Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



FARZANDLAR KAMOLI, YURT KELAJAGI
25.05.2016

Xalqimiz azaldan farzandlar baxtu iqboli, istiqboli uchun qayg‘urib yashashga odatlangan. Mustaqillik yillariga kelib, ana shu ezgu an’analar davlatimiz siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ta’lim-tarbiya tizimi tubdan isloh qilindi. Buning zamirida, eng avvalo, barkamol avlodni voyaga etkazish maqsadi mujassam.
O‘g‘il-qizlarimiz ma’naviy va jismoniy kamoloti haqida so‘z ketar ekan, bunda sportning o‘rni beqiyosligini ta’kidlab o‘tish joiz. Binobarin, sog‘lom xalq,sog‘lom millatgina buyuk kelajakni bunyod eta oladi. Bugun.jahon arenalarida Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, yurtimiz dovrug‘ini dunyoga yoyayotgan yoshlarimiz yutuqlarini ko‘rib, bunga ishonchimiz yanada ortayapti. Muhimi, ushbu sohada yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlar xorazmlik minglab sportsevar yigit-qizlarga ham yuksak shijoat, kuch-g‘ayrat bag‘ishlayotir.
Xususan, 2003 - 2015 yillar davomida vohada O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 108 ta inshoot qurilib, foydalanishga topshirildi. Ularning 96 tasi qishloq joylarda barpo qilingani vohaning chekka hamda olis xududlarida yashayotgan navqiron avlod vakillari uchun ham keng va teng imkoniyatlar yaratmoqda. Xozir ana shu ob’ektlarda 6 - 15 yoshdagi 275 ming nafardan ziyod o‘g‘il-qiz sportning 30 dan ortiq turi bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulotlarda qatnashayapti. Jumladan, xududdagi mavjud 12 ta suzish havzasida 3 ming 354 nafar yosh o‘z mahoratini oshirayotir.
Urganch shahrining Yoshlik ko‘chasida bunyod qilingan yangi sport shaharchasi ham bugun kelajagimiz egalari bilan gavjum. Bu erdan 930 o‘rinli yopiq sport maneji, 150 o‘rin¬li yopiq suzish xavzasi, uni¬versal sport zallari, gim¬nastika zali, 960 o‘rinli sun’iy koplamapi ochik futbol maydoni joy olgan. Majmuada qariyb 500 nafar sportchi bir vaqtning o‘zida 20 ga yaqin sport turi bo‘yicha shug‘ullanish imkoniyatiga ega.
E’tiborli jihati, bunday imkoniyatlar samarasi qisqa davrda bo‘y ko‘rsatmoqda. Pirovardida maktab yoshidagi o‘g‘il-qizlar salomatligi hamda jismoniy rivojlanishida ijobiy ko‘rsatkichlar ko‘zga tashlanayapti. Masalan, xozirgi kunda Xorazmda mutlaq sog‘lom bolalar salmog‘i 61,5 foizga etgani, mazkur ko‘rsatkich 2003 yildagiga nisbatan 18,6 foiz yuqoriligi fikrimiz dalilidir. Uzluksiz ravishda tashkil qilinayotgan musobaqalar ham sportni ommalashtirishda muhim o‘rin tutayotir. O‘tgan yili viloyatda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida uyushtirilgan 1200 dan ziyod ana shunday sport tadbirlarida 110 ming nafardan ortiq yoshlar qatnashdi. Bu esa, o‘z navbatida, katta-katta muvaffaqyatlar uchun poydevor bo‘layapti. 2015 yilda xududda 387 nafar sport ustaligiga nomzod, 43 nafar sport ustasi etishib chiqqani quvonarli hol. O‘tgan yili xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etgan viloyat yosh sportchilari 138 ta medal sohibiga aylanishdi. Respublika miqyosida o‘tkazilgan bellashuvlarda ham 345 na-far xorazmlik o‘g‘il-qiz sovrindor bo‘ldi.
Xususan, Urganch tibbiyot kolleji o‘g‘uvchisi Nodira Sobirova Qozog‘istonda erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida tashkillashtirilgan xalqaro turnirda, Xazorasp tumanidagi 5-maktab o‘quvchisi Nodirbek Yoqubboev mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan Butunjahon Olimpiadasida, Urganch shahridagi 1 -mak¬tab o‘quvchisi Egamberdi Qurbonov Rossiyada boqs bo‘yicha uyushtirilgan xalqaro turnir¬da g‘alaba qozondi. Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan shotokan karate-do bo‘yicha jahon chempionatidan esa Gurlan tu¬manidagi 5-maktab o‘quvchisi Shirin Rahimova kumush medal bilan qaytdi. Bu ro‘yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin. Shuningdek, Yangibozor tumani¬dagi "To‘maris” ayollar futbol jamoasining to‘rt nafar a’zosi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida xalqaro musobaqalarda qatnashib kelmoqda. Bundan tashqari, yosh sportchilarimiz Indoneziyada basketbol bo‘yicha Osiyo chempionati, Bosniya va Gertsegovinada erkin hamda yunon-rum kurashi, Chexiyada trampolinda sakrash musobaqalarida muvaffaqiyat qozonishdi. Quvonarlisi, ana shu yoshlarning yutuqlari ular tengdoshlarini ham sportga oshno bo‘lishga ilxomlantirayapti.
Umuman, viloyatda bolalar sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayottan ishlar ko‘lami keng, samarasi yuksak. Istiqbolli rejalar ham bisyor. Ularning izchil ijrosi uchun esa sharoitlar etarli. Bu kelgusida Xorazmdan yana ko‘plab chempionlar etishib chiqadi, deganidir.
Oybek RAHIMOV, "Xalq so‘zi” muxbiri.
"Xalq so‘zi” 2016 yil 21 may, № 99 (6534)