Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



G‘ALABALAR, MUVAFFAQIYATLAR YILI
18.12.2014

Viloyatimizda Xosil bayrami tantanalari  bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat xokimi P.Bobojonov so‘zga chiqib, yil muvaffaqiyatli  yakunlanayotganligi munosabati bilan tadbir qatnashchilarini qizg‘in qutladi.
Viloyatimiz agrosanoat majmui xodimlari 2014 yilni qishloq xo‘jaligining barcha sohalari bo‘yicha muvaffaqiyatli yakunlayaptilar. Xususan, yetakchi tarmoq paxtachilikda quvonarli yutuqlar qo‘lga kiritildi.
Hukumatimiz tomonidan tarmoq taraqqiyotini ta’minlashga qarata ko‘rilayotgan ko‘lamdor tadbirlar qishloqda yetakchi kuch bo‘lgan fermer xo‘jaliklarining har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganligi, yerlarning meliorativ holati, irrigatsiya tizimi muttasil ravishda yaxshilanayotganligi ekinlar hosildorligi, iqtisodiy samaradorlikni oshirish garovi bo‘lmoqda.


Dehqonlarimiz, fermerlarimiz fan va texnika yutuqlari, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etib, hosil uchun kurashning turli bosqichlaridagi agrotexnik tadbirlarni ekinlarning talabi, yilning ob-xavo, erlarning tuproq sharoitlari, suv rejimiga monand tashkil etdilar. Erlarni shudgorlash, sho‘rini yuvish, ekish ishlari yuqori agrotexnik muddatlarda o‘tkazildi. 65 foiz maydonga urug‘lik chigit qo‘sh-qatorlab ekildi. Etishtirilgan paxta hosili yig‘im-terimi bir oy ichida saranjomlab olindi.
Dolzarb mavsum ko‘plab ishlab chiqarish ilg‘orlari nomini elga tanitdi. Peshqadam fermerlar sanoqli ish kunida paxta xom ashyosi tayyorlash bo‘yicha shartnoma rejasini oshig‘i bilan uddalab, kasbga mehri, elga sadoqatini namoyish etdilar. Viloyatimiz bo‘yicha 140 fermer paxta hosildorligini 40 tsentnerdan, besh fermer 50 tsentnerdan oshirishga erishdi.  Xonqa,  Gurlan, Xiva tumanlari va Hazorasp tumanidagi “G‘ofur Ruhiya”, Xonqa tumanidagi “Madir Xonqa” fermer xo‘jaliklari paxta tayyorlash davlat buyurtmasini mamlakatimizda peshqadamlar qatori uddalab, yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishib, davlatimiz raxbarining O‘zbekiston paxtakorlari va barcha mehnatkashlariga yo‘llagan Tabriknomasida yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldilar. Ana shunday peshqadamlarning bahamjihat mehnati tufayli tarmoq bo‘yicha 2013 yili 744 milliard so‘m daromad olingan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 900 milliard so‘mdan oshdi.
Shuningdek, pilla, g‘alla, meva, sabzavot va boshqa tur qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, tayyorlash, shuningdek qayta ishlash bo‘yicha ham quvonchli natijalarga erishildi. Shu tufayli ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi maqomiga erishgan jamoalar soni muttasil ravishda oshib, 1280 taga etdi.
Viloyat agrosanoat majmui xodimlarining 2014 yil qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi yakunlariga bag‘ishlab yaqinda bo‘lib o‘tgan Hosil bayrami tantanalarida ana shular xaqida gap bordi.


Tantanada joriy yilda paxta, g‘alla va boshqa ekinlar bo‘yicha mo‘l xosil etishtirilishi mahsulot tayyorlash bo‘yicha reja-topshiriqlar bajarilishiga munosib xissa qo‘shgan ishlab chiqarish ilg‘orlari, peshqadam fermer xo‘jaliklari etakchilari, agrosanoat majmuiga xizmat ko‘rsatuvchi korxona, muassasalar rahbarlari, jamoat tashkilotlari, xuquqni muhofaza qilish organlari vakillari, mehnat faxriylari ishtirok etdi.
Viloyat xokimi P.Bobojonov yil muvaffaqiyatli yakunlanganligi munosabati bilan tadbir qatnashchilarini qizg‘in qutladi.
Paxta xom ashyosi, g‘alla, pilla va boshqa tur qishloq ho‘jaligi mahsulotlari tayyorlash topshiriqlari  muvaffaqiyatli  bajarilishini ta’minlagan shahar, tumanlar rahbarlari, peshqadam fermerlar, dolzarb pallada ularga ko‘makdosh bo‘lgan boshqa sohalar xodimlariga viloyat hokimligining tashakkurnomasi, qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
Bayram tadbirida yutuqlarni yanada mustahkamlash, iqtisodiy samaradorlikni, Vatanimiz kuch-qudratini tag‘inda oshirishga tarmoq xodimlari qo‘shadigan hissani ko‘paytirish haqida qizg‘in gap bordi:
Amin Vafoev, mexnatfaxriysi: 
- Yurtimizda shahru qishloqlarimizni obodonlashtirish, axoli turmush farovonligini oshirilishini ko‘zlab oqilona siyosat yuritilayotganligi, fermerlik xarakati ravnaqi uchun keng yo‘l ochib berilayotganligi, qilingan fidoyi mehnat o‘z rag‘batini topayotganligi yutuqlar garovi bo‘lmoqda. Bunga javoban xar birimiz izlanib mehnat kilishimiz, yutuqlarni mustahkamlash yo‘lidan borishimiz lozim.
Maqsud Rahimov, Yangiarik tumanidagi “Rahimov Ruslan” fermer xo‘jaligi rahbari: 
- Mamlakatimizda ishlayman deganga imkon keng. Xususan, fermerlar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar bizni yangi yuksak marralar sari chorlayapti. Shunga tayanib, bu yil paxta xosildorligini 40 tsentnerdan oshirdik. Chorvachilik, baliqchilik kabi sohalarni ham tashkil etib, jamoamizni ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga aylantirdik. Endilikda esa o‘zimizda etishtirilayotgan xom ashyoni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish qishloqda sanoat negizlarini, yangi ish o‘rinlarini yaratish asosida xaridorgir, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish ezgu niyatimizdir. 
San’atkorlar dilrabo kuy-qo‘shiqlari, rakslari bilan tantanaga fayz kiritdilar.

 “Xorazm xaqiqati” 2014 yil 17 dekabr № 100 (19134)