Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



FAXR TUYG‘USI 14 yanvar–Vatan himoyachilari kuni
11.01.2016

Urganch shahridagi Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrug serjantlar tayyorlash maktabida bo‘lg‘usi kichik komandirlarning yuksak jangovar va axloqiy-ruhiy sifatlarga ega bo‘lishi, bo‘linmalarni mohirona boshqarishi, har qanday murakkab sharoit va vaziyatda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qila olish qobiliyatini shakllantirish, intellektual salohiyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

- Maktabda kursantlarning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoit yaratilgan, - deydi Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrug serjantlar tayyorlash maktabi boshlig‘ining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Abduvohid Bozorov. - O‘quv xonalari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Kompyuterlar yagona tarmoqqa ulangan. O‘qituvchi va yo‘riqchilar tomonidan o‘quv yili davomida o‘quv dasturiga asosan metodik qo‘llanmalar va boshqa o‘quv kinofilmlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. Bu o‘quv-moddiy bazani yanada takomillashtirish bilan birga, kursantlarning puxta bilim egallashiga xizmat qilmoqda. Barcha amaliy mashg‘ulotlar dala-o‘quv maydonida o‘quv rejasiga muvofiq tashkillashtiriladi.

Maktab jamoasi 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimida o‘tkazilgan "Eng ilg‘or serjantlar tayyorlash maktabi" ko‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘ldi. Jamoa O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 24 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!" shiori ostida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etmoqda.

Maktabda nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori saviyada tashkil etish, jismoniy tayyorgarlik tadbirlari uchun barcha sharoit yaratilgan. Sport majmuasining maxsus trenajyor zallari, alohida mashqlar uchun tayyorlangan maxsus "tog‘ shaharchasi", tibbiyot punkti, yotoqxona va oshxona kursantlar ixtiyorida.

Texnikalarni saqlash parkida mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘ladigan barcha harbiy texnikalar mavjud. Serjant - yuqori darajada harbiy va siyosiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi bilan birga qo‘l ostidagi jangchilarga g‘amxo‘r, mehribon tarbiyachi ham bo‘lishi lozim. Mazkur serjantlar tayyorlash maktabida olib borilayotgan o‘quv-uslubiy ishlar shu talab asosida tashkil etilmoqda.

- Bolaligimdan harbiy bo‘lishni orzu qilardim, - deydi I. Shodmonqulov. - Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotganimdan faxrlanaman. Bu yerda tajribali o‘qituvchi va yo‘riqchilardan harbiy xizmatda egallagan bilimlarimizni mustahkamlamoqdamiz. Kelajakda bu yerda olgan saboqlarimizni askarlarga o‘rgatamiz. Prezidentimizning alohida e’tibori tufayli biz, harbiylar uchun mana shunday sharoitlar yaratilayotganidan mamnunmiz.

Kursantlar 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuniga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rmoqdalar.


 

Shonazar KARRIYEV.