash, sanoat, investitsiya va eksport hajmi o‘sishida kichik biznesning hissasi tobora oshib borayapti.
   Ishbilarmonlar istiqbolli loyihalari ro‘yobga chiqarib, import o‘rnini bosuvchi yangi-yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirmoqdalar. Natijada o‘tgan yili viloyat yalpi xududiy mahsulotida kichik biznesning ulushi 74,1 foizga etdi. Soha vakillariga tijorat banklari tomonidan 494 milliard so‘mlik yoki 2014 yildagiga nisbatan 118 milliard so‘m ko‘p kredit mablag‘lari ajratildi.
   Xonqa tumanining Madir qishlog‘idagi yodlangan osh tuzi va makaron ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan "Xonqa billur salt” xususiy korxonasi bundan 18 yil avval "Quvonch" fermer xo‘jaligi tarkibida minisex shaklida ish boshlagan edi. Hozir korxona zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan yirik sanoat tuzilmasiga aylandi. Modernizatsiyalash loyihalariga 2 milliard so‘mlikdan ziyod mablag‘ sarflandi. Ishlab chiqarish hajmi oshib mahsulot turi ko‘paydi, sifati yaxshilandi. Qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratildi. Polietilen va polipropilen ashyolar tayyorlash o‘zlashtirildi.
   Yana bir e’tiborli jihati, 35 kishilik jamoa tomonidan 2014 yilda 4,5 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlangan bo‘lsa, o‘tgan yili mazkur ko‘rsatkich 5 milliard 400 million so‘mlikdan oshdi.
   - Yurtimizda biz, tadbirkorlarga barcha imkoniyat yaratib berilgan, - deydi korxona rahbari Dilshod Otajonov. - Joriy yilda loyiha qiymati 500 ming AQSh dollarilik, soatiga 10 tonna yodlangan osh tuzi tayyorlashga mo‘ljallangan texnologik liniyani ishga tushirmoqchimiz. Bu esa ishlab chiqarish quvvatini ikki barobar oshirish hamda yana 15 kishining bandligini ta’minlash imkonini beradi.      "Xonqa billur salt” jamoasining keyingi yillarda viloyat hamda respublikamiz miqyosida o‘tkazilayotgan tanlovlar va xalqaro yarmarkalarda muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.
 
Viloyat hokimligining Axborot xizmati