Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Fidoyilik va tashabbuskorlik - davr talabi
30.01.2015

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Senati 2015 yil va undan keyingi yillarga mo‘ljallangan qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil rejasini, umuman, butun faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqib, sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlarini belgilab olayapti. Bunda, shubhasiz, Prezidentimizning Oliy Majlis palatalari ko‘shma majlisidagi ma’ruzasida mamlakatimiz uchun zarur bo‘lgan qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishda parlament a’zolarining tashabbus ko‘rsatishlari bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Zero, jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish aholi haq-huquqlarini ishonchli muhofaza qilishning asosiy kafolati hisoblanadi. Qonun me’yorlarini fuqarolar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, unga so‘zsiz rioya etish muhitining yaratilishi esa hayotimizning yanada farovon bo‘lishini ta’minlaydi. Ushbu jarayonda, albatta, deputatlar, senatorlarning faol ishtiroki, ularning izchil sa’y-harakatlari katta ahamiyatga ega.
Bugun jamiyat hayotining qaysi jabhasini qaramang, keng ko‘lamli islohotlar, chuqur o‘zgarishlarga guvoh bo‘lasiz. Ayniqsa, xotin-qizlar manfaatlarini muhofaza qilish, sihat-salomatligini asrash, ularning ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, bandligini ta’minlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Xususan, yaqinda bo‘lib o‘tgan parlament saylovida ham xotin-qizlar faol ishtirok etdi.
Parlament tomonidan har yili qabul qilinadigan ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturida aynan xotin-qizlar uchun yaratilayotgan qulayliklar hududimizda oilaviy tadbirkorlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan opa-singillarimiz safining tobora  kengayishiga xizmat qilmoqda. Bu, o‘z navbatida, Davlat dasturlari ijrosi hamda qonunlarimizning odamlar hayotiga ijobiy ta’sirining yorqin dalilidir.
Bugun zamon shiddat bilan o‘zgarib borayotganini alohida qayd etish joiz. Shu bois faoliyatimiz ko‘lamini kengaytirish, joylarda qonunlar ijrosiga rioya qilinishini ta’minlash, ayniqsa, mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari faoliyatini, avvalgi kamchiliklardan xulosa chiqargan holda, jonlantirish zaruratdir. Binobarin, davlatimiz rahbari ta’kidlab o‘tganidek, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatolarni tan olmasdan, iqror bo‘lmasdan turib, ularni yo‘q qilish og‘ir kechadi. Maqsadimiz — jonajon yurtimiz taraqqiyoti, uning yanada gullab-yashnashiga munosib ulush qo‘shish ekan, bu yo‘lda bor kuch-g‘ayratimizni ayamaymiz.


Sayyora ABDIKARIMOVA, Oliy Majlis Senati a’zosi.
“Xalq so‘zi” 29 yanvar, 2015 yil № 19 (6202)