Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



G‘OLIBLAR TAQDIRLANDI
03.06.2015

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga katta e’tibor berib kelinmoqda. Ayniqsa kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodni har tomonlama barkamol bo‘lib yetishishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu borada Prezidentimiz tashabbusi bilan shakllangan “Umid nixollari”, “Barkamol avlod” va Universiada o‘yinlarini o‘z ichiga olgan uch bosqichli sport musobaqalari eng ishonchli va ta’sirchan vosita sifatida muhim axamiyat kasb etmoqda. Ushbu uch tizimli musobaqalarda chiniqqan, toblangan yigit-qizlar, jumladan, xorazmlik yoshlar ham yurtimiz sha’n-shavkatini munosib tarzda ximoya qilib kelmoqdalar. 


Urganch shahrining “Yoshlik” ko‘chasida bunyod etilgan Sport majmuasida bo‘lib o‘tgan “Umid nixollari -2015” sport o‘yinlarining viloyat final bosqichi g‘oliblarini taqdirlash tantanalarida bu hol  alohida e’tirof etildi.
O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov Yoshlik va sport bayramini ochiq deb e’lon qildi.
Tadbirda viloyat xokimi P.Bobojonov so‘zga chiqdi.
Mustaqillik yillarida ta’lim-tarbiya jarayoni sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish bilan uyg‘un xolda olib borilayotganligi, ayniqsa Prezidentimiz rahnamoligida sport, jumladan, bolalar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganligini, yoshlarga ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rliklar ularni yangi marralarga ruxlantirib, o‘zbek millatining munosib farzandlari bo‘lishga undayotganligini viloyat xokimi alohida ta’kidladi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimi ko‘tarinki kayfiyatda, yorqin laxzalarda o‘tdi. Bir guruh yosh sportchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
“Umid nihollari – 2015” sport musobaqalarining viloyat final bosqichida Urganch shahri vakillari birinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi. Ularga Prezidentimiz sovg‘asi – “Damas” avtomashinasini viloyat xokimi P.Bobojonov tantanali ravishda topshirdi.
Ikkinchi o‘rinni Shovot, uchinchi o‘rinni Xiva tumanlari yosh sportchilari egallashdi. Ular ham tegishli mukofotlar bilan taqdirlandilar.
“Umid nihollari-2015” sport musobaqalari g‘oliblari va ishtirokchilarini O‘zbekiston Qaxramoni, Gurlan tumanidagi 5-son maktab direktori Anorjon Maxmudova, Xiva tumani og‘ir atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiysi Xushnud Solaev, yosh shaxmatchi, Xazorasp tumanidagi 5-son maktabning 7-sinf o‘quvchisi Nodirbek Yoqubboyev va boshqalar samimiy muborakbod etdilar.
Tadbir taniqli xonandalar va yosh san’at ixlosmandlari tomonidan iayyorlangan bayram kontserti bilan yakunlandi.

Xorazm viloyat hokimligining Axborot xizmati