Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



FUQAROLARNING SAYLOV HUQUQLARI KAFOLATLARIGA BAG‘ISHLANDI
17.11.2016

FUQAROLARNING SAYLOV HUQUQLARI KAFOLATLARIGA BAG‘ISHLANDI

 

2016 yil 14 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universntetining poytaxtimizdagi filiali bilan hamkorlikda fuqarolar saylov huquqlari kafolatlariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Markazii saylov komissiyasi, Oliy sud vakillari, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali o‘qituvchi va talabalari, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda demokratik talablar va umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga javob beradigan, fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishini kafolatlaydigan milliy saylov tizimi yaratildi. Fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamdao‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqito‘laligicha ta’minlanmoqda.

Bu borada "Fuqarolar say­lov ququqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni muhim ahamiyatga ega. Unga muvofiq, fuqarolarning saylov huquqlari davlat muhofazasiga olingan bo‘lib, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar fuqarolar teng saylov huquqiga egadir.

Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining 18yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egaligiga e’tibor qaratdi. Saylovchilar o‘z xohish-irodalarini erkin bildirish va yashirin ovoz berish huquqiga ega. Buning uchun uchastka saylov komissiyalari ovoz berishni maxsus ajratilgan binolarda tashkil etib, fuqarolarga xohish-irodani erkin va yashirin ravishda bildirish imkoniyatini yaratadi. Saylovchilarning xohish-iroda bildirishlarini nazorat etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi­ning har bir fuqarosiga uning saylov huquqlari sud yo‘li bilan himoya etilishi, saylov komissiyalarining, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy hatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatlari kafolatlanadi. Fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularning saylash va saylanish huquqlariga to‘sqinlik qilish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Butun saylov kampaniyasi keng oshkoralik asosida tuziladi. Har bir saylovchi say­lov davomida saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, saylov komissiyalarining tarkibi, komissiyalar joylashgan manzil va ish vaqti, nomzodlarni ro‘yxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlariga doyr axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.

Davra suhbatida ishtirok­chilar o‘zlariniqiziqtirgan savollarga javob oldi.

B.BOZOROV,

O‘zA muxbiri.

"Xorazm haqiqati” gazetasi

2016 yil 16 noyabr №93.